Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya” kafedrasi



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/75
Sana10.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#143760
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75
Bog'liq
bolalarda sezgi azolari anatomiyasi va fiziologiyasi (1)

 

 

 

Ko’rish sensor tizimining yoshga bog’liq xususiyatlari. 

 


Inson  dunyoga  kelgach  hayotining  birinchi  oylarida  predmetlarning 

yuqorigi  va  pastki  tomonlarini  farqlay  olmaydi.  Masalan,  bolaga  predmetni 

yuqorigi  qismini  tutganda  u  aksincha  pastki  qismini  ushlaydi.  Hayoti 

davomida  buyumlarning fazoviy holatini o‘rganib boradi. Ba‘zi kuzatuvlarda 

ma‘lum  bo‘lishicha,  uch  oylik  bolalar  sariq,  yashil  va  qizil  ranglarni 

farqlaydi, yana ba‘zi olimlarning ta‘kidlashicha bolalar faqat 8 oylik vaqtidan 

boshlab ko‘k, yashil‘ sariq, qizil ranglarni farqlaydi.  

Bolalarning ko‘zi tuzilishiga ko‘ra katta odamning ko‘zidan farq qiladi. 

Ularning  ko‘z  kosasi  chuqurligi  va  ko‘z  soqqasi  katta  yoshli  odamlarnikiga  

qaraganda kattaroq bo‘ladi. Sklera va tomirli pardalar yupqaroq, muguz parda 

qalinroq bo‘ladi. Ko‘z soqqasi bola hayotining birinchi yilida birmuncha tez 

o‘sadi. Yangi tug‘ilgan bolaning ko‘zi qisqa vaqt ochilib, keyin yumilib oladi. 

Qovoqlari  birinchi  oydan  boshlab  uyg‘un  harakat  qila  boshlaydi.  Ikki 

oylikdan ko‘z soqqasi turli narsalarga va yorug‘likka nisbatan harakatlanadi. 

Ko‘zning  uyg‘un  harakati  asosan  mashq  qilish  tufayli  olti  oylikdan  yoki  bir 

yoshdan boshlanadi. Ko‘rish analizatorining avval periferik, so‘ngra markaziy 

qismi rivojlanadi.  

 

Yangi  tug‘ilgan  bolada  ko‘rish  nervining  tolalari  kam  tabaqalashgan 



bo‘ladi.  Bu  nervning  miyelinlashuvi  bola  bir  bir  yarim  yashar  bo‘lguncha 

davom  etadi.  Yangi  tug‘ilgan  bola  ko‘zining  nur  sindirish  qobiliyati  katta 

kishilarnikidan  farq  qiladi.  Ko‘pincha  bog‘cha  va  maktab  yoshidagi  

bolalarda  ko‘zning  gavhari  nihoyatda  elastic  bo‘lganidan  akkomodatsiya  

xususiyati  asta-sekin  rivojlanib  boradi.  Bog‘cha  bolalari  avval  narsaning 

shakliga, o‘lchamiga, so‘ngra rangiga e‘tibor beradi. Ular ranglarni asta-sekin 

ajrata  boshlaydi.Qiz  bolalarning  rang  ajratish  qobiliyati  o‘g‘il  bolalarnikiga 

qaraganda yaxshiroq bo‘ladi.   Odam  ko‘zining  o‘tkirligi  yoshi  kattalashgan 

sari  o‘zgara  boradi.  Bolalar  va  o‘smirlar  ko‘zining  o‘tkirligi  kattalarnikiga 

nisbatan yuqori bo‘ladi.  




Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish