Rang ko’rish nazariyasi.
XIX asrning boshida T.Yung uchta asosiy rangni aralashtirsa, xohlagan rangni
olish mumkinligiga asoslanib, rang ko‘rinishning uch komponentli nazariyasini
taklif qildi. Bu nazariya to‘r pardaning har qaysi nuqtasida uchta asosiy (qizil,
yashil, binafsha) ranglarni sezuvchi tuzilmalar bo‘lishi kerakligini taxmin qilgan.
Nurlar rangidan qat‘iy nazar, bu tuzilmalarning har uchalasiga tasir qiladi.
Ammo,qizil rang ko‘proq qizilni sezuvchi, yashil rang ko‘proq yashilni sezuvchi
va binafsha rang ko‘proq binavsha rangni sezubchi tuzilmalarni tasirlaydi. To‘r
pardaning xar bir nuqtasidagi uchliklarning ta‘sirlanish nisbatiga qarab bo‘yoqlar
aralashadi va u yoki bu ranglar seziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |