Asrimizning 60- yillarida o‘tkazilgan tajribalar kolbachalarni ulardagi nur
biri eng ko‘p miqdorda qizil, to‘lqin uzunligi 560 nmbo‘lgan nurlarni, ikkinchisi
to‘lqin uzunligi 530 nm bo‘lgan yashil, uchinchisi to‘lqin uzunligi 430 nm bo‘lgan
kolbachalarni ham ma‘lum darajada qo‘zg‘atadi. Xuddi shunday yashil rang ―
yashil‖ kolbachalarni nihoyatda qo‘zg‘atib, ma‘lum darajada ―qizil‖va ―binafsha‖
kolbachalarga ta‘sir qiladi. Kolbachalar faollanishi darajasidagi farq turli rang
sezishning asosidir.
Spektr keng yorug‘lik, masalan, qoyush nuri, uch turdagi kolbachalarni
deyerli bir darajada qo‘zg‘atadi, shuning uchun rangsiz, ―oq‖ bo‘lib ko‘rinadi. Ko‘p
jihatdan qoniqarli bo‘lgan rang ko‘rishninh uch komponentli nazariyasi ba‘zi bir
psixofiziologik kuzatishlar natijasini tushuntira olmaydi. Masalan, yashil halqa
qamrab olgan kulrang doiraga qarasak, doira qizil bo‘lib ko‘rinadi. Fizika qanunlari
bo‘yicha kulrang doira atrofida qanday halqa bo‘lmasin, bu doiradan qaytarilgan
nurlar spektri o‘zgarmaydi. Yoki nima uchun havorang va sariq ranglar, qizil va
yashil ranglar aralashganida biri ikkinchisining yo‘qolishiga , oq rang hosil
bo‘lishiga olib keladi.
Bu faktlarni tushsuntirish uchun E.Gering uch opponent tizimlar nazariyasini
taklif qiladi. Bu nazariya bo‘yicha sariq, havo rang, yashil va qizil asosiy ranglar
hisoblanadi. Bu to‘rtta rang antogonistik mexanizmlar yordamida yashil-qizil, sariq-
havorang juftlarga bog‘lanadi.
Juftlarni tashkil qiluvchi ranglar qarama-qarshi (oponent) ranglar hisoblanadi
va
shuning uchun yashil-qizil, havorang-sariq ranglar bo‘lmaydi.
Gering nazariyasi bo‘yicha, asosiy ranglarning o‘zaro ta‘siri kolbachalarda
emas, antogonistik munosabatda bo‘lgan neyronlar pog‘onasida yuzaga chiqadi.
Ma‘lum neyronni yashil rang qo‘zg‘atsa, qizil uni tormozlaydi. Bunday neyronlar
borligi bevosita tajribalarda ko‘rsatilgan, ba‘zi rang ko‘ruvchi umurtqali
hayvonlarning to‘r pardasida ―qizil-yashil‖ gorizontal hujayralar topilgan. Ularning
retseptiv sohasiga to‘lqin uzunligi 400-600 nm bo‘lgan (yashil) nur bilan ta‘sir
qilinsa, neyron membranasi giperpolyarizatsiyaga uchraydi (neyron tormozlanadi),
ta‘sir qiluvchi nurning to‘lqin uzunligi 600nm dan yuqori bo‘lsa, depolyarizatsiya
rivojlanadi ( heyron qo‘zg‘aladi). Ganglioz hug‘ayralar qavatida va lateral tizza
tanada ham o‘ziga xos rangni farqlovchi neyronlar bor.
Bir vaqtlar rang ko‘rishning uch komponentli va Geringning opponent ranglar
nazariyalari qarama-qarshi hisoblanardi. Hozir bu nazariyalarning biri ikkinchisini
to‘ldiradi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Uch komponentli nazariya ratseptorlar
pog‘onasidagi hodisalarni yaxshi tushuntirsa, Gering nazariyasi ko‘ruv tizimining
yuqori pog‘onasi, neyronlar o‘rtasidagi hodisalarni tushunarli qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: