1-2-3-yarim halqa kanallar, 4-kanallar ampulasi, 5-6-yarim halqa kanallarning
boshlanish joyi, 7-chig’anoq.
Suyak labirinti ichida uning shaklini takrorlaydigan parda labirint joylashgan.
Suyak va parda labirintlar oralig‘idagi bo‘shliq perilimfaga, parda labirint bo‘shlig‘I
endolimfaga to‘lgan. Yarim doira kanallarning har biri utrikulyusdan boshlangan,
doiraning 2/3 qismini hosil qilib, utrikulyusda tugagan. Kanalning utrikulyusga
qo‘shiladigan qismi kengayib, ampula hosil qiladi. Ampula ichida qirra – ampula
kristasi joylashgan. Kristani ikki turdagi retseptor hujayralar va tayanch hujayralar
qoplagan. Tukli hujayralar ikkilamchi retseptorlardir. Ular afferent tola bilan sinaps
orqali bog‘langan.
Birinchi turdagi tukli hujayralar asosini yakka afferent tolaning oxiri qadoq
shaklida qamrab olgan va sinaps hosil qilgan. Bu turdagi retseptorlarni nervlagan
efferent tola hujayraning o‘zi bilan bevosita bog‘lanmagan. U retseptor asosini
qamrab olgan afferent tola oxirida sinaps hosil qiladi.
Ikkinchi turdagi tukli hujayralar ham afferent, ham efferent tolalar bilan
sinapslar orqali bevosita bog‘langan. Ikkala turdagi retseptor hujayralarning uchi
tuklarga ( kiprikchalarga) ega. Elektron mikroskop yordamida har qaysi hujayraning
60-80 stereotsiliyasiva bir dona kinotsiliyasi borligini ko‘rish mumkin. Retseptor va
tayanch hujayralardan tashkil topgan epithelial qavatnu mukopolisaxaridlardan
iborat shilimshiq massa – kapula qoplab turadi. Kapula ampulani to‘ldirgan.
Tezlashish tufayli yuzaga chiqqan endolinfa harakati bu massaning siljishiga, unga
botgan tuklarning egilishiga olib keladi. Tuklar egilib, retseptor hujayralarni
qo‘zg‘atadi yoki tormozlaydi. Sakkulyus va utrikulyusning dog‘larida (
makulalarida) ham ikki turdagi tukli retseptor hujayralar bo‘ladi. Bu retseptorplarni
kalsiy tuzlaridan hosil bo‘lgan kristallarni- otolitlarni- o‘z ichiga qamrab olgan
jelatinasimon otolit membrana bosib turadi.Yerning gravitatsiya maydonida tana
holatining o‘zgarishi otolit membrananing siljishiga, retseptor hujayralar tuklarining
egilishiga va ulardan markazga intiluvchi impulslar soni ortishiga yoki kamayishiga
olib keladi.
Demak, utrikulyus makulasi gravitatsiya maydoniga nisbatan tana holati
o‘zgarishlarini sezadi. Sakkulyus makulasi utrikulyusga bu ishda yordam beradi,
bundat tashqari, tebranishlarni ( vibratsiyani ) sezadi. O‘zaro perpendikulyar
tekistlikdagi uchta yarim doira kanallar ampulalaridagi retseptorlar burchak
tezlanishlar ta‘siriga javob beradi.Tukli hujayralarning adekvat ta‘sirotlarga javobi
qanday bo‘lishi tuklarning egilish tomoniga bog‘liq. Agar tuklarning egilishi
kinotsiliya tomoniga qaratilgan bo‘lsa, retseptor hujayralarning impuls faolligi
ortadi.
Tuklar tutami, aksincha, stereotsiliyalar tomonga egilsa, retseptorning
impulslar hosil qilishdagi faolligi susayadi. Otolit apparatdagi retseptorlarning
fazada egallagan holatida farq bor. Ba‘zi tukli hujayralarning kinotsiliyasi
stereotsiliyalardan chapda bo‘lsa, ba‘zilarida o‘ngda bo‘ladi. Shuning uchun ham
otolit membrananing siljishi bir retseptorlarni qo‘zg‘atsa, boshqalarini ayni vaqtda
tormozlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: