VESTIBULYAR ANALIZATOR. Odam tanasining holatini sezishida vestibulyar
analizatorning ahamiyati katta. Bu sensor tizim tana harakati tezlashishi va
sekinlashishi hamda boshning fazodagi holati o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborotlar
asosida skelet muskullari tonusining qayta taqsimlanishini ta‘minlaydi, muvozanat
saqlash imkoniyatini beradi.
Vestibulyar sensor tizimning chet tuzilmalari chakka suyak piramidasidagi
labirintda joylashgan. Labirint suyakdan iborat bo‘lib, uchta yarim doira
kanallardan, utrikulyus, sakkulyus va chig‘anoqdan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |