ESHITISH SENSOR TIZIMINING YOSH XUSUSIYATLARI.
Eshitish organi bola tug‘ilganidan boshlab faoliyat ko‘rsatadi. Bola hayotining
ikkinchi haftasida tovushlarga nisbatan sezgirligi ortganini kuzatish mumkin,
hayotining ikkinchi oyida bola tivushlarni yaxshi farqlay oladigan bo‘ladi, uch
oyligida fazoviy tovushlarga nisbatan oriyentirivka hosil bo‘ladi. 7-13 yoshli
maktab bolalarining eshitish analizatorlari yaxshi ishlaydi ammo, 14-19- yoshli
davrlarida yanada kuchli bo‘ladi. Tovush kuchini qabul qilish bolalarda yoshga
bog‘liq holda o‘zgarib turadi, masalan, 6,5-9,5 yoshlarida nutqni qabul qilishi
kattalarnikidan yuqori. Bolalarning eshitish analizatorlari juda kuchli tovushlardan
zararlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |