TA’M BILISH RETSEPTSIYASI. Ta‘m bilish retseptorlari og‘izga kirgan
moddalar to‘g‘risida axborot beradi. Bu retseptorlardan ovqat hazmiga bog‘liq
ko‘pgina shartsiz reflekslar vujudga keladi. Ta‘m bilish retseptorlari til
so‘rg‘ichlarida, halqumning orqa devorida, yumshoq tanglayda, hiqildoq usti
tog‘ayida joylashgan. Tilning uchida, chetlarida va orqa qismida ta‘m bilish
retseptorlari ko‘proq, til o‘rtasida va tagida yo‘q.
Ta‘m bilish retseptorlari duksimon hujayra. Ular tayanch hujayralar bilan
birga ta‘m kurtaklarini hosil qiladi. Ta‘m bilish retseptorlari til yuzasidan chuqurroq
joylashgan. Og‘iz bo‘shlig‘idan moddalar ta‘m bilish kurtaklarining teshiklari orqali
retseptorlarga yetib boradi. Bu retseptorlar membranasining teshikka qaragan qismi
mikrovorsinkalarga ega. Retseptorning turli ta‘mga ega bo‘lgan moddalarni tanlab,
o‘ziga biriktiradigan stereospetsefik qismlari mikrovorsinkalarda joylashgan. Ta‘m
kurtaklari soni odamda 10 000 ga yaqin. Har bir kurtakka 2-3 afferent tola kelgan.
Tilning oldingi 2/3 qismini yuz nervi tolalari innervatsiya qiladi. Bu nerv tolalari
retseptorhujayralari bilan sinapslar orqali bog‘langan. Demak, ta‘m bilish
retseptorlari ikkilamchi retseptorlardir.
Ta‘m retseptorlarining umri juda qisqa-10 kun, mana shu 10 kun ichida ular
deyarli butunlay yangilanadi. Yakka ta‘m bilish retseptorlari odatda turli ta‘mga ega
moddalarga javob beradi. Ammo, sho‘r, nordon, shirin va achchiq moddalar paydo
qiladigan potensiallar bir-biridan farq qiladi. Tilni nervlaydigan bosh-chanoq
nervlar tolalarining asosiy ta‘mga ega moddalar ta‘sirida qo‘zg‘alishi ham bir xil
emas. Achchiq moddalar tilning ildiz qismini nervlaydigan til-halqum nervi
tolalarida kuchli impulsatsiya paydo qilsa, sho‘r, shirin, nordon narsalar tilning
oldingi 2/3 qismini nervlaydigan yuz nervi tolalarining kuchli qo‘zg‘alishiga olib
keladi. Bu tolalarning ba‘zisi shaker ta‘sirida kuchli qo‘zg‘alsa, boshqalarini tuz
kuchliroq qo‘zg‘atadi. Tolalarning biror ta‘mga ixtisoslashgan moddalarning ta‘m
xususiyatlari to‘g‘risidagi axborotni M N T ga etkazishda qulaylik tug‘diradi.
Ularning miqdori to‘g‘risidagi ma‘lumotafferent impulsatsiyaning umumiy kuchiga
bog‘liq. Ta‘mli moddalarning sifati va miqdori to‘g‘risidagi axborot yuz va til-
halqum nervlari orqali uzunchoq miyaga etkaziladi. Bu sohadagi markazlarmedial
sirtmoq orqali talamusning ventromedial yadrolariga bog‘langan. Talamus
markazlaridan oxirgi neyron miya po‘stlog‘ining orqa markaziy pushtasiga yetib
boradi. Shu yo‘l bo‘ylab impulslarning o‘tishi jarayonida ularni tahlil qiluvchi
neyronlar soni tobora orta boradi. Po‘stloq markazidagi neyronlarning ba‘zilari
faqat bitta ta‘mga sezgir, boshqalari esa ayni vaqtda tilga mexanik va harorat ta‘sir
qilganda ham qo‘zg‘aladi.
Odam to‘rt ta‘mni: shirin, nordon, achchiq va sho‘rni ajratadi. Tabiiy qandlar,
masalan, saxaroza yoki glyukoza shirin ta‘mga ega. Ko‘pgina tabiiy moddalar, oziq-
ovqat maxsulotlari ham aralash ta‘mga ega. Masalan, apelsin shirin-nordon bo‘lsa,
ba‘zi pishmagan mevalar, masalan, o‘rik achchiq-nordan bo‘ladi. Kislotalarning
aksariyati nordon, tabiiy zaharlovchi moddalarning, masalan,alkaloidlarning ta‘mi
achchiq. Moddalarning kimyoviy tuzilishi va ularning ta‘mi o‘rtasida qonuniy
bog‘lanish yo‘q. Faqat qandlar emas, balki qo‘rg‘oshin tuzlari ham shirin. Osh tuzi
eritmasi juda ozmiqdorda bo‘lsada shirin ta‘m beradi.
Til yuzasining ta‘m sezuvchanligi bir tekis emas. Asosi achchiq ta‘mga sezgirroq.
Boshqa ta‘mlar tilning uchi va yon tomonlarida yaxshi seziladi. Ta‘m sezishni
yuzaga chiqaradigan ta‘sirotlar ketma-ket qo‘llanilganda ta‘m bilish kontrasti
kuzatiladi. Masalan, shirin uzumdan keyin nordon olcha yeyilsa, olcha yanada
nordonroq seziladi. Nordon olchadan keyin haligi shirin uzum og‘izga solinsa bu
uzum oldingidan ham shirin tuyuladi.
Ikki, uch turli ta‘mga ega ta‘sirlovchilar ayni bir vaqtda qo‘llanilsa, yangi
ta‘m kelib chiqadi. Bu holat ta‘mlarning aralashib ketishi deyiladi. Achchiq ta‘mli
narsalarga sezuvchanlik nisbatan yuqori. Bu ma‘lum darajada himoyaviy
ahamiyatga ega-zaharli moddalar odatda achchiq bo‘ladi. Odam qarishi bilan ta‘m
sezishi kamaya boradi. Ba‘zi dorilar masalan, kofein va tamaki shu sezuvchanlikni
yana ham kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |