Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya” kafedrasi



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/75
Sana10.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#143760
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75
Bog'liq
bolalarda sezgi azolari anatomiyasi va fiziologiyasi (1)

VISSERORETSEPSIYA.  Ichki  a‘zolar  faoliyatida  va  ichki  muhitda  har  lahzada 

turli  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ladi.  Bu  o‘zgarishlar  reflector  yo‘li  bilan  javob 

reaksiyalarini  paydo  qiladi.  Ichki  a‘zolar  faoliyatini  reflektor  yo‘li  bilan 

boshqarishda va ichki muhit barqarorligini saqlashda ichki a‘zolar retseptorlarining 

ahamiyati  juda  katta.  Visseroretseptorlar  organizmda  keng  tarqalgan.  Ularni 

tekshirish uchun bir a‘zoning retseptoruga ta‘sir qilib, boshqa a‘zolar faoliyatidagi 

o‘zgarishlar kuzatiladi, bu retseptorlarga aloqador afferent tolalardagi impulslar va 

M  N  T  elektr  faolligi  qayd  qilinadi.  Visseroretseptorlarning  ba‘zilari  uchun  bosim 

va  uning  o‘zgarishi  adekvat  ta‘sirlovchi  bo‘lsa,  boshqalari  mexanik  ta‘sirotlarga 

sezgir,  uchinchilarini  qondagi  mavjud  yokiyangidan  paydo  bo‘lgan  moddalar 

qo‘zg‘atadi,  to‘rtinchilariosmotik  bosim  o‘zgarishini  sezsa,  yana  biri  harorat 

o‘zgarganda  qo‘zg‘aladi.  Demak,  ichki  a‘zolar  va  qon  tomirlarda  presso-,  xemo-, 

mexano-, osmo- va termoretseptorlar mavjud.  

Visseroretseptorlardan  hosil  bo‘ladigan  reflekslar  ichki  a‘zolar  faoliyatini 

boshqarishda  ishtirok  etadi,  bu  a‘zolarning  o‘zaro  aloqadorligini  ta‘minlaydi.  Qon 

bosimi barqarorligining saqlanishini ta‘minlaydigan pressor va depressor reflekslar, 

nafasning o‘z-o‘zidan boshqarilishida juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan Gering va 

Breyer refleksi shular qatoridandir.  

Visseroretseptorlarning  ta‘sirlanishi  aksa  urish,  yo‘talish,  qusish  kabi  homoya 

reflekslarini  hosil  qiladi.  Ba‘zi  ichki  a‘zolardagi  retseptorlarning  qo‘zg‘alishi 

ma‘lum  sezgilarni  shakllaydi.  Masalan,  qovuq  siydikka  to‘lib,  devoridagi 



retseptorlar  etarli  darajada  qo‘zg‘alganda,  siygi  qistaydi.  Ochlik  va  to‘qlikni  his 

qilish ham visseroretseptorlarga bog‘liq.  

Visseroretseptorlarning  juda  kuchli  ta‘sirlanishi  og‘riqni  paydo  qiladi.  Plevra  va 

qorinparda retseptorlarga juda boy. Shuning uchun ko‘krak va qorin bo‘shliqlarida 

o‘tkaziladigan jarrohlik muolajalari vaqtida og‘riqsizlantirishga katta e‘tibor berish 

zarur.  


Sog‘lom  odam  aksariyat  visseroretseptorlarning  qo‘zg‘alishini  sezmaydi.  Ichki 

a‘zolarda  patologik  jarayonlar  rivojlanganda,  ularning  qo‘zg‘alishi  ba‘zan  og‘riq 

paydo  qiladi,  ba‘zan  ifodalash  qiyin  bo‘lgan  hissiyotlarni  yuzaga  keltiradi, 

insonning hatti-harakatlarida va kayfiyatida o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. 

Visseroretseptorlardan boshlangan birinchi afferent neyron ularni orqa va uzunchoq 

miya  bilan  bog‘laydi.  Bu  afferent  tolalar  tos,  qorin  va  adashgan  nervlar  tarkibida 

o‘tgan. Ular ichida ingichka, impulslarni sekin o‘tkazuvchi va yo‘g‘on, impulslarni 

yuqori  tezlikda  o‘tlazuvchi  tolalar  bor.  Orqa  miya  bo‘ylab  visseroretseptorlarda 

hosil bo‘lgan impulslar orqa va vetrolateral ustunlardan o‘tadi. Bu impulslar miya 

stvoli  va  po‘stloq  osti  yadrolariga,  gipotalamusga  yetib  keladi.  Limbik  tizim  ham 

visseroretsepsiyaga  bevosita  aloqador.  Ammo,  oliy  markaz  miya  po‘stlog‘ining  

sigmasimon 

pushtasida 

joylashgan. 

Bu 

sohaning 



shikastlanishi  

visseroretseptorlarda  oldin  hosil  qilingan  shartli  reflekslarning    yo‘qolishiga  olib 

keladi.  

 


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish