avvalgi IV asrda Sin shohligida Shan Yan nomli katta
mansabdorning tashabbusi bilan muhim islohotlar o‘tkazilgan. Bu
islohotchi davlat xizmatidagi oqsuyaklarga va savdogar-sudxo‘rlar
doirasiga tayanib, patriarxal oila va qishloq jamoalariga qat'iy zarba
bergan. Yer islohoti shundan iborat ediki, yerni istagancha xususiy
mulk qilib olish hamda yerni erkin tarzda sotish va sotib olish mumkin
bo‘lgan. Shan Yan katta oilalarning parchalanib, mulklari bo‘linishiga
xayrixoh, shuningdek, jamoadagi chek yerlarni sotishga ijozat bergan.
Soliq zulmi kuchaytirilgan.
Sin hukmdorlari shu yo‘l bilan g‘oyat katta mablag‘ to‘plaganlar.
Bu mablag‘ ularga qo‘shinni qayta tashkil etishda yordam bergan.
Bronza qurol-yaroq o‘rnini temir qurollar egallagan. Qo‘shinda
yanada qattiqroq intizom, rag‘batlantirish va mukofotlash tartibi
o‘rnatilgan.
Shan Yan islohotlari tufayli Sin podsholigi qo‘shini o‘z
jangovarligi bilan boshqa shohliklarning qo‘shinlaridan ustun bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |