271
barcha dushmanlarini tor-mor qildi. Chjou sulolasi miloddan avvalgi
III asr o‘rtalarida hokimiyatni qo‘lidan boy berdi.
In Chjen o‘z shohligi davrida
(miloddan avvalgi 246-210 yillar)
butun hududdagi barcha mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi.
Miloddan
avvalgi
221 yilda u imperator (xuandi) unvonini olib, Sin Shixuandi
(Sinning birinchi imperatori) degan nom oldi.
U shimolda xunnlar, janubda (Yanszi) Yue mamlakati bilan
(hozirgi Guandun va Guansi viloyatlari hududi ham shu mamlakat
tarkibiga kirgan) bir necha bor muvaffaqiyatli urush qilgan.
Shimoliy
ko‘chmanchilardan mamlakatni himoya qilish uchun Buyuk Xitoy
devori (Saddi Chini) qurilgan. Bu tuproq tepalar, tosh va g‘ishtdan
ishlangan devor va minoralardan iborat murakkab istehkom bo‘lib,
uning uzunligi 4000 kilometr, balandligi 10 metrga teng. Devor shu
qadar qalinki, uning ustida yonma-yon oltita otliq bemalol yura oladi.
Bu istehkom qurilayotganda avvalgi
istehkomlar ham Buyuk Xitoy
devoriga qo‘shilib ketgan. Bu istehkom qurilishida salkam ikki
million kishi (asosan harbiy asirlar va hukm qilingan jinoyatchilar)
mehnat qilgan.
Sin Shixuandi o‘zining ichki siyosatida Shan Yan qonun-
qoidalariga amal qilgan. Butun davlat 36 viloyatga bo‘linib, bu
viloyatlar shoh amaldorlari tomonidan idora qilingan. Avvalgi
zodagonlar boshqarish ishlaridan chetlashtirilib,
qattiq nazorat ostiga
olingan.
Xitoyda markazlashtirish jarayoni avj oldi. Bir-biriga tayanch
bo‘lib, bir-birini qo‘llab-quvvatlamasligi uchun imperator Vey daryosi
shimoliy sohilidagi yangi poytaxt - Syanyan shahriga aslzoda oilalarni
ko‘chirib kelgan. Ular o‘zlarining avvalgi mahalliy urug‘-
qabilalaridan uzoqlashib, poytaxtda hech
qanday tayanch va kuchga
ega bo‘la olmaganlar. Vassallarning mahalliy etnik ism bilan atalishi
ma'n etilib, oddiy aholi
“qoraboshlar” nomini olgan.
Sin Shixuandi tadbirlari qattiqqo‘llik bilan o‘tkazilgani tufayli,
nafaqat oddiy xalq, balki zodagonlarning ham qarshiligiga uchradi.
Sin Shixuandi davrida Xitoyning barcha tumanlarida qo‘zg‘olonlar
ko‘tarilib, ular ayovsiz bostirilgan. Imperator hayotiga to‘xtovsiz
suiqasdlar uyushtirilgani sababli, u o‘z makonini doimo o‘zgartirib
turgan.
Sin Shixuandi miloddan avvalgi 210 yilda asab kasalligidan
272
vafot etgan. Uning hukmdorlik davridan nishona sifatida Buyuk Xitoy
Devori qoldi, xolos.
Sin Shixuandi o‘limidan so‘ng dehqonlarning ommaviy
qo‘zg‘olonlari ko‘tarilib, unga qullar ham qo‘shilganlar. Ayniqsa, bu
harakat yo‘lboshchilaridan biri Lyu Ban ismli qishloq oqsoqoli nom
qozondi.
U xalq ommasigina emas, balki Sin Shixuandi vaqtida tor-
mor bo‘lgan zodagonlarni ham o‘ziga og‘dirib, raqiblarini davlat
boshqaruvidan chetlashtirgan.
Miloddan avvalgi 206-yilda u Sin
sulolasining so‘nggi vakilini ag‘darib, birinchi, ya'ni Katta Xan
sulolasi deb nom olgan yangi sulolaga asos soldi.
Qadimgi Xitoy
Xan sulolasi davrida (miloddan avvalgi 206-
Do'stlaringiz bilan baham: