Til tarixi ma’ruza matni


-MAVZU  YANGI IJTIMOIY-IQTISODIY MUNOSABATLARNING



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/72
Sana08.08.2021
Hajmi1,03 Mb.
#141569
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72
Bog'liq
til tarixi

10-MAVZU 
YANGI IJTIMOIY-IQTISODIY MUNOSABATLARNING 
RIVOJLANIB BORISHI SHAROITLARIDA O`ZBEK ADABIY TILINING 
TAKOMILLASHISH XARAKTERI 
 
Reja: 
1. O`zbek xalqi adabiy tilining so`nggi davri: 
a) XIX asrning 60-pillaridan 1905 yillargacha bo`lgan adabiyoti; 
b) 1905 yildan inqilobgacha bo`lgan davr; 
2. Bu davr o`zbek xalq adabiy tilining boyish manbalari. 
3. O`zbek adabiy tiliga gazeta va publitsistik uslublarning kirib kelishi. 
4. Umummilliy tilni  yaratish sohasidagi urinishlar: panturkizm, panislomizm. 
5. Bu davr ijodkorlari asarlarining til xususiyatlari, uslublari. 
XIX  asrning  oxiri  va  XX  asrning  boshlaridagi  o`zbek  adabiy  tiliga  tarixiy 


 
121 
xarakteristika. 
Bu  davrdagi  adabiy  til  O`rta  Osiyoning  chor  Rossiyasi  tomonidan  bosib 
olinishi bilan yuz bergan tarixiy sharoitda taraqqiy etdi. CHor Rossiyasi bosib olgan 
o`lkalardagi  xom-ashyo  manbalaridan  to`liq  foydalanish  va  shu  boyliklarni  o`z 
foydasiga  hal  qilish  uchun  qator  tadbirlarni  ko`rish  kerak  edi.  SHu  tadbirlar 
mamlakat  hayotida  iqtisodiy    va    madaniy    xususiyatdagi    o`zgarishlarni    kiritish  
bilan  bog`liq edi.  SHu  iqtisodiy problemani  hal qilish uchun mamlakatda katta va 
kichik  xajmdagi    ishchi  korxonalar  (paxtachilik  bilan  bog`lik,  bo`lgan  fabrika  va 
zavodlar),  O`rta  Osiyoni  Rossiya  bilan  bog`laydigan  temir  yo`l,  qishlok  xo`jaligini 
rivojlantirish  uchun  sun`iy  irrigatsiya  inshoatlarini  qurish  kabi  tadbirlar  amalga 
oshirilishi lozim edi. Bularning hammasi CHorizmning kolonial siyosatini tashkil qilar 
edi.  Haqiqatan  xam,  mamlakatda  asta-sekin  turli  ko`rinishdagi  ishchi  korxonalari 
paydo  bo`ldi.  Temir  yo`l  qurildi.  eski  shaharlar  yonida  yangi  tipdagi  shaharlar  qad 
ko`tardi.  SHahar  va  qishloklar  hayoti  o`zgara  boshladi.  Bularning  xammasi  o`zbek 
xalqining hayotida ob`ektiv ravishda progressiv ahamiyatga ham molik bo`ldi. SHu 
asosda  o`zbek  orasiga  yangi  madaniy  elementlari  kirib  keldi.  Xalqimiz  rus  va  ular 
orqali  Evropa  madaniyati  bilan  tanishish  imkoniyatiga  ega  bo`ldi.  Bular  esa  o`z 
navbatida  milliy  ishchilar  sinfining  vujudga  kelishiga  zamin  yaratdi.  Mamlakatning 
tarixi,  etnografiyasi  ilmiy  asosda  o`rganila  boshladi.  Bosib  olgan  o`lkalardagi 
xalqlarni qullikda saqlash, reaktsion urf-odatlarga xayrixoxlik ko`rsatish, balki ularni 
tarbiyalash,  har  qanday  ozodlik  harakatini  bo`g`ish,  xalq  orasida  shovinistik 
tuyg`ularini  tug`dirish  va  tarbiyalash  kabilar  CHorizm  siyosatining  g`oyaviy 
asoslarini tashkil qilar  edi. CHorizm  siyosatining iqtisodiy  asoslari  bilan  g`oyaviy 
asoslari  o`rtasidagi  ziddiyat  shu  davrdagi  butun  ziddiyatlarni  keltirib  chiqarar  edi. 
Mol-mulkdan  ajralgan,  mehnat  kuchini  sotgan  milliy  proletariat,  ular  kuchidan 
foydalangan va boyigan  milliy burjuaziya,  qishlokda er suvdan ajralgan batraklar va 
ular  hisobiga  boyib  borgan  milliy  quloqlardan  iborat  yanga  sotsial  guruhlar  vujudga 
keldi. Hayotiy kurashda butun sotsial tabaqalar ishtirok etdilar. Bu kurash va ozodlik 
intilishlari ayniksa 1905 yilgi revolyutsiyasining ta`siri ostida yanada jadallashdi.  Bu 
davrda tosh bosmalarning vujudga kelishi bilan o`zbek tilidagi vaqtli matbuot paydo 


 
122 
bo`ldi. 1870 yilning 28 apreldan o`zbek tilida 1-marta «Turkiston viloyatining gazeti» 
degan  gazeta  nashr  qilina  boshladi.  U  Turkiston  general-gubernatorining  organi 
bo`lib, uning siyosatini tarqatar edi. 
Rossiya  bilan  O`rta  Osiyo  revolitsion  harakatning  o`sishi  natijasida 
yangacha siyosiy-leksika va terminologiya hamda rus tili ta`sirida yangacha grammatik 
konstruktsiyalar  paydo  bo`ldi.  Bu  hol  Hamza  va  S.Ayniyning  dastlabki  asarlarida, 
M.Behbudiy asarlarida ham mavjuddir. 
Adabiyot  va  vaqtli  matbuotdagi  davrning  turli  ta`sir  kuchini  hisobga  olib 
yuqorida ko`rsatilgan asarlardagi adabiy tilni ikki davrga bo`lishi mumkin: 
1.X1X  asrning  60  yillaridan  1905  yilgi  revolyutsiyasigacha  bo`lgan 
davrdagi o`zbek adabiy tili: 
2.1905  dan  Oktyabr’  sotsialistik  revolyutsiyasigacha  bo`lgan  davrdagi 
o`zbek adabiy tili. 
 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish