Til tarixi ma’ruza matni


NISHOTIY ASARLARI TILIDA NAVOIY AN`ANASINING DAVOM



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/72
Sana08.08.2021
Hajmi1,03 Mb.
#141569
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72
Bog'liq
til tarixi

NISHOTIY ASARLARI TILIDA NAVOIY AN`ANASINING DAVOM 
eTTIRILISHI 
Muhammadniyoz  Nishotiy  XVIII  asrda  etishgan  iste`dodli  lirik  va  epik 
shoirdir.  U  adabiyotdagina  emas,  balki  adabiy  til  sohasida  xam  Alisher  Navoiy 
ana`nasini davom ettiradi. 
Nishotiyning ijtimoiy - siyosiy fikr va mulohazalari «Husnu Dil» dostonida 
o`z ifodasini topdi. Bu asar shoir tilini o`rganishda muhim manba hisoblanadi. 
Nishotiy  o`z  dostonini  xalq  og`zaki  ijodidan  ustalik  bilan  foydalangan 
holda  yozdi.  Xalq  og`zaki  ijodidagi  qoliplash  usulidan  foydalanib,  uning  ichiga 
ta`limiy  tarzdagi  bir  qancha  masalalarni  kiritdi.  Ular  Nishotiy  tilining  sodda  xalq 


 
117 
tiliga yaqinlashishiga olib keldi. 
«Husnu  Dil»  dostonining  tili  mumtoz  epik  she`riyat  uslubi  bilan 
chambarchas  bog`liqdir.  Bundan  tashqari,  dostonning  ayrim  boblari  qofiyalangan 
nasr  uslubida  yozilgan.  Masalan:  «husni  dilnavāz,  vafābanum  sāhib  e`zāz  va  nāzi 
tannāz,  g`amzai,  gammāz  gesui  fusunsāz  va  mahliqāi  aynapardāz  va 
shahtakayayaumi  sehrparvāra  va  mehribānui  basөzu  gudaz,  qāmatsardāri 
balandparvāz, sarvi sarafrāz, ya`ni faudi sāhibning... xizmatga tayyar edilar». 
Nishotiy  xalq  og`zaki  ijodi  uslubiga  ergashdi,  doston  tilini  ham  ommabop 
qilishiga intildi. SHuning uchun xalq maqollari, hikmatli so`zlari va iboralarini asar 
misralari mazmuniga ustalik bilan singdirdi. 
Nishotiy   o`z   asarlarida   xalq   maqollaridan   foydalanar   ekan,   ulardan 
ilhomlanib, o`zi ham xalq maqollari darajasida iboralar ijod qiladi:  
                    Toyu aza xush turur ahbāb ilә,  
                    SHadiyu g`am ham yana atrab ili. 
Nishotiy  o`z  asarining  mumkin  qadar  sodda,  ma`noli,  ravon  va  obrazli 
bo`lishi  uchun  xalq  tili  unsurlaridan  ustalik  bilan  foydalanib,  original  o`xshatish, 
istiora,  kinoya,  mubolag`a,  sifatlash,  majoz  va  qarama  -  qarshi  qo`yish  usullarini 
qo`lladi. Masalan: 
Boldi ayān turfa kitali kabir,  
Qorqusisidin tashladi hamlāni SHer. 
SHoir   bu   misrada   ishq   lashkari   bilan   aql   navkari   o`rtasidagi   jang 
tasvirini      berar      ekan,      urushning      shiddatidan      SHer      ham      qo`rqib,      o`z   
qornidagi  homilasini  tashlab  qo`ydi,  deb  mubolag`a  qiladi.  SHoir  dostonida   
omonim  so`zlardan  ham  o`rinli  foydalanadi.  Bir  so`z  bilan  bir  necha  ma`noni 
ifodalashga harakat qiladi:  
Yүz uzә churuk yag`ach erdi burun,  
Har yera barsa, barban ul burun. 


 
118 
Bu      parchada      birinchi        misradagi        «burun»      so`zi      odam   
a`zolaridan   biri  ma`nosida, ikkinchi misrada avval, ilgari ma`nosidadir. 
XVII  -  XVIII  asrlarning  boshqa  shoir-yozuvchilarida  bo`lgani  kabi 
Nishotiyning «Husnu Dil» dostonida ham mahalliy shevalarga xos xususiyatlar uchraydi. 
Doston  tilida  Buxoro  va  Xorazm  shevalariga  xos  so`z  va  iboralar  hamda  grammatik 
unsurlar  topiladi.  Masalan,  margi  nav  muborak,  himmati  sipahdar,  husni  dilnavoz,  Nazi 
Tannaz kabilar. 
Nishotiy  asarlari  tilida  morfologik  jihatdan  quyidagi  xususiyatlarni  uchratish 
mumkin. 
«Xusnu  Dil»  dostonida  turlanish  kategoriyasi  hozirgi  o`zbek  tiliga  o`xshaydi. 
Ammo qaratqich kelishigining qo`shimchasi -niң, -ң shaklida ishlatiladi.  
Arshning astida erur ganji raz ...  
Qāmating ag`ushiga qildi nigāh... 
Tushum  kelishigi  qo`shimchasi  –ni/-ni,  -i/-i  shaklida,  chiqish  kelishigi 
qo`shimchasi —din/-din shaklida keladi: 
Qorqusidin tashladi hamlani SHer,  
Kelturung aqli dedi kishvarsitan. 
Navoiy    va    Fuzuliy    asarlarida  bo`lgani    kabi    Nishotiy    asarida  jo`nalish 
kelishigi qo`shimchasi —ga/-a tarzida ishlatiladi:  
Har biriga nam edi bir ehtiram,  
Har yera barsa, bariban ul burun. 
Olmoshlar  Nishotiy    asarlari  tilida  hozirgi  o`zbek  tilidagi  olmoshlarga 
o`xshaydi.  Uchinchi  shaxs  kishilik  olmoshlari  ul,    an  tarzida,  shuningdek,  qayu  so`roq 
olmoshi, nimarsa, kimarsa so`roq-gumon olmoshlari ishlatiladi:  
Xar ne yoq, andin yaman, and’sh yaman – 
Parvarish aylar ani ayvān ara,  


 
119 
Vah qayu ayvanki dilu jān ara. 
Nishotiy  tilida  ravish  -lik  affiksi  bilan  hosil  qilinadi.  Ravishdosh  esa  —iban 
affiksi orqali ifodalanadi: 
Talpiniban oylaki suvsiz baliq,  
Jān yoq edi anga bugun taңlaliq. 
YOrdamchi  so`zlardan  bilan,  birla,  ila  dag`i  kabi  ko`makchilar;  Kim,  -ki,  gar, 
agar,  ne,  lek  kabi  bog`lovchilar  ishlatiladi.  Bog`lovchilardan  na  Nishotiy  dostoni  tilida 
ko`p qo`llanadi: 
Anda na zavqu, na huzuru, na nur...  
Anda na ilmu, na amal, na yaqin... 
«Husnu      Dil»      dostoni      leksikasida      ulus,      kabir,      qapu      (eshik),   
gulgula, valvala, dag`i, karam kabi so`zlar uchraydi. 
Mazkur  asar        XVIII  asr  o`zbek  dostonchiligidagina  emas,  balki  o`sha 
davr o`zbek adabiy tili tarixida ham o`rin egallagan ajoyib she`riy hissa hisoblanadi. 
XVII  -  XVIII  asrlardagi  ilg`or  adabiyotning  o`sib,  kamol  topishida  xalq 
og`zaki  ijodining  roli  katta  bo`ldi.  Adabiy  tilda  esa  xalq  tili  unsurlari,  sheva 
xususiyatlari  o`z  ifodasini  topdi.  Xalqning  boy  og`zaki  adabiy  merosidan,  til 
boyligidan ta`sirlanish natijasida o`sha davr shoirlari tilida frazeologik iboralar, turg`un 
birikmalar  ko`plab  ishlatila  boshlandi.  Bu  bilan  ular  o`z  asarlarining  xalqchiligini, 
realistik ekaligini isbotlaganlar. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish