www.ziyouz.com kutubxonasi
43
qoladi. Iso va ashoblari Allohga iltijolar qilishadi. Alloh taolo Ya’juj va Ma’jujlarning
bo‘yinlariga qurt tushiradi. Tonggacha hammalari xuddi bir kishining o‘limidek o‘ladilar.
So‘ng Iso alayhissalom va ashoblari pastga tushishadi. Pastlikdagi har bir qarich yer
ularning badbo‘y hidlari bilan to‘lgan bo‘ladi. Iso alayhissalom va ashoblari yana Allohga
yolvoradilar. Alloh taolo tuya bo‘ynilaridek (katta) qush(lar)ni yuboradi. Qushlar Ya’juj
va Ma’jujlar jasadini ko‘tarib, Alloh xohlagan joyga tashlab qaytadilar. So‘ng Alloh taolo
bir yomg‘irni yuboradi. Undan na shahar va na qishloqdagi uy omon qoladi. Bu yomg‘ir
yerni oynadek yuvib ketadi. So‘ng yerga amr qilinadi:
– Mevalaringni chiqar! Barakotlaringni qaytar!
O‘sha kuni bir jamoat anor yeb, uning po‘stlog‘ida soyalanadi. Alloh taolo sutga
barakot ato etadi. Hatto bitta tuyaning suti bir jamoatga yetadi. Xuddi mana shu holatda
Alloh taolo xushbo‘y shamol yuboradi. Bu shamol ularni o‘z bag‘riga oladi va Alloh taolo
barcha mo‘min-musulmonlarning jonini qabz etadi. Yer yuzida faqat eng yomon kishilar
qoladi. Ular odamlar ko‘z o‘ngida xuddi eshaklardek ayollariga sakraydilar (yaqinlik
qiladilar). Ana o‘shalar ustiga Qiyomat qoyim bo‘ladi» (Muslim rivoyati).
74. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) dedilar: «Ummatimda Dajjol chiqib qirq muddat turadi (kun, oy yoki yilligini
bilmayman). Alloh taolo Iso ibn Maryamni yuboradi. U Urva ibn Mas’udga o‘xshab
ketadi. Iso Dajjolni izlab topib o‘ldiradi. So‘ng kishilar yetti yil yashaydilar. Mana shu
muddatda ikki kishi o‘rtasida (ham aslo) adovat bo‘lmaydi. Keyin Alloh taolo Shom
tomondan salqin shamolni yuboradi. Bu shamol yer yuzida qalbida zarra misqolicha
yaxshiligi yoki iymoni bor bironta ham kishini qoldirmasdan jonini oladi. Hatto
birontangiz tog‘ning o‘rtasiga kirib olsa, uning oldiga ham kirib jonini oladi. Yerda
yaxshilikni bilmaydigan, yomonlikdan qaytarmaydigan yomon kimsalar qoladi» (Muslim
va Nasoiy rivoyati).
Muddat borasidagi ikkilanish Abdulloh ibn Amr tarafidan bo‘lsa kerak. Chunki boshqa
sahih hadislarda Dajjolning qirq kun turishi aniq aytilgan.
75. Mujma ibn Joriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: Men Rasulullohning (sollallohu alayhi
vasallam) shunday deganlarini eshitganman: «Iso ibn Maryam Dajjolni Lud darvozasi
yonida o‘ldiradi» (Imom Ahmad sahih sanad bilan rivoyat qilgan).
76. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) aytdilar: «Ummatimdan bir toifa haq himoyasida jang qilib, to Qiyomat kuniga
qadar zohir bo‘lib turadi. So‘ng Iso alayhissalom tushadi. Shunda musulmon toifaning
amiri unga: «Keling, bizga (imom bo‘lib) namoz o‘qib bering», deydi. Iso aytadi: «Yo‘q,
sizlar o‘zlaringiz bir-biringizga amirdirsiz».
«Bu Allohning mana shu ummatga ko‘rsatgan fazlu karamidir» (Muslim rivoyati).
Olimlar aytadilar: «Bu hol Isoning endi tushgan vaqtiga taalluqli. Keyin esa
musulmonlarga, albatta, Isoning o‘zi imomlik qiladi. Ibn Moja rivoyat etgan boshqa bir
hadisda shunday deyiladi: «O‘zing oldinga chiqib namozni boshlayver, – deydi Iso
musulmonlar amiriga, – hozir sen uchun iqomat aytildi». Rojih (to‘g‘riroq) gap shuki,
aynan o‘sha kuni musulmonlarga Mahdiy – Muhammad ibn Abdulloh imom bo‘ladi.
Vallohu a’lam.
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Do'stlaringiz bilan baham: |