69. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
tushishi yaqin qoldi. U adolat bilan hukm qiladi, xochni sindiradi, xinzir (to‘ng‘iz)ni
o‘ldiradi va jiz’yani tugatadi. Mol-dunyo shu darajada ko‘payib ketadiki, hatto uni hech
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
41
kim qabul qilmay qo‘yadi. Kishiga dunyoyu undagi bor narsadan bitta sajda yaxshiroq
bo‘lib qoladi».
So‘ng Abu Hurayra: «Xohlasangiz, (ushbu oyatni) o‘qingiz: «Har bir ahli kitob o‘limi
oldidan unga, albatta iymon keltirur. Qiyomat kunida esa, u bularning zarariga guvoh
bo‘lur» (Niso, 159-oyat), dedi (Buxoriy va Muslim rivoyati. Hadis lafzi Buxoriyniki).
70. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Iso ibn Maryam tushib, xinzirni o‘ldiradi, xochni yo‘qotadi. Namoz unga (uning
imomligiga) jamlanadi. Mol-dunyoni (kishi) qabul qilmay qo‘yadi. Xirojni to‘xtatadi.
Ravhoga tushib, u yerdan haj yoki umra qiladi. Yoki har ikkisini jam qiladi» (Imom
Ahmad sahih sanad bilan rivoyat qilgan).
71. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Orangizga Ibn Maryam tushsa va sizlarga imom bo‘lsa, qanday holga
tushasizlar...»
Boshqa bir rivoyatda: «Sizlarga imomlik qilsa», deyilgan.
Ibn Abu Zi’b so‘radi:
– «Sizlarga imomlik qilsa» nima degani ekanini bilasizmi?
– O‘zingiz meni xabardor qiling, – dedim.
– Bu «Sizlarga Parvardigoringiz kitobi va payg‘ambaringizning sunnati ila boshchilik
qilsa», deganidir! (Muslim rivoyati)
72. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Payg‘ambarlarning otasi bitta, onalari boshqa-boshqadir. (Ya’ni, iymon bir,
shariatlar xilma-xil). Dinlari bir. Men Iso ibn Maryamga eng haqli insonman. Chunki
o‘rtamizda boshqa payg‘ambar o‘tmagan. Albatta, u tushadi. Uni ko‘rgan chog‘ingizda,
taningizlar. U o‘rta bo‘ylik, oq-qizilga moyil inson. Ustida oq-sariq kiyim-bosh bo‘ladi.
Garchi suv tegmagan bo‘lsa-da, boshidan tomchilab turganga o‘xshaydi. Iso xochni
parchalaydi, to‘ng‘izni o‘ldiradi, jiz’yani bekor qiladi va kishilarni Islomga chaqiradi. Alloh
taolo uning zamonida Islomdan o‘zga barcha millatlarni halok qiladi, Masih Dajjolni
o‘ldiradi. So‘ng yer yuzida tinchlik-omonlik hukm suradi. Hatto, sherlar tuyalar bilan,
yo‘lbarslar sigirlar bilan, bo‘rilar qo‘ylar bilan birga yuradi. Bolalar ilonlar bilan o‘ynaydi.
Ular bolalarga ziyon-zahmat yetkazmaydi. Iso qirq yil yashab, so‘ng vafot etadi. Uning
janozasini musulmonlar o‘qiydi» (Imom Ahmad sahih sanad bilan rivoyat qilgan).
73. Nuvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kuni ertalab Rasululloh
(sollallohu alayhi vasallam) bizga Dajjol haqida gapirdilar. Uni yomonlab, haqir ekanini
aytdilar, fitnasining xatarli bo‘lishini hikoya qildilar. Biz (Payg‘ambar (sollallohu alayhi
vasallam) gaplaridan keyin) Dajjolni Nahl toifasidan chiqsa kerak deb o‘ylab qoldik.
Kechqurun Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga qaytganimizda
Payg‘ambar alayhissalom yuzimizdan mana shu ma’noni uqdilar.
– Sizlarga nima bo‘ldi, – deb so‘radilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam).
– Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), – dedik biz, – ertalab Dajjol haqida
gapirdingiz. Uning haqirligini ham, fitnasining xatarli ekanini ham aytdingiz. Biz uni
Nahldan chiqsa kerak deb o‘ylab qoldik.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: