«Na gunoh ishlarni mudom qilib yurib, qachonki, birovlariga o‘lim kelganida,
«endi tavba qildim», deydigan va na kofir holida o‘lib ketadigan kimsalarning
tavbalari qabul qilinur» (Niso, 18).
Demak, oyati karimani quyidagicha tushunmog‘imiz joiz ekan. Barcha ahli kitob – xoh
o‘zlarining o‘limlari oldidan bo‘lsin, xoh Iso alayhissalom tushganlarida u Zotning
o‘limlari oldidan – albatta, Isoga iymon keltiradilar. O‘shanda barcha dinlar bitta Islom
diniga aylanadi.
Bu ahli sunnat o‘rtasida ittifoq qilingan tafsirdir. Allohga behad hamdlar bo‘lsinkim,
Iso alayhissalomning tushishlari va u zot Masih Dajjolni o‘ldirishlari mutavotir hadislarda
rivoyat qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |