Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari


-§. Elementar matematik ko‘nikmalar va bilimlarni rivojlantirish



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/72
Sana04.08.2021
Hajmi0,78 Mb.
#138517
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72
Bog'liq
Документ Microsoft Word

1-§. Elementar matematik ko‘nikmalar va bilimlarni rivojlantirish 

243.  Quyidagilar  3  yoshdan  5  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarda  elementar  matematik  ko‘nikmalar  va 

bilimlar rivojlanishining talablari hisoblanadi: 

miqdor, sonlar va sanash, geometrik shakllar to‘g‘risidagi bilimlarini namoyish etish

fazoda mo‘ljal olish va vaqt bo‘yicha ilk tushunchalarga ega bo‘lish. 

244.  Quyidagilar  3  yoshdan  5  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarda  elementar  matematik  ko‘nikmalar  va 

bilimlar rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi: 

“ko‘p”  va  “bitta”  buyumlarni  ajratish,  “ko‘p”,  “kam”,  “teng”,  “shuncha”  so‘zlarining  ma’nosini 

tushunish



tevarak-atrofdan bitta va ko‘p o‘xshash buyumlarni topa olish; 

buyumlarning  o‘lchamini  aytish,  “katta”,  “kichik”  so‘zlarining  ma’nosini  tushunish,  qizil,  katta, 

kichik, yumaloq va shu kabi boshqa sifatlarga ega bo‘lgan barcha buyumlarni ajrata olish

doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, oval shakllarini bir-biridan farqlash

shar, kub, silindrlarning nomini ayta olish va ularni farqlash; 

5 gacha sanash va 5 tagacha bo‘lgan ikki guruhdagi buyumlar sonini taqqoslash

buyumlarni baland-past, uzun-qisqa, qalin-yupqaligiga ko‘ra farqlash; 

u  yoki  bu  buyumning  o‘ziga  nisbatan  joylashuvini  so‘z  bilan  ifodalay  olish,  “yaqin”  va  “uzoq”, 

“orqada” va “oldinda”, “tepada” va “pastda”, “chapda” va “o‘ngda” kabi so‘zlarni tushunish; 

sutkaning turli vaqtlarini (kun va tun, ertalab, kunduzi, kechqurun) farqlash, kecha, bugun, ertaga, tez, 

sekin kabi vaqtni ifodalovchi so‘zlarni tushunish, o‘z nutqida qo‘llash; 

“lego” turidagi bo‘laklardan sodda model yig‘ish va 5 — 8 ta qismlardan pazllar yasash

qog‘ozdan buklash yo‘li bilan sodda shakllar yasash. 

245. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim: 

bolaning muloqot, o‘ynash vaqtida sonlardan foydalanishini rag‘batlantirish; 

buyumlarning belgilari, o‘lchamlari, og‘irligi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha saralaydigan o‘yinlar 

tashkil etish; 

bolaning individual xususiyatlarini hisobga olish; 

bir buyum o‘rniga boshqa buyumdan foydalanishni talab qiladigan o‘rgatuvchi mashg‘ulot, o‘yinlarni 

o‘tkazish; 

bolaga buyumlarni kuzatish, ularning joylashuvi, belgilari, o‘lchamlariga e’tibor qaratish imkoniyatini 

berish; 


bolaning buyumlarning ko‘proq yoki kamroq ekanligi nuqtai nazaridan so‘zlashini rag‘batlantirish; 

boladan  buyumlarning  o‘lchami,  shakli  va  rangini  solishtirish  hamda  ular  o‘rtasidagi  tafovutlar 

to‘g‘risida so‘zlab berishni iltimos qilish

bolaga oson bajara oladigan topshiriqlar berib borish; 

bolaga ikki-uch harakatlardan iborat topshiriq berish

bolaga buyumlarning joylashgan o‘rni haqida savollar bilan murojaat qilish. 

246. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan munosabatlarda ularning individual xususiyatlari va 

bolalar egotsentrizmini e’tiborga olish lozim. 




Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish