4.
5.
Ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish
1
4
16
20
36
6.
Rasm
2
8
32
40
72
7.
Applikats�ya
0,5
2
8
10
18
8.
Qurish-yasash (qo‘l mehnati)
0,5
2
8
10
18
9.
Loy bilan ishlash
1
4
16
20
36
10.
Jismoniy tarbiya
2
8
32
40
72
11.
Musiqa
2
8
32
40
72
Jami
14
56
224
280
504
Mashg‘ulotlar rejasi
(6-7 yosh)
T/r
Mashg‘ulot nomi
O‘quv yili davomida
haftada
bir
oyda
1-yarim
yillik
2-yarim
yillik
jami
1. Atrof muhit bilan tanishtirish
2
8
32
40
72
2. Tabiat
bilan tanishtirish
0,5
2
8
10
18
3. Nutq o‘stirish
1
4
16
20
36
4. Savodga tayyorgarlik
1
4
16
20
36
5. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish
0,5
2
8
10
18
6. Ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish
2
8
32
40
72
7. Rasm
2
8
32
40
72
8. Applikatsiya
0,5
2
8
10
18
9. Qurish-yasash (qo‘l mehnati)
0,5
2
8
10
18
10. Loy bilan ishlash
1
4
16
20
36
11. Jismoniy tarbiya
2
8
32
40
72
12. Musiqa
2
8
32
40
72
Jami
15
60
240
300
540
XXIV bob. Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena
255. Mazkur yo‘nalish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
bolalarning jismoniy rivojlanishi sifatini oshirish, jismoniy va sport mashg‘ulotlariga qiziqishini
uyg‘otish;
harakat faolligini rivojlantirish;
tengdoshlari, kattalar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi uchun imkoniyatlar yaratish;
bolani maktabda ta’lim olish bosqichiga o‘tishida xavfsizlik choralarini ko‘rish;
bolaning shaxs sifatida rivojlanishini rag‘batlantirish;
bolaning mustaqil harakatlarini rag‘batlantirish.
1-§. Yirik motorikani rivojlantirish
256. Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yirik motorikani rivojlantirish talablari
hisoblanadi:
o‘z tanasini boshqara olish (muvozanat saqlash);
o‘zining tana a’zolarini boshqara olish;
maqsadli harakatlana olish;
yurish, yugurish, dumalatish, irg‘itish, ilib olish, emaklash, tirmashish, muvozanat saqlash kabi asosiy
harakat mashqlarini bajara olish;
engashib, tik turib yura olish;
turli holatdagi yugurish mashqlarini bajara olish;
tezlik, muvozanat va yo‘nalishni saqlagan holda yugura olish;
sakrash mashqlarini bajara olish;
to‘siqlar ichidan emaklay olish.
257. Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yirik motorikaning rivojlanish indikatorlari
hisoblanadi:
a) quyidagi holatlarda yugurish:
oddiy gimnastik qadam tashlab, old tomon, yon tomon, orqa tomon, doira shaklida qadam tashlab;
bir kishilik qatorda va juftlikda, to‘g‘ri oyoqlarini old tomon tashlab;
to‘g‘ri va qiya yuzada;
tabiiy sharoitlarda to‘siqlarni yengib o‘tib, boshqa harakatlarni amalga oshirgan holda;
yurish vaqtida muvozanat saqlash, turli qadam bosib, panjarani ushlab, katta yoshdagilarning qo‘lini
ushlab zinadan chiqish va tushish, poldagi to‘siqlar ustidan o‘tish, oyoq uchlarida yurish, katta yoshdagilarning
ko‘rsatmasiga qarab, yurish tezligi va yo‘nalishini o‘zgartira olgan holda;
b) quyidagi holatlarda yugurib yurish:
1,5-2 daqiqa davomida uzluksiz, o‘rta hisobda daqiqasiga 60 — 100 m tezlikda;
past-baland yerlarda 320 m masofaga asta past tezlikda;
buyumlar orasidan ularga tegib ketmaslikka harakat qilgan holda;
3 x 10 m masofaga borib-kelgan holda;
kim o‘zarga, shuningdek tutish va o‘zini olib qochish uchun;
v) quyidagi holatlarda sakrash:
bir joyda turli usullarda (oyoqlarini chalishtirib yoki ochib, bir oyog‘i oldinda, bir oyog‘i orqada,
galma-gal o‘ng va chap oyog‘ida);
ikki oyog‘ida, bir oyog‘ida oldinga harakatlanib, bir oyog‘idan boshqa oyog‘iga, chiziqlar ustidan, past
buyumlar ustidan, bir oyoqda teskari yo‘nalishda;
balandligi katta bo‘lmagan to‘siqlar (kubiklar) ustidan, past buyumlarning ustiga chiqib pastga;
emaklab yurish, qorinda va yelka bilan yotib qo‘llarga tayanib hamda oyoqlarni itarib xona bo‘ylab
emaklay olish;
g) quyidagicha suvda suzish (ixtiyoriy usulda):
ko‘kragida va orqasida sirpanib, galma-gal nafas olib, chiqarib;
ko‘kragidan orqasiga dumalab o‘girilib va aksini amalga oshirib;
d) quyidagi harakatlarni amalga oshirish:
o‘zini qo‘llari bilan tortib, gimnastika kursisi ustidan o‘rmalash;
gimnastika devorchasi, narvoncha ustiga chiqish va pastga tushish;
arqon, koptok, arg‘imchoq kabi sport anjomlaridan foydalanib harakatlar bajarish;
turgan joyidan uzunlikka kamida 80 — 90 sm masofaga sakrash, yugurib kelib uzunlikka, balandlikka,
kalta arg‘amchi ustidan uni old tomon aylantirib sakrash;
ikki g‘ildirakli velosipedni to‘g‘ri yo‘nalish bo‘ylab, burilib, doira shaklida, “ilon izi” bo‘ylab haydash;
harakatlarni bajarish bo‘yicha urinishlarini izchillik bilan tashkillashgan harakatlar bilan birlashtirish
(o‘z o‘qi atrofida aylanish, bir oyog‘ida yuqoriga sakrash, musiqa ohangiga mos ravishda ijodiy harakatlarni
yaratish);
yugurish vaqtida turg‘un va harakatlanuvchan narsalarga tegmasdan ularni aylanib o‘tish.
258. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:
muntazam ravishda ertalabki gimnastika, jismoniy mashqlarni o‘tkazish;
bolaning bolalar sporti turlari bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashish;
bolaning faol harakatlanuvchi tartibga amal qilishiga, xususan, sayr qilishi, kichik safarlarga chiqishi,
ekskursiyalarga borishiga yordam berish;
doira chizib, bolaning ana shu doira bo‘ylab yurishini rag‘batlantirish;
bolaning suzishni o‘rganishini tashkil etish;
bolaning bir oyoqda sakrashi, musiqa ohangiga mos harakatlarni bajarishini rag‘batlantirish;
bolalar faoliyati uchun tabiatdan samarali foydalanish;
turli asbob-uskunalardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash va rag‘batlantirish;
bolaga yugurish, qadam tashlash, sakrash va tepaga tirmashish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlarni
bajarish bo‘yicha topshiriq berish;
toza havoda turlicha sakrash va yugurishni o‘ziga kiritadigan musobaqalarni tashkil qilish;
bolani oddiy sport anjomlari, velosiped bilan ta’minlash;
bolaning murakkab motorikali harakatlarni bajarishini rag‘batlantirish;
bolaning raqsga tushishishini rag‘batlantirish;
harakatli va estafetali o‘yinlarni tashkil etish.
259. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning xavfsiz yashashlari va harakatlanishlari uchun
quyidagilarga rioya qilish lozim:
badan qaltirashi, bosh og‘rishi, holsizlik kabi kasallanishlarning dastlabki alomatlariga e’tiborli
bo‘lish;
jismoniy mashqlarning me’yorida bo‘lishini kuzatib turish;
toza havoda mashq o‘tkazishga qo‘yiladigan gigiyenik talablarga rioya qilish;
chiniqtirish me’yorlari, suvda suzish mashg‘ulotlarini tashkil etish talablariga amal qilish;
harakatlanish faoliyati va dam olishni to‘g‘ri tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: