4.
6.
7.
10.
11.
4.
6.
7.
10.
Jismoniy tarbiya
2
8
32
40
72
11.
Musiqa
2
8
32
40
72
Jami
13
52
208
260
468
XX bob. Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena
209. Mazkur yo‘nalish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
bolaning jismoniy rivojlanishi hamda harakat ko‘nikmalarini shakllantirish uchun shart-sharoitlar
yaratish;
shaxsiy va umumiy gigiyena ko‘nikmalarini shakllantirish;
ta’lim-tarbiya berishda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.
1-§. Yirik motorikani rivojlantirish
210. Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yirik motorikani rivojlantirish talablari
hisoblanadi:
o‘z tanasini boshqara olish (muvozanat saqlay olish);
o‘z tana a’zolarini boshqara olish;
maqsadli harakatlana olish;
yurish, yugurish, sakrash, dumalatish, irg‘itish, ilib olish, emaklash, tirmashish, muvozanat saqlash
kabi asosiy harakat mashqlarini bajara olish;
turli yo‘nalishlarda yurish va yugura olish;
turli balandliklardan sakrash mashqlarini bajara olish;
koptoklarni bir-biriga qaratib dumalatish, ikki qo‘llab pastdan, ko‘krak oldidan, boshidan oldinga
oshirib irg‘ita olish;
emaklash va tirmashib chiqish malakalarining shakllanishi;
qo‘l, oyoq muskullari, gavda uchun mashqlarni bajara olish;
ertalabki badantarbiya mashqlarini aniq va izchil bajara olish.
211. Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yirik motorikaning rivojlanish indikatorlari
hisoblanadi:
to‘p-to‘p bo‘lib va yo‘nalishlarni o‘zgartirib yurish;
doira bo‘ylab juft-juft bo‘lib qo‘l ushlashib hamda yon tomonga ketma-ket yurish, yurishdan
yugurishga o‘tish;
muvozanat saqlab, shuningdek 20 — 40 m masofaga o‘rtacha tezlikda, 70 — 80 m ga asta-sekin
yugurish;
dumalatib yuborilgan buyumni quvib etish;
ikki qator bo‘lib terilgan bolalar bilan birga bir o‘zi va birgalikda qo‘l ushlamasdan doira bo‘ylab
yugurish;
oyoq uchlarida, katta qadam bosib, boldirini orqaga tashlab, buyumlarni aylanib o‘tib yugurish;
yugurish yo‘nalishi va tezligini o‘zgartirish;
narsalarni tutib olish va ulardan o‘zini olib qochish;
to‘siqlarni yengib o‘tish, birdaniga to‘xtaganidan so‘ng muvozanat saqlash;
1,5 daqiqa davomida uzluksiz yugurish;
daqiqasiga 40 — 60 m tezlikda 30 m masofaga yugurish;
past-baland yerlardan 200 — 240 m masofaga past tezlikda yugurish va orqaga oson harakatlanish;
navbatma-navbat yurish, yugurish va boshqa harakatlarni bajarish, hushtak bo‘yicha to‘xtash, burilish;
doira bo‘ylab bir o‘zi va juftlikda qo‘l ushlamasdan qator bo‘lib yugurish;
past-baland joylardan 200 — 240 m masofaga past tezlikda yugurish;
bir oyog‘ida oldinga sakrash;
kuch bilan koptokni oldinga tashlash va unga tashlangan koptokni ilib olish;
stol tennisi va sportning boshqa turlarini (futbol, basketbol) o‘ynash;
katta yoshdagilar yordamida va mustaqil ravishda ko‘kragi hamda orqasida sirpanish;
quruqlik va suvda suzayotgandek qo‘llari, oyoqlarini harakatlantirish;
to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha qo‘l kaftlari va tizzalarida, qiya yuza bo‘yicha, qornida, gimnastika kursisi
ustidan, qo‘llari bilan o‘zini tortib 10 m gacha emaklash;
qo‘sh narvoncha ustiga chiqib-tushish;
ixtiyoriy ravishda kalta arg‘amchi yordamida sakrash;
25 — 30 sm balandlikdan mat ustiga yoki qumli chuqurchaga hamda turgan joyidan kamida 70 sm
uzunlikka sakrash;
uch g‘ildirakli velosipedni haydash, chap va o‘nga burilish, doira shaklida haydash va turli narsalarni
aylanib o‘tish;
sathi ko‘kragigacha bo‘lgan suv ichida yurish, yugurish, suvdan sakrab chiqish, o‘tirish, boshi bilan
suv ichiga sho‘ng‘ish;
gimnastika devorining taxta to‘siqlari bo‘ylab 2-3 m masofaga o‘ng va chap tomonga hamda oldinga
harakatlanish, bir oyog‘ida o‘ng va chap tomonga burilib harakatlanish;
buyruq bo‘yicha mustaqil ravishda qator, kichik va butun guruhlarga, doira shaklida, juftliklarga
hamda bir qatorga turish.
212. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:
turli harakatli, xalq o‘yinlari, ko‘ngilochar o‘yinlarni o‘ynash;
chiniqtirish muolajalarini muntazam o‘tkazib turish;
harakat qilish malakalari shakllanishi uchun guruhlarda sharoit yaratib berish;
bolalar uchun jismoniy mashqlarning muhimligini aytib turish;
turli o‘yinlarni o‘ynashga jalb qilish;
yugurish musobaqalari, muvozanatni saqlash o‘yinlarini o‘ynash;
yopiq va ochiq maydonlarda turli o‘yinlar, sakrash bo‘yicha musobaqalarga jalb qilish;
koptokni biror to‘siq (devor) ustidan boshqa bolaga irg‘itish elementlari bo‘lgan o‘yinlarga jalb qilish;
ikki oyoqlab balandga sakratish;
to‘siqlarni yengib o‘tish bo‘yicha musobaqalar uyushtirish;
bog‘da koptok yoki boshqa buyumni otish va ilish bo‘yicha o‘yinlarni tashkil qilish;
bolalar maydonchasida, xonada bolalar sport musobaqalarini o‘tkazishlari va dam olishlari uchun
barcha zaruriy sharoitlarni yaratish;
jismoniy mashqlarni o‘tkazish uchun doimo vaqt ajratish;
bola bilan birga sheriklar sifatida yoki bir jamoa a’zolari sifatida sport o‘yinlarini o‘ynash;
o‘z gavdasini musiqa sadolariga muvofiq tarzda harakatlantirishini rag‘batlantirish;
musobaqa va o‘yinlarda turli narsalarni qo‘lda tashishlarni uyushtirish;
faol harakatlanishi uchun sharoit yaratish;
suvda ko‘proq suzishini rag‘batlantirish.
213. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning xavfsiz yashashlari va harakatlanishlari uchun
quyidagilarga rioya qilish lozim:
mashqlarni me’yorida bajarish, charchashning oldini olish, mashg‘ulot davrida bolaning holatiga
e’tibor qaratib turish;
bolaning mashqlarni erkin bajarishi uchun xavfsiz joy ajratish;
bola shikastlanmasligi uchun doimo uni nazorat qilib turish;
bolaga og‘ir qutilar va boshqa narsalarni ko‘tarishga ruxsat bermaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: