Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari


-§. Atrof muhitni o‘rganish va anglash



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/72
Sana04.08.2021
Hajmi0,78 Mb.
#138517
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72
Bog'liq
Документ Microsoft Word

2-§. Atrof muhitni o‘rganish va anglash 

202. Quyidagilar 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda atrof muhitni o‘rganish va anglash talablari 

hisoblanadi: 

jonli va jonsiz olamni kuzatish hamda ta’riflab berish; 

inson tana a’zolarini bilib olish. 

203.  Quyidagilar  2  yoshdan  3  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarda  atrof  muhitni  o‘rganish  va  anglash 

indikatorlari hisoblanadi: 

yaqin atrofidagi unga ma’lum bo‘lgan buyumlarning (o‘yinchoq, idishlar, kiyimlar, poyabzal, transport 

vositalari) nomlarini aytish; 

o‘simliklar va hayvonlarning o‘sishini bilish; 

tabiat hodisalarini kuzatish; 

jonli va jonsiz olam o‘rtasidagi asosiy tafovutlarni bilish; 

kun va tunni ajrata olish; 

insonning asosiy tana a’zolarining vazifalarini bilish, o‘z tana a’zolarini (quloqlari eshitishini, ko‘zlari 

ko‘rishini) to‘g‘ri ko‘rsatish; 

bolalarni katta yoshdagilardan ajrata olish. 

204. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim: 

bolaga o‘simliklar va hayvonlar tasvirlangan kitob berib, ularni ta’riflab berishni so‘rash; 

bolaning uy hayvonlarining nomini aytishi va ularning ovozini o‘xshatishini rag‘batlantirish; 

bolaga o‘simliklar va hayvonlar qanday o‘sishini  butun  yil davomida kuzatishi  mumkin bo‘ladigan 

sharoitlarni yaratish; 

bolaning savollariga javob berish, boshqa hayvonlar chiqaradigan ovozlar to‘g‘risida suhbatlashish; 




bolaning  o‘z  tana  a’zolarini  o‘rganishini  rag‘batlantirish,  ularning  nima  uchun  mo‘ljallanganligi  va 

inson hayotidagi ahamiyatini tushuntirish; 

bolaning katta yoshdagilar va bolalarning tashqi ko‘rinishidagi yaqqol tafovutlar va o‘xshashliklarni 

topishini rag‘batlantirish. 

205. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan mashg‘ulotlar olib borishda ular toliqib qolishining 

oldini olish lozim. 



3-§. Ijod 

206. Quyidagilar 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ijod talablari hisoblanadi: 

turli tovush va ovozlarni ajratish qobiliyatiga ega bo‘lish; 

musiqali faoliyatda ishtirok etishga qiziqish bildirish; 

ko‘rgazmali faoliyatda ishtirok etishga qiziqishini namoyish etish. 

207. Quyidagilar 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ijod indikatorlari hisoblanadi: 

o‘yinlarda ishtirok etish va tovushlar o‘rtasidagi farqlanishlarni ajrata olish; 

avval o‘rgangan qo‘shig‘ini tanish; 

boshqa bolalar kuylayotganlarida ularga qo‘shilib kuylash; 

ohangga mos ravishda qo‘llari bilan chapak chalib va oyoqlari bilan tapillatib qo‘shiq aytish; 

egri chiziqlar yordamida turli kataklar va to‘rlarni chiza boshlash. 

208. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim: 

bolaga boshqa bolalar bilan o‘yinlarda ishtirok etishni taklif qilish; 

bolaga tanish qo‘shiqni aytishni boshlab, boladan qo‘shiqni birgalikda aytishni iltimos qilish; 

boladan biror-bir qo‘shiq to‘qishni iltimos qilish; 

bolaga qo‘shiq aytishni va bir vaqtning o‘zida kuyning ohangiga mos ovozlar chiqarish, qo‘llar bilan 

chapak chalish va oyoqlar bilan tapillatishni taklif qilish; 

boladan u o‘rganib olgan qo‘shiqlarni aytishni iltimos qilib, uning musiqa ohangiga muvofiq oddiy 

harakatlarni bajarishini rag‘batlantirish; 

bolaning rasm chizishini rag‘batlantirish va unga ma’lum joylarda rasm chizish bo‘yicha ko‘rsatma 

berish. 


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish