O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


-Mavzu: Chingizxon istilosi davri adabiyoti .Mo‘g‘ullar istilosi davrida madaniy hayot



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet434/599
Sana02.08.2021
Hajmi4,74 Mb.
#136721
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   599
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi (2)

6-Mavzu: Chingizxon istilosi davri adabiyoti .Mo‘g‘ullar istilosi davrida madaniy hayot. 
“Chig‘atoy hududi” va undagi adabiy hayot. Pahlavon Mahmud ruboiylari.
 
 
R Ye J A : 
     1. Chingizlar   istilosi   va   uning   iqtisodiy – madaniy          hayotidagi oqibatlari. 
     2. X-XIII asr xalq og`zaki ijodi. 
     3. Yozma adabiyot. 
     4.Pahlavon Mahmudning fors tilida yaratgan asarlari. 
     5. Badriddin Chochiyning fors tilida yaratgan asarlari. 
 
     Markaziy Osiyo  xalqlarining  XIII  asrdagi  va   XIV   asr boshlaridagi  madaniyati,  san'ati  
va    adabiyoti    ham,    ularning  xo`jalik  hayoti  singari,    Chingizxon  istilosi  va    uning    dahshatli 
oqibatlari  bilan  bog`liqdir.  XIII asrning boshlarida Markaziy Osiyoda feodal tarqoqligi ancha 
kuchaygan edi.  Qattiq kurashlar natijasida  XII  asrning  ikkinchi yarmida vujudga kelgan yirik 
Xorazm davlati Muhammad  Xorazmshoh  (1200-1220)  davriga  kelib siyosiy va harbiy jihatdan 
zaiflashib ketdi.  Mahmud Xorazmshohga qarshi  feodal  harbiy  oppozitsiya  vujudga   kelgan   
edi.   Bu oppozitsiyani   xatto   Xorazmshohning  onasi  Turkon  Xotun  ham qo`llab-quvvatlar 


 
267 
edi.    Xorazmshoh    bilan    Xalifa    o`rtasida    ham  kuchli  ixtiloflar  bor  edi.  Sotqin  Mahmud 
Yalavoch  (asli  xorazmlik  bo`lgan  Mahmud  Chingiz  tomonidan  Xorazmshohga  elchi    bo`lib  
kelgan  edi)    Shuning    uchun    ham    u    Mahmud    Yalavoch    deb    atalgan,  kabi  josuslar  orqali 
Chingizxon  Xorazm  davlatining  ichki  ahvolini egalladi  va  O`rta  Osiyoga  bostirib kirishga 
bir voqea sababchi bo`ldi.  Chingizning Xorazmga  yo`l  olgan  450  kishilik  savdo karvoni 1218 
yilda O`tror shahrida talanadi. Savdogarlar qirib tashlanadi. 
    Chingizxon  qo`shini    1219  yilda  Yettisuv  viloyatini  bosib  olib,  Movaraunnahr  va    Xorazm  
chegaralariga    yaqinlashib    qolgan    edi.  Mahmud    Xorazmshoh    esa    o`z  qo`shinlarini  turli 
viloyatlarga bo`lib yuborgan edi.  Bularning barchasi Chingizning g`alaba qilishiga qo`l keldi. 
    Chingiz  qo`shini  Buxoroga  bostirib  kirganda    400    vatanparvar  Buxoroda    turib    12    kun  
davomida  qattiq jang qiladi.  Shahar oqsoqollarining hiyonatiga qaramay,  samarqandliklar ham 
Chingiz  qo`shiniga  qarshi  uzoq  va  shiddatli  jang  qiladilar,  xalq  qahramoni  Temur  Malik 
boshchiligidagi  Ho`jand  aholisi  katta  qahramonlik ko`rsatdi.  O`zini  davrining  Iskandari  deb  
atalgan    kaltabin  Xorazmshoh  1220  yildayoq  qochib  ketgan  edi.  (U  Kaspiy  dengizining  janub  
tomonidagi    bir    orolda    kasal    bo`lib,  xor-zorlikda  o`lib  ketadi).  Chingiz  qo`shini  qattiq 
janglardan  keyin  Termizni  olgach,  Sharqning    eng    yirik    va    eng    obod    shaharlaridan    biri 
bo`lgan Urganchga qarab yo`l oladi.  Xorazmshohning valiahdi Jaloliddinga saroy  a'yonlari va 
askar boshliqlarining ancha qismi bo`yin egmas edi.  Bu  ahvolda  Urganchni  mudofaa   etishga   
ko`zi   yetmagan Jaloliddin  bir  oz vaqt Xorazm qo`shiniga boshchilik qilgan Temur Malik bilan 
birga kuch to`plab,  keyin  hujumga  o`tish  maqsadida Xurosonga  yo`l  oladi.  Chingiz  qo`shini  
Urganchni    qattiq  qamal  qiladi.    Dushman    to`g`onni    ochib    yuborib,    shaharni    suv      ostida 
qoldiradi.    Shahar        xarob    bo`ladi.    Minglab    kishilar,    jumladan  mashhur  vatanparvar  Shayx 
Najmiddin Kubro fojiali halok  bo`ladi. Jaloliddin  Xuroson,  Hind  daryosi  atrofi  va  boshqa 
joylarda Chingizxon  qo`shiniga  qarshi   qattiq   janglar   olib   boradi. Jaloliddin  1221  yilning  
oxirida    Hind    daryosi  bo`yida  bo`lgan  so`nggi  jangda  yengiladi.    Oilasini    dushman    qo`lida,  
qoldirishni  istamay,    onasi,    xotini  va  boshqalarini  daryo  qa'riga  tashlaydi,  o`zi  esa  suzib,  
Hindiston  tuprog`iga  o`tadi.  1224  yilning  boshiga  qadar    Hindistonda  bo`ladi,    keyin  esa 
Zakavkazega  o`tib  u  yerda  katta  davlat  qurmoqchi  bo`ladi.  U  1231  yilda  Kurdiston  tog`larida 
halok  bo`ladi.  Chingiz  qo`shiniga  qarshi  uzoq  yillar davomida mardona kurash olib borgan.  
Temur Malik esa mag`lubiyatdan keyin bir  siqim  vatani  tuprog`ini olib,  Shom va Arabistonda 
darvesh bo`lib bir necha yil kezib, oxiri  vataniga  qaytadi  va  mo`g`il 
qo`shini qo`liga tushib o`ldiriladi. 
    Shunday  qilib,    feodal    tarqoqligi,    davlat    boshliqlarining  noahilligi    va  ayrim  yuqori 
tabaqalarning  hiyonati  Chin-gizxonning  Markaziy  Osiyoni  bosib  olishini  hiyla  yengillashtirgan  
edi.  Lekin mug`il istilochilariga qarashgan xalq ommasi ruhan mag`lub bo`ladi.  
    Ular bosqinchilarga  qarshi  ozodlik  kurashi  olib   boradi. Buning  yorqin misoli, jumladan, 
Buxoro  va  uning  atrofida  Mahmud  Torobiy  rahbarligida  1238  yilda  shiddatli  xalq  qo`zg`oloni  
bo`lib o`tadi. 
    Chingiz  qo`shinlari  Xurosonda,    Buxo  roda,  Samarqandda,  Balxda  va  gullab  turgan  boshqa 
shaharlarda  vaxshiylik  qildilar.    San'at,  boy  kutubxonalar,  yuksak  qishloq  xo`jaligi,  saroylar  va 
masjidlar  yer    bilan    yakson    bo`lib  ketdi.    Chingiz  istilosi  Markaziy  Osiyo  xalqini  nihoyatda 
kamaytirib yuboradi. Xo`jalik va madaniy hayotda 
salbiy iz qoldiradi. 
    X-XIII asr  x alq      og`zaki      ijodi:      Chingiz istilosining   dahshatli  oqibatlari,  xalqning  
bosqinchilarga  qarshi  qahramonlarga  kurashi    badiiy    adabiyotda,    jumladan    xalq  yaratgan  
og`zaki  adabiyot asarlarida o`z ifodasini topdi.  "Bo`ji keldi,  bo`ji  keldi,  Chingiz  bilan  Jo`ji  
keldi"  deb  Chingiz istilosiga qarshi qahr g`azabini ifodalagan afsonalar, ertaklar yaratdi. 
    Mo`g`il bosqinchilariga   qarshi  xalq  qahramonlik  kurashini, vatan  xoinlariga  qarshi  uning  
nafratini  yaqqol   ifodalovchi asarlaridan «Guldursun» afsonasidir.   O`rta Osiyo va Sintszyan 
turkiy  xalqlari,  xususan  o`g`o`z    va  qarluq    -    uyg`ur    dialektining    qadimgi  yodgorliklaridan 
bo`lgan "O`g`uznoma" ham qisman shu davrga taalluqlidir.  


 
268 
    "O`g`uznoma"  faraz  qilinishicha,  XIII  asrda  yoki  XIV  asr  boshida  kitobat  qilingan.  
("O`g`uznoma"  ning  bizga  qadar  uyg`ur    yozuvida  yetib      kelgan      nushasi,    A.Shcherbakning  
tahminicha,    XV    asrda  Yettisuvda  ko`chirilgan),    unda  qadimgi  zamonlarda  vujudga  kelgan 
mifologik  afsonalar  bilan  birga dahshatli istilo va urushlar 
tasvirlanadi. 
    Yozma  adabiyot:      Chingizxonning      istilosi      yozma    adabiyot  taraqqiyotiga    ham    salbiy   
ta'sir   etdi. Istilochilar   nodir madaniyat yodgorliklarini, jumladan san'at va adabiyot asarlarini 
yo`q qilib, yemirib tashladilar. 
    Mo`g`illar  istilosi    va    istibdodi    diniy  reaktsiyaning  yanada  kuchayishiga,    tasavvuf 
tariqatlarining  kengroq  tarqalishiga  sabab  bo`ldi.    Biroq    diniy    reaktsiya    va    tasavvufning  
kuchayishi  badiiy  adabiyotdagi    dunyoviy    yo`nalishini    bo`g`ib    tashlay    olmadi.      Buni, 
jumladan,    1233  yilda  Ali  degan  shoir  tomonidan  o`g`uz  dialektida  yaratilgan  "Qissai  Yusuf" 
dostonida ham ko`rish mumkin. 
    Pahlavon  Mahmud  :    Pahlavon  Mahmud  XIII  asrning  ikkinchi  yarmi  va  XIV  asrning 
boshlarida  yashab  ijod    etgan    mutaffakkir    -  faylasuf    shoirdir.    Mahmud    ota-onasi    Qo`xna  
Urganchdan  Xivaga  ko`chib  kelayotganlarida  645  (1248)  yilda  Xiva  yaqinida    tug`iladi. 
Xorazmning    ko`p  shaharlari  va  Hindistonga  borib  kurashga  tushadi,  doimo  g`alaba  qozonadi.  
Shuning uchun u "Pahlavon  Mahmud"  nomi bilan   shuhrat   qozongan.  Otashin  vatanparvar  
Xiva  yaqinida Chingizxon  qo`shiniga  qarshi  janglarda  halok  bo`lgan.   Xorazm askarlarining  
qabri  ustiga  maqbara qurdiradi.  Uning asosiy kasbi po`stindo`zlik,  telpakdo`zlik edi. Shu bilan 
birga Pahlavon Mahmud  ilm-fan  va  badiiy  adabiyot  bilan shug`ullanadi.  Umar Hayyomning  
izidan    borib    fors-tojik    tilida    ko`p      original  ruboiylar  yaratadi.    Shamsuddin  Soli-bekning 
"Qomus - ul - a'lom" ("Atoqli kishilar qomusi") va Latif Alibek Ozarning "Otashkadan Ozariy"  
asarlaridagi ma'lumotlariga qaraganda,  u "Kanz – ul Haqoyik"  («Hakikatlar  xazinasi»)  nomli  
bir      masnaviy      ham  yaratgan.    Pahlavon  Mahmud  726  (1326)  yilda  Xivada  vafot  etadi. 
Shogirdlari  uni  Xivadagi  po`stindo`zlik    ishxonasi    atrofiga    dafn  etadilar.    Keyinchalik    uning 
qabri ustiga muhtasham bir maqbara quradilar. 
    Pahlavon  Mahmudning    bizga  qadar  bir  necha  yuz  ruboyisi  yetib  kelgan.    U    hayotining  
so`nggi  yillarida   moddiy   borliqning    manguligi,  inson va tabiat haqida fikr yuritadi.  Ahloq, 
odob,  vatan    ishtiyoqi,    sevgining    zavq-shavqi    va      boshqalar      haqida  so`zlaydi.      Mana   
Pahlavon   Mahmud  ruboiylaridan  bir  necha 
namunalar  (kitobda).    Bu  ruboiylar    Pahlavon    Mahmudni    feodal  klerikal  doiralar,    Pahlavon 
Mahmud  ijodiyotining  asl  mohiyatini  sahnalashtirishga,    uning  she'rlariga    ilohiy    tus    berib,  
o`zini  avliyo  qilib  ko`rsatishga  uringanlar.  Pahlavon  Mahmud  gumbazini  "Muqaddas 
ziyoratgoh" ga aylantirib, undan daromad ko`rganlar va mehnatkash  xalq  ongini  bu  "avliyo"  
haqidagi afsonalar bilan zaharlashga uringanlar. 
    Badriddin  Chochiy:   Mo`g`il   yag`mosi   davrida  boshpana  izlab, boshqa  o`lkalarga  ketib,  
o`sha    yerlarda    turg`un    bo`lib      qolgan  ilm-fan,      adabiyot      va      san'at    ahillaridan    biri  
Badriddin  Chochiydir.  Badriddin  Chochiy  toshkentlikdir  .  U  1332-1333  yillarda  Makkadan  
qaytishda  Dehliga  tushib,  o`sha  yerda  qolib  ketgan. 
"Qomus-ul-a'lom" dagi ma'lumotga  qaraganda,  Badriddin  Chochiy Movarounnahrda  yashagan  
chog`larida    turkcha    (eski  o`zbek  tilida)  she'rlar   bitgan.   Baxtovorxonning    "Me'rot   -     ul     -   
olam"  ("Olamning    ko`zgusi"    )    asarida  berilgan  ma'lumotga  ko`ra  u  35  ming    baytli  
"Shohnoma"    ham      yaratgan.      Devonning      mukammal  nushalari  ham  no'malum  qolib 
kelmoqda.  Uning bizgacha saqlanib qolgan asari o`limidan bir yil muqaddam,  744 yilda  (1343-
1344  yillarda)    to`zilgan    "Sharhi  Qasoidi  Badri  Chochiy"  bo`lib,    u  71  qasida,    105  qit'a,  634  
g`azaldan  iboratdir.  Badriddin  Chochiy 
Sadriddin  Ayniyning  ta'kidlab  o`tishicha,  juda  murakkab  biruslubda she'r bitgan.  Mashhur 
Hind olimi "G`iyos -  ul  -  lug`at" kitobining  avtori  G`iyosiddin  binni Jaloliddin Mustafo 1256 
(1840-1841) yilda  Badriddin  Chochiy  asarlarini  kitobxonalarga yetkazish  maqsadida  ularga  
sharh sifatida " Kashf-ul-asror" ( " 
Sirlarning ochilishi " ) asarini yozgan. 


 
269 
    Badriddin  Chochiyning      asarlari    ham,    Pahlavon    Mahmudning  adabiy  merosi  kabi,  hali 
yetarli o`rganilgan emas.  
    Shunday qilib,   Chingizxon   istilosi   va   Mo`g`ilxonlarni istibdodi O`rta Osiyo xalqlarining 
xo`jalik hayoti va  madaniyatiga katta   talofat   yetkazgan,   ko`p   obod   joylarni  vayronaga 
aylantirgan,  ming-minglab kishilarni  qirib  tashlagan, ko`plarini najot istab turli  mamlakatlarga 
bosh  olib  ketishga  majbur  qilgan  edi.    Lekin    istilochilar    O`rta    Osiyo      xalqlarining  ozodlik 
kurashini,ularning    ho`jalik    va  madaniyatda  erishgan  tajriba  va  an'analarini    yemirib    tashlay 
olmadilar.     Chingiz    va Chingiziylarni, vatanfurush xoyinlarni fosh etib badiiy asarlar yaratdi. 
Din  va   tasavvufning   badiiy   adabiyotga   ta'siri natijasida  peshqadam  yozuvchilar  yangi,  
original  asarlar ijod qildilar.  Bu davrda qarluq,  qipchok, o`g`uz va boshqa dialektlar bir-biriga 
yaqinlashib, biri ikkinchisini boyitib bordi. 
Mustahkamlash uchun savollar 
Chingizlar istilosini so`zlang. 
X-XIII asrdagi og`zaki va yozma adabiyot yodgorliklari qanday? 
Pahlavon Mahmud ruboiynavis shoir ekanligini gapiring. 
Badriddin Chochiyning ijodi haqida so`zlang. 
Tayanch iboralar. 
         1.Chingizxon istilosi. 
         2.Xalk og`zaki ijodi. 
         3.Pahlavon Mahmud ruboiylari. 
         4.Badriddin Chochiy. 
 
F O Y D A L A N I L G A N  A D A B I Yo T L A R : 
 
    1. Pahlavon Mahmud. Ruboiylar. Toshkent, 1962 yil. 
    2. O`zbek adabiyoti bo`stoni.  Mangu buloqlar.  Toshkent, 1986 y. 158-182 betlar. 
    3. T.Jalolov.  So`z boshi.  Pahlavon Mahmud. Ruboiylar. 1962 y. 7-34 betlar. 
    4. Mallaev N.M. O`zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1976 y. 
    5.  Abdullaev    I.    Poeziya    na  arabskom  yazo`ke  Sredney  Azii  i  Xorasane  X  v  nachale  XI 
vekov.  Izd-vo  "Fan"  UzSSR.  Toshkent, 1984 g. 
    6. Stebleva I.V.  Razvitie tyurkskix form v XI veke. Izd-vo "Nauka", Moskva, 1971 g. 
 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish