1-Ma’ruza
Temuriylar davrida madaniy hayot.
Xorazmiy va uning “Muhabbatnoma”si. Noma janri.
REJA.
1.
O’rta O’siyoda Mo’g’ul hukumronligining yemirilishi.
2.
Temur imperiyasining maydonga kelishi.
3.
Amir Temur faoliyati haqida. Temur imperiyasining yemirilishi.
274
4.
Shayboniylar dinastiyasi xukumronligining boshlanishi.
Ikki daryo o’rtasiga joylashgan yurtimiz qadimda “Mavoronaunnaxr” deb atalgan. Bu so’z
arabcha so’z bo’lib “daryo orti” degan ma'noni ifoda etsa-da, “ikki daryo orasi” degan ma'no
bilan shuhrat topgan. Bu daryolar amu va sir daryolari bo’lib, ular Sayxun va Jayxun, O’quz,
kabi nomlar bilan mashxur bo’lgan. Yurtimizning suniy sug’orishga asoslangan yerlari serunum
bo’lib ,yer osti ,yer usti boyliklari bilan chet el bosqinchilarining diqqatini tortib kelgan. Ular:
Doro,Kir,Iskandar,Qutayba,Chingizxon,Kaufman ,Skobelov,Frunze kabilar timsolilarida
yurtimizni talaganlar. Shoir yozganidek:
O’tdilar sho’rlik boshingdan o’ynatib shamshirlarin,
Necha qon, necha sulton, necha ming xon o’zbegim.
Erksevar xalqimiz hech qachon bosqinchilarga bosh egmagan. Shiroq, To’maris,
Spitamen, Muqanna, Jaloliddin, Madaminbek bo’lib, ularga qarshi beomon ko’rashganlar. Shoir
yozganidek:
Davr zulmiga va lekin bir umr bosh egmading
Sen Muqanna sarbador sen erksevar qon o’zbegim. Ana Shunday bosqinlardan biri XII
asrda Chingizxon tomonidan amalga oshirilgan bo’lib, uning avlodlari xukumronligi XIV
asrning 60- yillariga kelib ,mug’ul zulmiga qarshi xalq qo’zg’oloni ko’tarila boshladi .Ular
ichiga sarbadorlar qo’zqoloni aloxida ajrab turadi.
Bu harakat mo’g’ul qukumronligi ildiziga bolta urildi.Muhammad Alining “Sarbadorlar”
ramanida ,Azim Suyunning “Sarbadorlar” dostonlarida bu harakat yahshi tasvirlangan.
Ana Shunday sharoitda tarixiy maydonga Amir Temur faoliyati yetarli
o’rganilmadi.,unga salbiy baxo burildi.Ivan Grozniy Pyotr I singari rus podsholari ulug’langan
xolda butun jaxon tan olgan. Amur Temurga bir yoqlama munosabatda bo’lindi. Istiqlol
sharofati tufayli Amur Temurga odilona baxo berildi .Uning 660 yilligi munosabati bilan juda
ko’p ishlar amalga oshirildi .
U barlos urug’idan bo’lib ,1336 yili Kesh shaxrida tug’ilgan .Otasi Amir Tarag’ay
bo’lib, onasi Takina xotun deb yuritilar yedi.
Amur Temur tug’ma qobiliyati tufayli sarbozlikdan Xusayinning lashkashboshi
darajasida yetdi.Xusayinni ham o’rtadan olib tashlab, mo’g’ullarga qarshi kurasha oladigan
hukmdorga aylanadi.
Temurning To’xtamish ustidan g’alabasi O’rta Osiyonigina yemas ,Rassiya ham Mo’qil
zulmidan ozod qildi .Temur Xorazm , Kavkaz orti yurtlarning Eronni, Xindni zabt etib imperiya
tashkil etdi.
Bu imperiya davrida ilm- fan o’sdi, yurt obod bo’ldi. Temur barpo etgan Oq saroy,
Registon, Shohi Zinda kabi imoratlar hanuz O’zbek xalqining iftixori bo’lib turibdi.
Temurning turkiya sultoni Yeldirim boyazid ustidan qozongan g’alabasi Yevropani
Turkiya zulmidan ozod etdi.
Fransiyada Tnmur haykali poyiga “Evropa Xalaskoriga” deb yozilgan Potstol Shaxridagi
temug aks ettirilgan sur'atlar Yevropning Temurga extiromi nishonasidir.
Istiqlolgacha badiy adabiyotda Temur siymosi noto’g’ri aks ettiridi. G’. G’ulomdan A.
Oripovgacha bo’lgan ijodkorlar jaxongirni bosqinchi, cho’loq deyishdan nariga o’tmadilar. S.
Barodinning “Samarqand osmonida yuldo’zlar” trilogiyasida Temur timsoli bir tomonlama aks
ettirildi.
Fitrat 1918 yili “Temur sag’anasi” nomli drama yozib, Temur siymosini to’qri aks
ettirildi. Oyek ham Amir Temur haqida doston yozgan bo’lsa-da, uni nashr ettirishga jur'at
etmagan.
Istiqloldan so’ng jaqongir haqida bexisob asarlar yuzaga keldi. Bular ichida A.Oripov,
O.Yoqubov, T.Mirzo, M.Jalil dramalari, B.Axmedov romani singari asarlarini ko’rsatish
mumkin.
Istiqlol qoyalari asosida. A.Temur faoliyati haqida quyidagilarni alohida ta'kidlash zarur.
1941 yil 21 iyun kuni jaqongir xil xonasi ochildi. Temur bosh suyagi Leningradga olib keltirildi.
275
Gerasimov bizga taqdim etgan jahongir rasmi mutlaqo noto’q’ri talqinda edi. Ilgari da'vo
qilingan Temurning savodsizligi mutlaqo noto’qri bo’lib, Navoiyning uqtirishicha, nazm va
nasrlarni “Andoq xo’p maqol va mavqeda” o’qigan. Undan “Temur to’zuklari”, “tarjimai xol”
singari asarlar meros bo’lib qolgan.
Temur ulkan binolar, bog’lar barpo etib, yurt tinchligini ta'minlagan. Ilm-fan,
hunarmandchilik taraqqiyotiga keng yo’l ochgan.
Temur 1405 yili O’tror shaqrida vafot etgan. Garchand Temur Pirmuhammad Jaqongirni
taxt vorisi qilib tayinlagan bo’lsa-da, taxt uchun beomon janglar boshlanib ketdi. 1409 yili
Shoqrux g’alaba qildi. U Huroson taxtiga o’tirib, Samarqand taxtiga 15 yashar o’g’li Ulug’bekni
o’tkazdi.
Bulardan tashqari Temur Shuxratini davom ettirishda Abulqosim Bobur, Abu Sayid
Xusayn Bayqaro singari Shoxlar katta ishlar qildilar.Xusayin Bayqaro davrida Xirot Sharqning
yirik madaniyat markaziga aylanli.
Xusayin Bayqaro xukumronligining so’ngi yillari ichki Xurosonga Shayboni qo’shinlari
ko’z tika boshladi. Temuriylar ichida Bobur Shayboniga qarshi mardonavor ko’rash olib
borishdi. Boshqa Temuriylar uni qo’llmagani sababali Bobur yengildi.
Shayboniyga qarshi qo’shinlar yiqilayotgan vaqtda qusayn Bayqaro vafot tadi.Oqibat,
Shayboniy Temuriylar dinastiyasini yiqitib, O’rta Osiyoda o’z xukmronligini o’rnatadi. Demak,
XIV-XVI asr ijtimoiy hayoti Chingiz xukmronligining yemirilishi,Temur imperiyasini yo’zaga
kelishi parchalanishi,Shayboniylar dinastiyasi qukmronligi bilan izoqlanadi.Temur imperiyasi
davridla yurt tinchligi ijtimoiy qayot taraqqiyoti boshqa soxalarda bo’lgan ko’tarilishlarni
yo’zaga keltirgani sababli badiiy adabiyot taraqqiyot iga ham keng yo’l ochdiki, Otoiy,
Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur singari zabardas ijodkorlar mana Shu davr maqsulidir
Adabiyotlar:
1. N.M.Mallaev.O’zbek adabiyoti tarixi.T.,1965yil
2. O’zbek adabiyoti tarixi.V-jildlik, I-jild,1975 yil
3. Ya.qulomov.Alisher Navoiy davrini o’rganish haqida.(“Ulug’ O’zbek Shoiri”) T.,1948
yil
4. B.Axmedov.Tarixdan saboqlar.T., 1948 yil
5. Sh.Karimov,R.Shamsutdinov.Vatan tarixi.Andijon.1995 yil
6. Sh.Karimov.,R.Shamsutdinov.Soxibqiron Amir Temur va Saltanati.Andijon.1995 yil
7. Andijonda soqibqironni xotirlab,Andijon 1996 yil
Tayanch iboralar.
1. Temuriylar imperiyasining maydonga kelishi
2. Amur Temur faoliyati
3. Amur Temur haqidagi badiiy asarlar
4. Temuriylar imperiyasining yemirilishi
XIV-XVI asrlarda ilm-fan taraqqiyoti.
REJA.
1.Ilm-fan taraqqiyoti ijtimoiy omillari.
2.Ijtimoiy va aniq fanlar taraqqiyoti
3.Ulug’bek va uning faoliyati
“Tmurxon naslidin sulton Ulug’bek
Ki olam ko’rmadi sulton aningdek”
(A.Navoiy)
Xalqimiz taixida Shunday davrlar borki, bu davrda ilm-fan taraqqiyoti yo’qsak darajaga
ko’tarilgan. Uyqonish davri debatalgan bu davrlarga IX-XI asrlarni XV asrni kiritish mumkin.
276
Temuriylar davrida uning boshqa davlatlar bilan siyosiy ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy
aloqalarining kuchayishi mamlakat ichida ulkan obodonlashtirish ishlarining amalga oshirilishi
o’am aniq fanlarning rivojiga yo’l ochgan.
Suniy suqorish inshoatlarining qurilish matematika, geometriya singari fanlar
taraqqiyotiga sabab bo’ldi. Tabobat sohasida Faxriddin Xo’jandi, Yusuf tabib singari mashhur
tabiblar shuhrat topdilar.
Mazkur davrda tarix ilmi beqiyos rivojlandi. Sh.A.Yazdiy (“Zafarnoma”), Mirxon
(“Razzat-ul vaqoe”), Bobur (“Boburnoma”) asarlari tarix ilmi rivojiga katta xissa qo’shdi.
Adabiyotshunoslik ilmi taraqqiyotida Jomiy, Navoiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Bobur singari
adabiyotshunoslar asarlari muhim rol o’ynaydi.
Bu davr olimlari faoliyati ularning zamonasidagi o’rni kurashi masalalarini yahshi
tasavvur qilish uchun Ulug’bek faoliyatiga nazar tashlaylik.
Muhammad Taraqay Ulug’bek 1394 yili Shohruh oilasida dunyoga keldi. Onasi
Gavqarshohbegim saroyda katta nufuzga ega bo’lgan ayol edi. Ulug’bk faoliyatiga nazar
tashlaylik.
Muhammad uning ismi bo’lib Taraqay Temurning otasining ismidir. Temur 15 yoshida
Samarqand taxtiga o’tirdi.
40 yil podshohlik qildi. Bu davr ichida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda ulkan
ishlarni amalag oshirildi.
Uning astranomiya ilmi sohasidagi ishlari beqiyosdir. U rasadxona barpo etib, 1018
yulduzning harakat vakolatini o’rgandi. “Zichi Ko’ragoniy” deb nomlangan kitobida uning
astronomiya soxasidagi ko’zatishlari jamlangan. U tarixchi olim sifatida “Tarixi arba' ulus”,
(“To’rt ulus tarixi”) nomli asar bitdi. Ulug’bek matematikaga oid risola yozgan. She'riyat
vamusiqa bilan shuo’ullangan.
Musiqashunos sifatida bulujiy shodiyona axloqiy tabriziy
singari kuylar yaratgan o’zi sozda ijro etgan. Madrasada ilim toliblariga dars berish sevimli
mashquloti bo’lgan.
Ulug’bek bobosi Temur kabi umri boqiy binolar, boqlar barpo etgan. Amir Temur
raxbarligida boshlangan “Bibixonim”, “Go’ri Amir”, “Shoxizinda” kabi binolarni Ulug’bek
nig`oyasiga yetakzgan. Samarqand, Buxoro, Gijduvon va boshqa Shaharlarda malrasalar barpo
etgan.
Buxoro madrasasining peshtoqiga: “Talabul ilm farizatun alo kulli muslimun” (“Ilmga
intilish butun musulmon erkak va ayollarga farzdir”) deb yozdirib qo’ygan.
Ulug’bek “Chixl ustun”, “Boqi maydon” kabi boqlar barpo etgan. Ulug’bek haqida
tarixiy badiy manbalarda faqat ijobiy fikrlar berilgan. Olim ilmiy maktabiga mansub Qiyosiddin
JamShid Shunday yozgan: ...“ul kishi muqaddas “Qur’onning katta qismina yoddan biladilar”.
Sarf ila naqvni yahshi biladular, arabchani ko’p yahshi yozadurlar. Shu bilan birga fikrni
mantiqni ilmi adabni musiqaning nazariy asoslarini yahshi biladurlar.
Navoiyning “Majolis-ul Nafois” kitobda Ulug’bek haqida qiziqarli ma'lumotlar bor.
Jumladan Ulug’bekning She'riyat bilan shug’ullangani aytilib uning bir bayti keltiriladi:
Har chand mulki xusn ba zeri nigini tust,
Sho’xi manun ki badon dar kamini tust.
(“Go’zallik mulki qo’l ostingda bo’lsa-da, sho’xlik qilmastlni yomonlarning ko’zi senga
ko’zatmoqdalar”)
Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida ham Ulug’bek haqida ma'lumot beradi.
Boburning “Boburnoma” asarida Ulug’bek nomini 19 joyda zikr etadi. Bobur Ulug’bek o’limiga
tarix baqishlagan.
Ulug’bek bahri uluji Xirot,
Ki dunyovu dinro azu bud pusht.
Za Abbos shahri shaxodat chashid
Shudash harfi tarix Abbos kust.
Tarjimasi:
Ulug’bek ilm va aqlning deganidan edi
277
U dunyo va dinning orqa tayanchi edi
Abbosdan shaxidlik bolini totidi
Uning o’lim tarixi “Abbos qusht” bo’ldi
Maskur tarixda “Abbos Qusht” so’zlaridan Ulug’bek o’ldirilgan yil kelib chiqadi.
Ulug’bekning hayoti va ijodi V.Bartoldning “Ulug’bek va uning davri”, qori - Nyyoziyning
“Ulug’bekning astranom maktabi”, B. Axmedovning “Ulug’bek” singari asarlarida ilmiy
asosda o’rganilgan. Shuningdek V. Viyatkin, V. L Shishqin, T. Jalolov, N. Leonov
tadqiqotlarida ham Ulug’bek ilmiy merosiga mansub ma'lumotlar bor.
Ulug’bek haqida badiy adabiyotlarda ham keng malumotlar uchraydi. Sakkokiy
Ulug’bekka baqishlab to’rtta qasiad yozgan. S. Barodinning Samarqand osmonida, yuldozlar
tiologiyasida, Ulug’bek timsoli. yaratilgan. Ulug’bek timsoli M. Shayxzodaning “Mirzo
Ulug’bek” tragediyasida barkamol qilib berilgan. Asardagi Temurning ilmiga Ulug’bek
va Xo’ja Axror munosabatlari istiqlol qoyasi asosida qayta baxolandi.
Tragediyada Ulug’bek timsolini xalq artisti Sh. Burhonov maromiga yetkazib
o’ynaydi. “Ulug’bek yulduzlari” kino filmida ham Ulug’bek timsolini Sh. Burxonov yaratdi.
O. Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanida ham Ulug’bek timsoli to’la qonli yaratiladi.
Roman asosida vidio film ishlangan bo’lib unda Ulug’bek timsolini Z. Muhammadjonov
yaratdi.
She'riyatda Ulug’bek haqida fikrlar E. Voxidovning O’zbegim qasidasida, A.
Oripovning “ O’zbekiston-Vataiim manim” She'rida, M. Yusufning “Samarqand” She'rlarida
uchrayda.
Istiqlol g’oyalari asosida Ulug’bek timsolini yaratish adabiyot oldidagi vazifalardandir.
Ulug’bekning 10 yoshida Muhammad Sultonning qizi O’gaybekaga uylanishi, 15 yoshida Amir
Temur taxtiga o’tirishi, Shoxrux kutubxonasida kechgan mas'ud damlar singari voqealar ne-ne
asarlarga material berishi mumkin.
Oy haritasining tozgan nemis olimi I. Medler undagi kraterlardan biraga 1834 yilda
Ulug’bek nomini berdi. Kitob Shaxridagi Xalqaro kenglik stantsiyasiga Ulug’bek nomi berilgan.
1977 yil 2 avgustda Qarshi rasadxonasi xodimi N. Chernix yangi bir kichik sayyoraning kashf
etdi. 2439 rahami bu sayyoraga Ulug’bek nomi berildi.Adadiyotlar.
1. N. M. Mallaev. O’zbek adabiyoti tarixi. T. 1965 yil.
2. O’zbek adabiyoti tarixi. V -jildlik. 1-jild . 1975 yil.
3. Q. Niyoziy. Ulug’bekning astronamik maktabi. M-l, 1950 yil.
4. B. Amedov. Ulug’bek. T. 1989 yil.
5. B. Jalilov. Meros va ixlos. Andijon. 1995 yil,
Tayanch iboralar.
1. XIV-XVI asrlarda njtimoiy fanlar taraqqiyoti.
2. XIV-XVI asrlarda anik faklar.
3. Ulug’bex faoliyati.
4. Ulug’bek haqidagi badiy asarlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |