O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


- mavzu. Xoja Ahmad Yassaviy ijodi. “Devoni hikmat”



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet432/599
Sana02.08.2021
Hajmi4,74 Mb.
#136721
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   599
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi (2)

5- mavzu. Xoja Ahmad Yassaviy ijodi. “Devoni hikmat” 
 
R  Ye J A : 
     21. Ahmad    Yassaviy - turkiy adabiyotning yirik vakili. 
     22. Shoir hayoti va ijodining  o`rganilish  tarixi. 
     23. Tasavvuf  -  shoir  ijodining  bosh  mavzusi sifatida. 
     24. Ahmad Yassaviy "  Hikmat"  lari  -  turkiy  adabiyotning  nodir namunasi. 
     25. " Hikmat" ning badiiy qimmati va turkiy adabiyot rivojida Yassaviy ijodining o`rni. 
    Ahmad Yassaviy   -   turkiy  tasavvuf  she'riyatining  atoqli vakili.  U "Devoni hikmat" asari  
bilan  jahonning  bir  qancha mamlakatlarida ma'lum va mashhur bo`lgan. 
    Yassaviyning  tug`ilgan  yili  aniq  ma'lum    emas.    Lekin    ilmiy  adabiyotlarda    vafoti    1166    -  
1167  yillar  deb  ko`rsatiladi.    U  Sayramda  tavallud  topgan.    Keyinchalik  shoir  tug`ilgan  yerini  
"Ul  muborak    Turkistondin"  deb  ta'riflagan.    Otasi  Shayx  Ibrohimdan  yetti    yoshida    yetim  
qolgan.    Otasi    Ibrohim    Yassi    (Turkistonda  ruhoniy-Shayx    oilasida  tug`ildi).    Otasi  Ibrohim 
ko`p  yillar  Sayramda  Shayxlik  qilgan.    Rivoyatlar  Shayx  Ibrohimni  uning  otasi  Mahmud,   
bobosi      Iftixor      va      boshqalar      orqali      Muhammad  payg`ambarning    qizi    Fotima    nasliga  
bog`laydi.  Ilk  tahsilni Yassida mashhur Turk mashoyihi   Arslonbobdan olgan. Bu hikmatlarda 
berilgan.    Arslonbob  vafotidan  so`ng,    u  tahsilni  Buxoroda  Yusuf  Hamadoniy    qo`lida    davom  
ettirgan.  Yusuf  Hamadoniy vafotidan keyin uning o`rnida halifalik qiladi. 
    Yassaviy  xalq      boshiga      ko`p    qiyinchiliklar    va    musibatlar  yog`dirilgan  davrlarda  yashab  
ijod    qildi.    U    Turk    hukmronlari  Qoraxoniylar  bilan  Qoraxitoylar  o`rtasidagi  urushlar  va 
ularning dahshatli   oqibatlari   ko`rgan   she'rlarida    bu    fojealarga munosabatlarini bildirgan. 
    "Nokas, hasis,  bediyonat zolimlar hokim bo`lgan  jamiyatdagi shafqatsizlik    va    ma'naviy    
aynishlar   bahsida   Yassaviy hikmatlarining birida mana bunday degan:  
     Na Onoda rahm qoldi, na Otoda, 
     Og`a, ini bir biriga  mojaroda. 
     Musulmonlar davo qilur, Chechar boda, 
     Mastlig` bilan qarindoshdan tondi, ko`rung. 
 
    Ahmad  Yassaviyning        dunyoga        nazari          bizning          davr  kishilarinikiga      nisbatan   
boshqacha  shakllangan. Shoirning  ishq, haqiqat,  adolat,  qanoat,  diyonat singari masalalarga 
yondashishi  o`zgacha    yo`nalishlarda    kechganligi    ham    shubhasiz.    U    o`z    davri  farzandi  
sifatida  islom    dini   ko`rsatmalari    va   islomiy aqidalarga  tayangan.   Buni  uning o`zi  ham 
e'tiror qilgan.  Shoir hikmatlarining birida bunday satrlarni o`qiymiz: 
        Xushlamaydur olimlar bizni oyg`on turkiyni, 
        Oriflardan eshitsang, ochar ko`ngil mulkini. 
        Oyat, hadis ma'nosi turki bo`lsa muvofiq, 
        Ma'nisiga yetganlar yerga qo`yar bo`rkini 
    Yassaviy ijodiyotining  mag`zini isyonkorona mistik mazmunlari tashkil qiladi.  U behudaga  
"G`arqob  bo`lib  isyon  ichra  keldim mano",  demagan.  Uning isyoni - inson botinidagi isyon. 
Yassaviy  "Ishq  yo`lida  jon    berganni    armoni    yo`q"    deydi.    Bu    tushunchani  e'tiqod  shiori 
bo`lib,ma'naviy-ruhiy  tozalanish  ranju  jafolarni  bo`yniga  ilmog`i  shart.  Bu  haqda  Yassaviy 
shunday o`git beradi: 
              Jafo chekmay oshiq bo`lmas,tingla g`ofil, 
              Jafo chekib sobir bo`lg`on bo`lmas johil. 
    Ahmad Yassaviyning  shuhrati oshadi.Uning to`g`risida xilma-xil afsona     va     rivoyatlar     
paydo     bo`ladi.     Madinada Muhammad, Turkistonda Hoja Ahmad degan ovozalar tarqaladi, 
turli joylardan pirga qo`l berish uchun ko`plab kishilar keladi.  
         Rivoyatlarga ko`ra,  Ahmad Yassaviy payg`ambarlardan ortiq umr ko`rishni (Muhammad 
63  yoshida  o`lgan)  gunoh  bilib,  63  yoshida yerto`laga-chillaxonaga  kirgan emish,  60 kecha-


 
262 
kunduz ro`za tutgan emish.  Umrining  oxirgi  kunlarini   o`sha   chillaxonada   nuqul toat-ibodat  
bilan    o`tkazgan  emish.    Ayrim  manbalarda  jumladan,  mavlono  Husomiddin  Sag`noqiyning 
risolasida Ahmad Yassaviy 130 yil   umr   ko`rgan   deb  ma'lumot  beriladi.  Biroq  ko`pchilik 
manbalarning  ko`rsatilishicha,    Sayramning  turli  joylarida    Ahmad  Yassaviyning    otasi    Shayx  
Ibrohimning  onasi Qorasoch momoning, aka-ukalari Latif ota va  Mustafaqul  otalarning  qabri  
bor. Ahmad Yassaviyning o`zi esa Yassida dafn qilingan. 
    Sayram,  Turkiston    shaharlaridagi    va    ularning    atrofidagi  "Muqaddas"  mozor,  qadamjoy 
uning  nomi        bilan  atalgandir.  Jahongir  podsho  Amir  Temur  1395-1397  yillarda    Ahmad 
Yassaviyning  eski  qabri  o`rniga  katta  va  muhtasham  maqbara qurdirgan.Rivoyatlarga ko`ra,  
Oltin  O`rda  xoni  To`xtamish    Yassaviy  avlodining  mol-mulkini  talagan  ekan.  To`xtamishni 
yengan  Temur  bu  mol-mulkni  undirib  olibdi  va  evaziga  bir  katta  madrasa  qurishga  buyruq  
bergan  ekan.  Biroq  Temurning  vafotidan keyin bu ish amalga oshmay qolgan ekan.  Qo`qon 
Xoni Amir Umarxon 1819  yilda Turkistonni  bosib  olganida,  Yassaviy  qabrini ziyorat qiladi. 
Xudoyilikka 70 qo`y so`ydiradi va shayxlarga in'om qiladi. 
    Devoni Hikmat:      Ahmad   Yassaviy   boshqa   ko`p mutassav-vuflar   kabi   so`z   san'atidan   
foydalanib,   Islom aqida-larini,  Jahriya  tariqatini  tassavvufni   targ`ib  qiluvchi she'rlar bitdi.  
Uning she'rlari "Hikmat"  she'rlar  to`plami  esa 
"Devoni hikmat" nomi bilan yuritiladi. 
    "Devoni Hikmat"    ning    yaratilish   tarixi    va    uning    kim tomonidan  va qachon tuzilgani 
ma'lum emas.  Devonning eng eski nusxalari ham saqlanib qolmagan.  XI  asrda  ko`chirilgan  4  
ta  hikmatni    hisobga    olmaganda,    qo`lyozmalarning    eng  qadimgilari  XVII  asrga  mansubdir.  
O`tgan asrning ikkinchi  yarimidan  boshlab 
"Devoni    Hikmat"  ning  bosma  nusxalari  ham  paydo  bo`la  boshlagan.  U  Toshkent,  Qozon  va 
Istanbulda bir necha bor nashr etilgan.     "Devoni Hikmat"  ning  qo`lyozma  nusxalari  ham bir-
biridan  juda  katta  farq  qiladi.  Ularda  she'rlar  miqdori  bir xilda  emas,  birida    bo`lgan    ko`pgina 
she'rlar,  ikkinchi birida yo`q,  borlari esa,  hajmi  va  matni  jihatidan  bir-birlaridan  katta  farq 
qiladi.  She'rlarda  zikr  etilgan  nom  (yoki taxallus) ham bir xilda emas. 
     Masalan, "Devoni  Hikmat"ning she'rlar miqdori jihatidan eng katta nusxasi bo`lgan 5-Qozon 
nashrini  olaylik.    Unda  149  hikmat  berilgan  bo`lib,    ulardan  109  hikmat  bevosita  Ahmad 
Yassaviyning  nomi    bilan    bog`liqdir.    Bu    hikmatlarda    Ahmad    Yassaviy    nomi  "Ahmad",  
"Ahmadiy", "Qul Hoja Ahmad", "Hoja Ahmad Yassaviy", "Ahmad ibn Ibrohim",  "Sulton Hoja 
Ahmad  Yassaviy",    "Yassaviy  Miskin  Ahmad",  "Miskin  Yassaviy",  "Qul  Ahmad",  "Miskin 
Ahmad" kabi nomlar ishlatiladi. 
    Yuqoridagi  nomlar    bilan  kelgan  ayrim  she'rlar  boshq  a  kitoblarda,masalan,    Sulaymon 
Boqirg`oniyning  "Boqirg`on  kitobida",    "Mulla  Shamsiddin    O`zgandiy"    ning    hikmatlarida  
ham uchraydi.  Bundan tashqari "Devoni Hikmat" nusxalariga,  Qul Sharif, Miskin G`arib, Qul 
Asad,  Xudoydod,  Qul Nodiriy,  Qul Sayfiddin, Bobo Mochin, Miskin Qosim, Miskin Azim va 
boshqa  mualliflarning  she'rlari  ham  kiritilgan.    Ayrim    she'rlarning    muallifi  umuman 
kiritilmagan. Til  va  uslub  jihatidan  ham   "Devoni   Hikmat"   nusxalari bir-biridan katta farq 
qiladi. 
 
Mavzuni mustahkalash uchun savollar 
Ahmad Yassaviy va tasavvuf adabiyotini so`zlang. 
Ahmad Yassaviy qachon va qaerda yashagan? 
Yassaviy  «Hikmat»lari haqida nimani bilasiz? 
Turkiy adabiyotning rivojida Yassaviy ijodining o`rnini so`zlang. 
 
Tayanch iboralar. 
          1.Ahmad Yassaviy ijodi. 
          2.Yassaviya  ta'limoti. 
          3.Yassaviy va tasavvuf. 
          4.Yassaviy she'riyati. 


 
263 
 
F O Y D A L A N I L G A N  A D A B I Yo T L A R : 
 
M a t n : 
 
    1. Ahmad Yassaviy "Hikmatlar". Toshkent, 1990 y. 
    2. Ahmad Yassaviy "Devoni Hikmat". Toshkent, 1992 y. 
 
Z a r u r i y  a d a b i yo t l a r : 
 
Aliev  A.    Tilimiz  donishmandi.    "O`zbekiston  adabiyoti  va                san'ati"  gazetasi.  1993  y.  29 
oktyabr. 
   2. Haqqulov I.  Tasavvuf va she'riyat. Toshkent, 1997 y. 
    3. Haqqulov I. She'riyat - ruhiy munosabat. Toshkent, 1989 y. 
    4. Mo`minov A.  Yassaviy: Ildiz va manbalar. "Fan va turmush"  jurnali. 1993 y. 9-10 sonlar. 
    5. Rustamov E.  Ahmad Yassaviy hikmatlarida hayot va tarix  sadosi. O`zbek tili va adabiyoti. 
1972 y. 4-5 sonlar. 
    6.  Shayx    Aziziddin    Nasafiy.    Komil      inson.      "O`zbekiston  adabiyoti  va  san'ati"  gazetasi, 
1992 y. 14 avgust. 
    7. Xaqqulov I. "Ahmad Yassaviy", Ahmad Yassaviy Hikmatlar. Toshkent, 1991 y. 5-40 betlar 
va 247-255 betlar. 
 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish