O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


- mavzu. Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi, manbalari. “Qutadg‘u bilig”



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet430/599
Sana02.08.2021
Hajmi4,74 Mb.
#136721
1   ...   426   427   428   429   430   431   432   433   ...   599
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi (2)

3- mavzu. Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi, manbalari. “Qutadg‘u bilig” 
dostoni. 
R Ye J A : 
     1. Yusuf Xos  Hojib  - XI asrning mutafakkir shoiri. 
     2. Hayoti va ijodi  haqida  ma'lumot. 
     3. " Qutadg`u  bilik" dostoni. 


 
254 
     4. Uning yaratish tarixi 
 
poytaxti Qashqar bo`lgan  Sharqiy  Turkiston,  yana  biri  poytaxti Balasog`un  bo`lgan  Yettisuv 
edi (Sharqiy Turkiston bilan Yettisuv 
birga  qo`shilib    ham    idora    qilingan).    Qoraxoniylar    tomonidan  Movarounnahr    egallab  
olingandan  keyin  yana  bir  katta  xokimlik  vujudga  keldi.    Bu    Movaraunnaxr    edi.    Uning  
poytaxti  avval O`zgand, keyinroq esa Samarqand bo`ldi. 
    Yusuf  Xos  Hojib  "Qutadg`u  bilik"  dostonini    yaratar    ekan,    u  Qoraxoniylar  davlati 
hokimiyatini  mustahkamlash,  Tavg`ochxon  bilan  Ilikxon      o`rtasidagi        ixtiloflarni        bartaraf     
etishga  qaratilgandir.      Bu      dostonda      hukmron    doiralarining    turli  ijtimoiy    tabaqalarga  
munosabatini   belgilash,   ma'rifat   va obodonchilik  uchun  kurash,  yaxshi  hulq-odobni targ`ib 
qilish  kabi  maqsadlarni  o`z  oldiga  ko`ygan  edi.  Bu  bilan  Yusuf  Xos  Hojib,  bir  tomondan    o`zi  
yashab    kelayotgan    davr    mafkurasini    ifoda  etgan  bo`lsa,  ikkinchi  tomondan  o`z  davrining 
ma'rifatparvari, donishmandi sifatida ham gavdalanadi. 
    "Qutadg`u  bilik"  ning  muqaddimasida  ko`rsatishicha    doston    o`z  davrida  keng  shuhrat 
qozongan.  Bu  kitob  nihoyatda  aziz  kitobdir.  U  chin  hokimlarning  she'rlari  bilan  orasta 
bo`lgandir.  
    Mochin olimlari  va  hakimlarining  barchasi ittifoq bo`lishib, Mashriq viloyatida,  Turkiston 
ellarida Bug`roxon tilida  (turkiy tilda)  hech   kim  bu  kitobdan   yaxshiroq kitob tuzmagan,   - 
deb  aytgan  ekanlar.    Bu  kitob  qaysi  podsholikka  yoki    qaysi    iqlimga  borib  yetsa,    g`oyat 
yaxshilikdan,  ul  (joylarning)  donishmandlarining  turli    nomlari    bilan    atadilar:      Chinliklar   
"Adab-ul-muluk"  ("Hukumdorlar        odobi"),        mochinliklar        "Oyin-ul-mamlakat" 
("Mamlakatning    tartib    usuli")    deb    atadilar.      Sharqiyliklar  "Zayin-ul-umaro"      ("Amirlar   
ziynati")      deb    nom    berdilar.  Eronliklar    "Shohnomai    turkiy",    turonliklar    "Qutadg`u    bilik" 
("Saodatga    olib    boruvchi    bilim"),    deb    aytmishlar,    ba'zilar  "Pandnomai  muluk" 
("Hukumdorlar    pandnomasi")    deganlar...    Bu  nomlarning    barchasi    ham    kitobning    davlat  
idora  ishlariga  va  ahloq-odob    masalalariga    doir    ekanligini    ko`rsatadi.      Uning  "Shohnomai 
turkiy"  deb  atalishi  esa,  mazmuni  va  maqsadi  jihatdan  bir  qadar  bo`lsa  ham  "Shohnoma"ga 
o`xshashligi  hamda  "Shohnoma"  kabi  mutaqorib    bahrida  yozilgan  bo`lishi  bilan  bog`liqdir.  
Dostonning bizgacha  saqlanib  qolgan  nushalaridan  ma'lum  bo`lishicha,   u keyinchalik asosan 
"Qutadg`u bilik" nomi bilan yuritilgan. 
Mustahkamlash uchun savollar. 
Yusuf Xos Hojib XI asrning donishmandi ekanligini gapiring. 
     Yusuf Xos Hojib  XI  asrning  atoqli  shoiri,  donishmandi  va davlat  arbobidir.  Undan bizga 
qadar  yetib  kelgan  yagona  adabiy  merosi  "Qutadg`u  bilik"  dostonidir.    Bu  doston  XI  asr  
adabiyoti  va  taraqqiyparvar  ijtimoiy-siyosiy  va  axloqiy-ta'limiy  qarashlarini  badiiy    
mujassamlashtiradi,      tarix,      ilm-fan,      etnografiya,  tilshunoslik    va    boshqa    sohalarga    doir  
qimmatli  ma'lumotlar beradi. 
    Yusuf Xos  Hojibning  hayoti  va  faoliyati  haqida  ma'lumot beruvchi  yagona  manba uning 
o`z  "Qutadg`u  bilik"  ("Saodatga  olib  boruvchi  bilim")  dostonidir.    Bu  doston  xijriy  yil  hisobi 
bilan  462      (melodiy    1069-70)    yilda    yozilgan.    Muallif    dostonning  muqaddimasida  yoshi  
ellikka  yaqinlashganini  ta'kidlaydi.  Shunga qarab  biz Yusuf Xos Hojib XI asrning 20 yillarida 
tug`ilgan deb ayta olamiz.  Yusuf Xos Hojibning  vatani  -  Bolasog`un  XI-XII asrlarning  yirik 
savdo-sotiq  hamda  madaniy  markazlaridan  biri  edi.    Bu  shahar  ikki  marta  Qoraxoniylarning 
poytaxti ham bo`lgan edi. 
    Atroflicha  bilim  olgan  Yusuf  Xos  Hojib  o`z  davrining  peshqadam  donishmandlaridan    biri  
bo`lib    yetishdi.    U    fors-tojik    va  arab  tillarini,    badiiy  adabiyotini,    tarix,    astronomiya, 
geometriya, matematika,  tabiat,  geografiya  va boshqa fanlarni o`rgandi.  U buyuk olimlarning 
axloqiy  va  falsafiy  qarashlarini,  tabiatga  doir  mulohazalarini    targ`ib    qildi.    Zamondoshlarini  
geometriya kabi fanlarni o`rganishga chaqirdi. 


 
255 
    Yusuf Xos  Hojib  "Qutadg`u  bilik" dostonini yaratar ekan, bu doston turkiy  til  (uyg`ur  va  
eski  o`zbek  tili)  dagi  yozma adabiyotning  ilk  yirik asarlaridan biri edi.  Shunga ko`ra Yusuf 
Xos Hojibning o`zi dostonning muqaddimasida: 
                 Arabcha, tojikcha kitoblar o`qush, 
                 Bizning tilimizga bu yumg`i o`qush. 
    (Arabcha,  tojikcha  kitoblar  ko`p  bo`lib,    bizning  tilimizda  bu  donishmandlikning  birinchi 
to`plamidir degan edi). 
    Yusuf Xos  Hojib  "Qutadg`u bilik" dostonini Balasog`unda yoza boshladi,   uni   Qoshqarda   
yozib   tugatdi    va    Qoraxoniy hukmdorlaridan bo`lgan Tavg`och Bug`roxonga taqdim qildi. 
Bug`roxon  doston  muallifini  taqdirlab,    unga  "Xos  Hojib"  (mukarram    eshik  og`asi)    unvonini  
beradi.  Shundan  keyin u Yusuf Xos Hojib nomi bilan shuhrat qozondi. 
    Qoraxoniylar  davlatiga  Qashqardan  tortib  Amudaryogacha  bo`lgan  katta  hudud  kirar  edi.  
Davlat bir  necha  mayda  xokimliklarga bo`linib   ketgan  edi.  Dastlabki  yirik  xokimliklardan  
biri  
Yusuf Xos Hojib qaerda,, qachon tug`ilgan? 
Yusuf Xos Xojibning «Qutadg`u-bilig» asari qanday yozilgan? 
Yusuf Xos Xojib qaerda yashagan? 
Tayanch iboralar. 
           1.Yusuf Xos Xojib. 
           2."Qutadg`u-bilik". 
           3.Bolasog`un. 
           4.Tavgochxon bilan Elikxon. 
F O Y D A L A N I L G A N  A D A B I Yo T L A R : 
M a t n 
    1. Yusuf Xos Hojib.  "Qutadg`u bilik" "Fan" Toshkent, 1971 y. 
    2. Qadimgi hikmatlar.  Toshkent, 1987 y. 3. Yusuf Xos Hojib. 
       "Qutadg`u bilik" "Yulduzcha" nashriyoti (Hozirgi o`zbek tilida bayon qiluvchi) To`hliev B. 
Toshkent, 1990 y. 
Z a r u r i y  a d a b i yo t l a r : 
     1. Malov S.Ye.  Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti" M.L. 1951 g. 
     2. Karimov  K.  "Ilk  badiiy doston". Toshkent,  1976 y. 
3. O`zbek adabiyoti.  I tom.  1959 y.  
     4. Mallaev N.M. O`zbek  adabiyoti tarixi.  1976 y.  
5.Qayumov A. "Qadimgi obidalar".  1974 y. 
 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   426   427   428   429   430   431   432   433   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish