Kasb odobi va xizmat


-BO‘LIM. KURSNING QISQACHA MAZMUNI



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/53
Sana30.07.2021
Hajmi0,51 Mb.
#133240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
kasb odobi va xizmat korsatish madaniyati

1-BO‘LIM. KURSNING QISQACHA MAZMUNI 
1.1. «Kasb odobi va xizmat ko‘rsatish madaniyati» o‘quv kursin-
ing maqsad va vazifalari
Kasb odobi (etikasi) bu insonlarning kasbiy faoliyatidan kelib 
chiqadigan o‘zaro munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’min-
laydigan qonuniyatlardan biridir. Kasb odobi – jamiyat tomo-
nidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga 
nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-
nomus, qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmui, umumiy 
axloqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir.
Jamiyatda mutlaq, abadiy va o‘zgarmas odob-axloq yo‘q. 
Odob-axloq tarixan o‘zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega 
bo‘lgan ijtimoiy hodisadir.
Yillar o‘tishi bilan ishlabchiqarish, fan va texnika rivojlanib, 
ijtimoiy mehnat taqsimoti yanada chuqurlashadi. Bu jarayonning 
uzluksiz davom etishi esa o‘z navbatida, har biri muayyan ijti-
moiy funksiyani bajaradigan yangidan yangi faoliyat sohalari pay-
do bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ularning sohiblari esa shunga ko‘ra 
muayyan ijtimoiy burchlarni bajara boshlaganlar. Mazkur burch 
va majburiyatlar muayyan odob-axloq qoidalari va xulq-atvor 
normalarida o‘z aksini topadi. Shunday qilib, kasb odobi ning 
paydo bo‘lishi uzluksiz mehnat taqsimotining mahsuli, uning 
axloqiy dasturi, axloqiy bahosi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.
Jamiyatning har bir kasb-hunarga, ixtisosga beradigan odob-
axloq bahosi ikki asosiy omil bilan: birinchidan, mazkur kasb-
hunar vakillarining jamiyat rivojlanishi uchun nimalar beri-
shi bilan; ikkinchidan, jamiyatning ma’naviy ta’sir ko‘rsatish 
ma’nosida ularga nimalar berishi bilan belgilanadi. Ana shu 
odob-axloq baho omillariga ko‘ra, kasb odobini har bir kasb-
hunarning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va vazifalariga qarab bir 
necha turga ajratish mumkin:
● o‘qituvchilik ixtisosiga qarab – pedagog axloqi;
● tibbiyot ixtisosiga qarab – shifokor axloqi;
● huquqni muhofaza qilish ixtisosiga qarab – yurist axloqi;
● xizmat ko‘rsatish ixtisosligiga qarab – xizmat ko‘rsatish 
odobi va hokazo.


6
Kasb odobi talablari umumiy bo‘lishiga qaramay ba’zi bir kas-
biy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor me’yorlarini 
ham e’tiborga olish kerak. Masalan, tibbiyot xodimi o‘z 
amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramay, insonning jismoniy 
va ma’naviy sog‘lig‘i uchun kurashishi va kerak bo‘lsa bun-
da o‘zini ham ayamasligi lozim, ya’ni shifokorning qasamyod 
burchi unga har qanday vaziyatda ham qiyinchiliklarga qara-
masdan, ba’zi hollarda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa 
ham bemorga yordam berishga undaydi.
Huquq vakillaridan kasb odobida sodiqlik, hammaning qo-
nun oldida teng ekanligi tamoyiliga rioya qilishlari talab etiladi.
Xizmat ko‘rsatish sohasi vakillaridagi odob-axloq me’yorlari, 
avvalambor, muomala madaniyati va mijozlarning ehtiyoji-
ni qondirishga, diqqat-e’tiborning kuchli bo‘lishiga qaratilgan 
bo‘ladi.
«Kasb odobi va xizmat ko‘rsatish madaniyati» o‘quv kursi ning 
maqsad va vazifalari avvalambor xizmat ko‘rsatish xodimla-
rining kasb odobi umuminsoniy axloq qonunlarini, tamoyillari 
va me’yorlarini, estetik qadriyatlarini aholiga xizmat ko‘rsatish, 
muomala qilish hamda ularga axloqiy tarbiya berish, estetik 
madaniyatini shakllantirish yo‘llarini o‘z ichiga oladi.
Odob-axloq me’yorlari axloqiy munosabatlarning tarkibiy 
qismi va axloqiy ong shakllarida mavjud bo‘ladi.
Odob-axloq tamoyillari – umumlashgan axloqiy tushuncha-
lar bo‘lsa, odob-axloq me’yorlari axloqiy tamoyillarga rioya qi-
lish uchun qanday axloqiy xislatlar zarurligini ko‘rsatadi.
 Xizmat ko‘rsatish xodimlarining kasb axloqi me’yorlariga 
quyi dagilar kiradi: xushmuomalalilik va odoblilik, oddiylik va 
kamtarlik, halollik va rostgo‘ylik, sobitqadamlik, ochiq ko‘ngillilik, 
saxiylik va muruvvatlilik, o‘zaro hurmat, do‘stona munosabat, 
samimiy, sipolik, kattalarni hurmat qilish va boshqalar.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish