DALOLATNOMA
Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron-
bir bo‘lgan voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holat-
ni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha ki-
shi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma tuzish xilma-xil
maqsadlarni ko‘zlaydi, lekin uning asosiy maqsadi sodir bo‘lgan
voqea-hodisa larni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihat-
dan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolat-
noma tuzish maxsus huquqiy normalar bilan qat’iy belgilan-
gan. Masalan, korxonalarning hisob-kitob bo‘limlari faoliyatida
dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka
asosan tuziladi va ular huquqiy jihatdan muhim o‘rin tutadilar.
Dalolatnomaning zaruriy qismlari:
1. Bosh idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi.
2. Tuzilgan sanasi va joyi.
3. Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollar da).
4. Hujjat turi nomi (Dalolatnoma).
5. Matn sarlavhasi.
6. Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbari ning buyrug‘i,
yuqori idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar).
7. Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar).
8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar).
9. Dalolatnoma matni.
10. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko‘rsatiladi).
11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.
12. Ijro haqidagi belgi.
Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qato-
riga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo‘shish mum-
20
kin. Chunonchi, ishni qabul qilish-topshirish chog‘ida tuzila-
digan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan
qimmatbaho buyumlar, hujjatlar sanab o‘tiladi (ilovalarda), top-
shirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar
qayd etiladi va hokazo.
Dalolatnomaning zaruriy tarkibiy qismlarining joylanishi:
Vazirlik, yuqori idora, muassasa nomi «TASDIQLAYMAN»
DALOLATNOMA
(Tasdiqlangan)
Sana va tuzilgan joyi
(Imzo) Familiya, sana
Matn sarlavhasi: («...haqida»)
Asos: (muassasa rahbarining (sanadagi)-raqamli buyrug‘i yoki
yuqori idoraning № -raqamli qarori)
Raisi (shaxs lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari,
familiyasi)
A’zolari:
1. (lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi)
2. (lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi)
3. (lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi)
dan iborat komissiya tomonidan (shaxs yoki shaxslar) lavozimi,
init siallari, familiyasi) ishtirokida tuzildi.
MATN
ILOVALAR
Komissiya raisi (imzo) ismi va otasi ismining bosh harflari,
familiya
Komissiya a’zolari (imzolar) ismi va otasi ismining bosh harf-
lari, familiyalar
Ishtirok etganlar (imzolar) ismi va otasi ismining bosh harflari,
familiyalar
21
Do'stlaringiz bilan baham: |