Shaytonning qalbga kiradigan o‘rinlari tafsiloti bayoni
Bilingki, qalb misoli bir qo‘rg‘onga o‘xshaydi. Shayton esa qo‘rg‘onga bostirib kirib, unga
egalik qilishni xohlab turgan dushmanga o‘xshaydi. Dushmandan qo‘rg‘onni saqlash
uchun faqat uning eshiklari, kiriladigan boshqa joylari, zaif va teshik yerlarini qo‘riqlash
kerak bo‘ladi. Eshiklar qaerdaligini bilmagan inson uni qo‘riqlay olmaydi.
Qalbni shayton vasvasasidan himoya qilish vojibdir. U har bir mukallaf bandaga farzi
ayndir. Vojib amalga yetish uchun kerakli amallar ham vojib bo‘ladi. Shaytonni daf
qilishga kerakli amal uning kirish joylarini bilishdir. Demak, shaytonning kiradigan
joylarini bilish ham vojib. Shaytonning kiradigan joylari va uning eshiklari bandaning
sifatlaridir. U juda ko‘pdir. Lekin biz so‘qmoq, yolg‘izoyoq yo‘l ma’nosidagi eshiklarga
ishora qilyapmiz. Bunday eshiklar shayton askarlari ko‘p bo‘lsa ham, kirishiga torlik
qilmaydi. G’azab va shahvat uning katta eshiklaridandir. Chunki g‘azab aqlga hujum
qilish, deganidir. Agar aql qo‘shini zaiflashsa, shayton askarlari hujum qiladi. Inson,
qachonki, g‘azablanadigan bo‘lsa, shayton uni go‘yo go‘dak to‘pni o‘ynaganidek
o‘ynaydi.
Rivoyat qilinishicha, Muso alayhissalomga Iblis yo‘liqib aytdi: «Ey Muso, Alloh taolo sizni
elchilikka tanlab olgan va siz bilan gaplashgandir. Men Alloh taoloning gunoh qilib
qo‘ygan maxluqlaridan biriman. Tavba qilishni xohlayman. Robbim tavbamni qabul
qilishida menga shafoatchi bo‘ling». Muso alayhissalom uning talabiga rozi bo‘ldilar.
Toqqa ko‘tarilib Robbilari bilan gaplashdilar. Keyin tog‘dan tushishni xohlaganlarida
Robbilari u kishiga «Omonatni ado qiling», dedi. Muso alayhissalom: «Ey Robbim,
bandang Iblis tavbasini qabul qilishingni xohlayapti», dedilar. Alloh taolo Muso
alayhissalomga vahiy qilib: «Ey Muso, hojatingizni ro‘yobga chiqaraman, Iblisga
buyuring, Odamning qabriga sajda qilsin, keyin uning tavbasi qabul qilinadi», dedi. Muso
alayhissalom Iblisga: «Hojating ravo qilinadigan bo‘ldi, Odam alayhissalomning
qabrlariga sajda qilishga buyurilding, keyin tavbang qabul qilinadi», dedilar. Shunda
shayton g‘azablanib kibrlandi va: «Unga tirikligida sajda qilmagan edim, o‘lganidan
keyin sajda qilamanmi?!» dedi. So‘ngra Muso alayhissalomga shunday dedi: «Meni
Robbingiz huzurida shafoat qilganingiz uchun ustimda haqqingiz bor, bas, uch narsa
sodir bo‘lgan paytda meni eslang, o‘sha uch narsada sizni halok qilmayman. Birinchisi -
meni g‘azablangan paytingizda eslang, chunki ruhim sizning qalbingizda bo‘ladi va
ko‘zim ko‘zingiz ichida bo‘ladi hamda qon yuradigan joylaringizda yuraman. G’azab
qilgan paytingizda meni yodingizdan chiqarmang. Chunki inson g‘azablansa, burniga
puflab qo‘yaman, u nima qilayotganini bilmay qoladi. Ikkinchisi - meni jangga kirgan
paytingizda eslang, chunki Odam farzandi jangga kirgan paytida uning oldiga borib,
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |