www.ziyouz.com kutubxonasi
49
oilasini va xotin, bola-chaqasini eslataman, hatto u jangni tashlab qochib ketadi.
Uchinchisi - nomahram ayol bilan birga o‘tirmoqdan o‘zingizni saqlang, chunki sizni
unga, uni sizga yuborguchi elchilaringizman. Oralaringizda doim birga bo‘lib, sizni u
bilan, uni siz bilan fitnalantirib qo‘yaman».
Mana shu so‘zlari bilan shayton shahvat, g‘azab va ochko‘zlikka ishora qildi, chunki
jangdan qochish dunyoga harislikdandir. Odam alayhissalomga o‘lganlarida sajda
qilishdan bosh tortishi - bu hasaddir. Bu qalbga kirish eshiklarining kattalaridandir.
Zikr qilinishicha, ba’zi avliyolar Iblisga: «Odam farzandiga qanday qilib ustun kelasan?»
deyishganida, shayton: «G’azab va havoyi nafsga ergashgan paytida uni ushlayman»,
dedi.
Hikoya qilinishicha, Iblis bir rohibga ko‘ringanida rohib undan: «Odam farzandining qaysi
axloqi senga ko‘proq yordam beradi?» deb so‘rabdi. Shayton: «Jizzakilik, chunki agar
banda jizzaki bo‘lsa, go‘dak to‘pni aylantirganidek, biz uni aylantiramiz», deb javob
bergan ekan.
Aytilishicha, shayton shunday derkan: «Odam farzandi qanday qilib mendan ustun kela
olardi? Agar rozilik holatida bo‘lsa, kelib qalbiga o‘rnashib olaman. Agar g‘azabli holatida
bo‘lsa, uchib boshiga o‘rnashib olaman».
Yana katta eshiklardan biri hasad va ochko‘zlikdir. Qachon banda biror narsaga
ochko‘zlik qilsa, uning ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar bo‘lib qoladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam: «Sening bir narsaga bo‘lgan muhabbating ko‘r, kar qiladi», dedilar (Abu
Dovud rivoyati, sanadi zaif). Shaytonning qalbga kirish o‘rinlarini esa faqat qalb ko‘zi
biladi. Agar qalb ko‘zini hasad va hirs to‘sib qo‘yadigan bo‘lsa, u holda hech narsani
ko‘rolmay qoladi. Ana shu paytda shayton o‘ziga qulay fursat topadi. U hirs va
shahvatga olib boradigan narsani, garchi u munkar va fahsh narsa bo‘lsa ham, chiroyli
qilib ko‘rsatadi.
Rivoyat qilinishicha, Nuh alayhissalom kemaga chiqqan vaqtlarida, Alloh u kishiga
buyurganidek, jonivorlardan ikkitadan - erkak va urg‘ochi qilib oldilar. Kemada o‘zlari
tanimaydigan bir keksa kishini ko‘rdilar. Unga: «Nima uchun kirding?» dedilar. U:
«Do‘stlaring qalbini nobud qilish uchun kirdim. Ularning qalblari men bilan bo‘lib,
badanlari sen bilan qoladi», dedi. Nuh alayhissalom unga: «Chiq bu kemadan, ey
Allohning dushmani, chunki sen la’natlangansan», dedilar. Iblis aytdi: «Besh narsa
borki, insonlarni ana shular bilan halok qilaman. Senga ulardan uchtasini aytib beray,
lekin ikkitasini aytmayman», dedi.
Alloh taolo Nuh alayhissalomga vahiy qilib: «U uch narsaga sizda hojat yo‘q, keyingi
ikkitasini aytsin», dedi. Nuh alayhissalom unga: «U ikki narsa nima?» dedilar. Shayton:
«Ular shunday narsalarki, meni yolg‘onchi qilib ham qo‘ymaydi, menga xilof ham
qilmaydi. Ana shu ikki narsa bilan insonlarni halok qilaman. Ular hirs va hasaddir. Hasad
bilan la’natlandim va quvilgan shaytonga aylandim. Ammo hirsga kelsak, Odam uchun
jannatda har bir narsaning ruxsati berildi, faqat bir daraxtning ruxsati berilmadi. Bas,
men harislik bilan unga daraxt mevasidan yedirib maqsadimga yetdim», dedi.
Shaytonning katta eshiklaridan yana biri ovqatni garchi u pokiza va halol bo‘lsa ham,
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |