Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Download 458,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/182
Sana29.07.2021
Hajmi458,82 Kb.
#132329
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   182
Bog'liq
Imom G'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
to‘yib yeyishdir. Chunki bu shahvatlarni kuchaytiradi. Shahvatlar esa shaytonning 
qurollaridir. 
 
Rivoyat qilinishicha, Iblis Zakariyo alayhissalomning o‘g‘illari Yahyo alayhissalomga 
ko‘rindi. Yahyo alayhissalom uning ustida har bir narsa uchun ilmoqlarni ko‘rdilar. Unga: 
«Ey Iblis, bu qanday ilmoqlar?» dedilar. Shayton aytdi: «Bular shahvatlardir, ular bilan 
odam farzandiga yetishaman». «Bu ilmoqlar ichida men ham ilinadiganim bormi?» 
dedilar Yahyo alayhissalom. «Ha, bor. Gohida to‘yganingizda namozda va Alloh zikrida 
sizga malollik sezdiramiz», dedi Iblis. «Yana bundan boshqa narsa bormi?» dedilar 
Yahyo alayhissalom. «Yo‘q», dedi shayton. Yahyo alayhissalom aytdilar: «Alloh uchun 
hamma vaqt taomni to‘yib yemaslikni lozim tutaman». Shunda shayton ham Yahyo 
alayhissalomga: «Men ham Alloh uchun doimo biron musulmonga nasihat qilmaslikni 
lozim tutaman», dedi. 
 
Aytiladiki, insonning ko‘p yeyishida oltita xatar bor: ularning birinchisi - uning qalbidan 
Allohdan qo‘rqish ketib qoladi. Ikkinchisi -xalqqa rahm-shafqat qilish yo‘qoladi, chunki u 
hammani (o‘ziga o‘xshab) to‘q deb o‘ylaydi. Uchinchisi - toat qilishga malollanib qoladi. 
To‘rtinchisi -agar biror hikmatli so‘zni eshitsa, o‘zida halimlik topmaydi. Beshinchisi - 
agar u nasihat va hikmatni gapirsa, insonlar qalbida o‘rnashmaydi. Oltinchisi - unda har 
xil kasalliklar qo‘zg‘oladi. 
 
Shaytonning eshiklaridan yana biri jihozlar, kiyimlar va hovli-joy bilan ziynatlanishni 
yaxshi ko‘rishdir. Chunki shayton ana shu narsalar inson qalbini egallaganini ko‘rsa, u 
yerda tuxum qo‘yib, bola ochadi. Doim insonni hovlisini obod qilishga, shift va 
devorlarini ziynatlashga, binolarini keng qilishga chaqirib turadi. Yana insonni kiyim va 
ulovlar bilan ziynatlanishga chorlaydi. Umri bo‘yi mana shunday narsalar vositasida 
insonni o‘ziga bo‘ysundiradi. Agar shayton uni shu holatga tushirsa, oldiga ikkinchi bor 
kelishiga hojat qolmaydi. Chunki bunday ishlarning biri ikkinchisiga ulanib, biri 
ikkinchisini yetaklab to o‘lgunicha davom etaveradi. So‘ngra nafsi havosiga ergashib, 
shayton yo‘lida o‘lib ketadi. Bunday narsalarning oqibati kofirlik bilan tugashi xavfi bor. 
Bundan Allohdan panoh so‘raymiz. 
 
Uning katta eshiklaridan yana biri insonlardan ta’ma qilishdir. Chunki qalbda ta’ma 
kuchaysa, shayton doim ta’magir kishini har xil riyolar, firiblar bilan o‘ralashtirib qo‘yadi. 
U ta’ma kutilayotgan kishida yo‘q sifatlarni bor qilib ziynatlab ko‘rsatish bilan ovora qilib 
qo‘yadi. Hatto ta’ma qilinayotgan kishi go‘yo ta’magirning ma’budiga o‘xshab qoladi. 
Doim unga yaxshi ko‘rinish va do‘st bo‘lish hiylalari to‘g‘risida tinmay fikr qiladigan bo‘lib 
qoladi. Ana shunga yetishish uchun har xil ko‘chalarga kirib chiqadi. Ta’magir holatining 
eng ozi ta’ma qilinayotgan kishini unda yo‘q sifatlar bilan maqtash va yaxshilikka 
buyurmasdan, yomonlikdan qaytarmasdan tilyog‘lamalik qilishidir. Safvon ibn Salimning 
rivoyat qilishlaricha, Iblis Abdulloh ibn Xanzalaga ko‘rindi va u kishiga: «Ey Xanzalaning 
o‘g‘li, men senga o‘rgatib qo‘ygan narsani yodingda tut», dedi. U kishi: «U narsaga 
ehtiyojim yo‘q», dedilar. Shayton: «Qara, agar yaxshi bo‘lsa, olasan, yomon bo‘lsa, rad 
qilasan. Ey Xanzalaning o‘g‘li, Allohdan boshqa kishidan rag‘bat bilan biror narsa 
so‘rama. G’azablanganingda qay holda bo‘lishingga qara, chunki men g‘azablanganingda 
senga ega bo‘lib olaman», dedi. 
 
Katta eshiklardan yana biri shoshqaloqlik va ishlarda sobit turmaslikdir. Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallam: «Shoshqaloqlik shaytondandir, xotirjamlik Allohdandir», 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
 
 

Download 458,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish