Bog'liq Imom G'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi
«Ey pok Alloh, bu bashar (farzandi) emas, bu asil farishtaning o‘zi-ku», deb yubordilar» (Yusuf surasi, 31-oyat).
Kim o‘z himmatini badani orom oladigan lazzatlarga sarflasa, hayvonlardek faqat
yeyishning o‘zi bilan kifoyalansa, hayvonlar yo‘lining ham eng pastiga tushib qoladi.
Natijada ho‘kizga o‘xshab aniq tentakka yoki to‘ng‘izga o‘xshab ochko‘zga aylanadi yo
bo‘lmasa, it va mushukka o‘xshab qattol ziyonkorga yoki tuyaga o‘xshab arazchiga yo
yo‘lbarsga o‘xshab mutakabbirga yoxud tulkiga o‘xshab aldoqchiga aylanadi. Yoki
bo‘lmasa, bularning hammasini jamlab, juda qattiq osiy hisoblangan shaytonga aylanadi.
Inson a’zolaridan biri bilan ham yoki hissiyotlardan biri bilan ham Alloh taologa yetish
yo‘lida yordam so‘rashi mumkin bo‘ladi. Mazkur kitobimizning «Shukr bobi»da mana shu
yordam so‘rashning bir jihati bayoni keladi.
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy