Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Download 458,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/182
Sana29.07.2021
Hajmi458,82 Kb.
#132329
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   182
Bog'liq
Imom G'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
yetib bormagan bo‘lsa-da, albatta unga yaqinlashib qolgan. 
 
Ikkinchisi - go‘dakda fikr va tajribalar bilan qo‘lga kiritiladigan ilmlarning hosil 
bo‘lmoqligi. Go‘yo bu ilmlar go‘dakning oldida zaxiraga saqlab qo‘yilganga o‘xshaydi, 
qachon xohlasa, unga qaytishi mumkin bo‘ladi. Endigi uning holati yozishga mohir 
kotibning holatiga o‘xshaydi. Zero, u yozishga qodir bo‘la turib, unga kirishib keta 
olmagan bo‘lsa ham, yozuvchi deb ataladi. Mana shu insoniyat darajasining nihoyasidir. 
Lekin shu daraja ichida ham sanoqsiz darajalar bor, insonlar bularda ma’lumotlarining 
ko‘p-ozligi, yuksak va pastligi, uni qo‘lga kiritish yo‘llari bo‘yicha bir-birlaridan tafovut 
qilishadi. Zero, ba’zi qalblarda ma’lumotlar zohir bo‘lib qolish va kashf bo‘lib qolish 
yo‘liga binoan ilohiy ilhom bilan paydo bo‘ladi. Ba’zilari esa ularni ta’lim olish va kasb 
qilish, ya’ni o‘zi o‘rganishi bilan egallaydi. Goho tez, gohida esa sekinroq hosil bo‘ladi. 
 
Mana shu o‘rinda ulamo, hukamo, payg‘ambar va avliyolarning manzillari farqlanadi. Bu 
maqomda yuksalish darajalari chegaralanmagan. Zero, Alloh subhanahu va taologa 
ma’lum bo‘lgan narsalarning nihoyasi yo‘qdir. Martabalarning eng nihoyasi esa 
payg‘ambarning martabalaridir. Kishiga haqiqatlarning hammasi yoki aksariyati harakat 
va qiyinchiliklarsiz kashf bo‘ladi, ya’ni juda tez vaqtda ilohiy kashf yordamida bo‘ladi. 
Albatta banda mana shu baxt bilan Alloh taologa ma’naviy, haqiqiy va sifat bilan qurbat 
qilishda yaqinlashadi, makon va masofa bilan emas. Bu darajalarga ko‘tarilmoq esa Alloh 
taolo tomon sayr qiluvchilarning manzillaridir va bu manzillarning cheki ham yo‘qdir. 
Albatta har bir solik o‘z yo‘lida yetgan manzilinigina va orqasida qolgan, ya’ni oldin bosib 
o‘tgan manzillarinigina biladi, xolos. Ammo oldidagi, ya’ni hali yetib borilmagan 
manzillarining ilmini haqiqati bilan bilolmaydi. Lekin payg‘ambarlikka va payg‘ambarning 
o‘zlariga iymon keltirib va buning mavjud bo‘lganini tasdiq qilganimizdek, albatta 
g‘aybga iymon keltirgan holda uni tasdiq qiladi. Biroq qorindagi bola tug‘ilgan go‘dak 
holatini bilmaganidek va go‘dak esa zaruriy ilmlar ochilib, foyda-zararni ajratib qolgan 
bolaning holatini bilmaganidek, bu bola esa oqil kishining holatini va nazariy ilmlardan 
egallagan narsalarini bilmaganidek, payg‘ambarlikning haqiqatini payg‘ambardan o‘zga 
hech kim bilmaydi. Xuddi shuningdek, oqil kishi ham Alloh taolo valiylariga va 
payg‘ambarlariga O’zining lutfi va rahmati fazilatlaridan ochib bergan narsalarni 
bilmaydi. 
 
Alloh taolo insonlar uchun rahmatidan qaysi narsalarni ochib qo‘ygan bo‘lsa, hargiz uni 
ushlab qoluvchi yo‘qdir. Bu rahmat esa biror kishi kamsitilmagan holda Alloh subhanahu 
va taolodan saxiylik va keng karam hukmi bilan sarflab qo‘yilgandir. Va lekin u Alloh 
taoloning rahmat ne’matlariga o‘zini ro‘para qiluvchi qalblardagina zohir bo‘ladi, 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek: «Albatta Robbingiz uchun 
zamonangiz kunlarida tajalliyot vaqtlari bo‘ladiki, bas, unga o‘zingizni chog‘lang» (Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari). 
 
Insonning o‘zini chog‘lashi qalbni poklash va yomon xulqlardan hosil bo‘ladigan kir va 
iflosliklardan tozalash bilan bo‘ladi. Buning bayoni ham tezda keladi. Mana shu 
saxiylikka, ya’ni rahmat saxiyligiga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning 
so‘zlarida ham ishora bor, ya’ni «Alloh taolo har kecha dunyo osmoniga tushadi va: 
«Biron bir duo qiluvchi bormi? Men uning duosini qabul qilay», deydi». Yana 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Robbilaridan naql qilib aytadilar: «Batahqiq, 
yaxshilarning Menga yo‘liqishga shavqlari ko‘p bo‘ladi va Men ularga yo‘liqish shavqida 
ulardan qattiqroqman» (asli yo‘q hadis). Alloh taoloning yana mana bu so‘zi ham bor: 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
 
 

Download 458,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish