www.ziyouz.com kutubxonasi
13
Qay bir inson a’zolari va hislarini shunga amal qildirsa, albatta u najot topadi. Kim
undan boshqa narsalarga burilib ketsa, albatta u ziyon ko‘radi va noumid bo‘ladi. Mana
shu yo‘lda butkul saodatga erishmoq Alloh taologa yo‘liqmoqni maqsad qilib olmoqlik,
oxirat diyorini qarorgoh, dunyoni past bir manzil, badanini ulov va a’zolarni o‘ziga
xizmatkor qilib olmoqlikdadir. Agar shunday qilsa, insonning botiniy askarlaridan biri -
idrok etish hissi mamlakatining markazi hisoblangan qalbga podshoh kabi o‘rnashadi
hamda dimog‘ning old qismiga joylashtirilgan xayoliy quvvati esa podshoh xabarchisi
o‘rnida bo‘ladi. Zero, his etilgan xabarlar o‘sha yerda to‘planadi.
Turar joyi dimog‘ning orqa tomoni hisoblangan hifz quvvati esa xazinabon o‘rnida
bo‘ladi. Til esa tarjimon o‘rnida yuritiladi. Uning harakatlanuvchi a’zolari esa kotiblar
o‘rnidadir. Beshta sezgi a’zolari esa josuslar o‘rnida bo‘ladi. Bas, ularning har biriga
mamlakat hududlaridan birining xabarini keltirish topshiriladi: ko‘zga ranglar olami,
quloqqa ovozlar olami va burunga hidlar olami topshirilgan. Boshqalariga ham xuddi shu
kabi vazifalar yuklangan. Chunki bular xabar sohiblaridir. Xabarlarni ular bu olamdan
oladilar va podshoning xabarchisi bo‘lmish xayoliy quvvatga topshiradilar, xabarchi esa
xazinachi hisoblangan hifz quvvatiga topshiradi. Xazinachi esa uni podshohga ko‘rsatadi.
Podshoh mamlakatining tadbirida hamda asosiy maqsadga aylangan safarini oxiriga
yetkazishda kerak bo‘ladigan va o‘zi balolanib qolgan dushmanni yanchib tashlashda
muhtojlik sezadigan narsalarni va yo‘lto‘sarlarni daf qilishda zarur bo‘ladigan narsalarni
xabarlardan terib oladi. Agar mana shularni qilsagina, saodatli maqomda va Allohning
ne’matlariga shukr qiluvchilardan bo‘ladi. Agar bularda sustkashlik qilsa yoki ularning
dushmanlari, ya’ni shahvat, g‘azab va boshqa naqdini nasibalar rioyasini qilishga yoxud
o‘zining manzili bo‘lmagan, balki yo‘lida uchragan imoratga ishlatsa, katta xatoga yo‘l
qo‘yadi. Vaholanki, uning asl vatani va asl qarorgohi oxirat bo‘la turib shunday qilsa,
yordamsiz qo‘yilgan bir badbaxt va Alloh taoloning ne’matlariga nonko‘r, Alloh taoloning
askarlarini, ya’ni botiniy va zohiriy askarlarni zoe qiluvchi, Allohning dushmanlariga
ko‘mak beruvchi va Allohning jamoatini yordamsiz qo‘yuvchi bo‘ladi. Natijada qaytib
boriladigan joyda, ya’ni oxiratda o‘ch olinishga va rahmatdan uzoq bo‘lishga duchor
bo‘ladi. Ana shunday holatdan Allohdan panoh so‘raymiz.
Zarbulmasal qilingan ikkinchi misolimizga Ka’b ul-Axbor mana bu so‘zlari bilan ishora
qilganlar: «Oisha roziyallohu anhoning oldilariga kirdim va: «Insonning ko‘zi yo‘l
ko‘rsatuvchi, quloqlari idish, tili tarjimon, ikki qo‘li qanot va ikki oyog‘i elchidir.
Insonning qalbi esa podshohdir, agar podshoh yaxshi bo‘lsa, askarlari ham yaxshi
bo‘ladi» (Abu Naim, Tabaroniy va Bayhaqiy rivoyatlari), dedim. Oisha roziyallohu anho
aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mana shunday eshitganman. Ali
roziyallohu anhu qalblarni o‘xshatish to‘g‘risida «Albatta Alloh taolo uchun yer yuzida
shunday idishlar borki, u idishlar qalblardir. Qalblarning Allohga suyuklisi ularning
qattiqrog‘i, sofrog‘i va yumshoqrog‘idir», deb aytdilar. Keyin: «Dinda qattiqrog‘i,
iymonda sofrog‘i va birodarlarga yumshoqrog‘idir», deb bu so‘zlarini sharhladilar». Bu
Alloh taoloning mana bu so‘zlariga ishoradir:
Do'stlaringiz bilan baham: |