«Haqiqiy mo‘minlar Alloh va Uning payg‘ambariga iymon keltirib, so‘ngra
(hech qanday) shak-shubha qilmagan va molu jonlari bilan Alloh yo‘lida
kurashgan zotlardir. Ana o‘shalargina (o‘z iymonlarida) sodiq bo‘lgan
zotlardir» (Hujurot surasi, 15-oyat).
Alloh va Uning rasuliga shubha qilmasdan iymon keltirish quvvatli ishonch, bu esa
aqlning samarasi hamda haqiqiy hikmatdir. Mol bilan kurashish shahvat quvvatini ushlab
turishga olib keladigan saxiylikdir, jon bilan kurashish esa g‘azab quvvatini aqlning
shartiga ko‘ra va mo‘‘tadillik chegarasida ishlatishga olib keladigan shijoatdir. Alloh taolo
sahobalarni sifatlab aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |