www.ziyouz.com kutubxonasi
83
bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqinlashgani miqdorida Alloh taologa
ham yaqindir. Bu xulqlarni mukammal jamlagan har bir kishi xalqning o‘rtasida itoat
qilinadigan podshoh bo‘lishga haqlidir. Xalqning hammasi unga murojaat qiladi. Barcha
ishlarida unga ergashadi. Endi qay bir inson bu xulqlarning hammasidan ajrab, uning
ziddi bilan sifatlanadigan bo‘lsa, shaharlardan ham, bandalarning ichlaridan ham chiqib
ketishga loyiq bo‘ladi. Chunki u uzoqlashtirilgan, la’natlangan shaytonga yaqinlashadi.
Yaxshi xulqli inson muqarrab farishtaga yaqin bo‘lib, unga ergashilmog‘i va
yaqinlashilmog‘i lozim bo‘lganidek, endi uning uzoq qilinishi lozim bo‘ladi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, o‘zlari yaxshi xulqlarni mukammal qilish uchun
yuborilgandirlar. Alloh taolo mo‘minlarning sifatlarini sifatlashda buxulqlarga ishora
qilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |