Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


Husni xulq va yomon xulqning haqiqatlari bayoni



Download 458,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet123/182
Sana29.07.2021
Hajmi458,82 Kb.
#132329
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   182
Bog'liq
Imom G'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

Husni xulq va yomon xulqning haqiqatlari bayoni 
 
Bilingki, insonlar husni xulqning haqiqati va uning nimaligi to‘g‘risida ko‘p gapirishadi. 
Uning haqiqati haqida ular mufassal gapirishmagan, balki samarasiga aloqador gaplarni 
aytishgan. Shunda ham samaraning hammasini mukammal aytishmagan, balki ulardan 
har biri samaradan esiga kelganini va fahmi yetganini zikr qilgan. Uning haddi va bor 
samarasini qamrab oluvchi haqiqatini batafsil va mukammal zikr qilishga fikrlarini 
burishmadi. Bu Hasan Basriyning quyidagi gaplariga o‘xshaydi: «Husni xulq ochiq yuzli 
bo‘lish, molni sarflash va aziyat berishdan o‘zni tiyishdir». 
 
Vositiy aytadilar: «U (ya’ni, husni xulq) Alloh taoloni yaxshi tanigani tufayli biror kishiga 
xusumat qilmaslik va unga ham biror kishining xusumat qilmasligidir». Shoh Kirmoniy 
aytadilar: «U aziyatdan tiyilish va mashaqqatni ko‘tarishdir». Ba’zilar aytadilar: «U 
insonlarga yaqin va ular o‘rtasida g‘arib bo‘lishdir». Yana Vositiy aytadilar: «U xalqni 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
80
osonlik vaqtida ham, qiyinchilik paytida ham rozi qilishdir». Abu Usmon aytadilar: «U 
Alloh taolodan rozi bo‘lishdir». 
 
Sahl Tustariydan husni xulq haqida so‘rashganida, u kishi: «Uning eng ozi aziyatlarni 
ko‘tarish va tovon (pul)ini tark qilish, zolimga rahm qilish, uning uchun istig‘for aytish va 
unga shafqat qilish», dedilar. Va yana aytdilar: «U - rizq to‘g‘risida Haqdan 
shubhalanmaslik, Unga ishonish, Alloh taolo kafil narsalariga vafo qilishiga ko‘ngilni 
xotirjam qilish, Allohga itoat qilish va o‘zi bilan Alloh o‘rtasidagi narsalarda hamda o‘zi 
bilan insonlar o‘rtasidagi narsalarda Allohga osiy bo‘lmaslikdir». 
 
Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Husni xulq uchta xislatda bo‘ladi: haromlardan 
saqlanishda, halolni talab qilishda va oilani farovon qilib qo‘yishda». Xusayn ibn Mansur 
aytadilar: «U - Haqni ko‘rganingdan keyin o‘z foydang uchun xalqqa jabr qilinishini 
ixtiyor etmasligingdir». Abu Sayid Xarroz aytadilar: «U senda Alloh taolodan o‘zga 
tashvish bo‘lmasligidir». 
 
Husni xulqning misollari ko‘p. Bu misollar uning haqiqatini bildirmaydi, balki 
samaralarinigina anglatadi. Lekin bu gaplar ham samaralarning hammasini qamrab 
olgan emas. Haqiqat pardasini ochish har xil so‘zlarni naql qilishdan ko‘ra yaxshiroqdir. 
 
Xulq va xalq (yaratilish) birga ishlatiladigan ikki iboradir, deb aytamiz. Falon kishining 
xulqi ham, xalqi (ya’ni, yaratilishi) ham chiroylidir, deyiladi. Ya’ni, ichi ham, tashi ham 
chiroyli. Xalqidan tashqi surati, xulqidan esa ichki surati iroda qilinadi. Chunki inson ko‘z 
bilan ko‘radigan jismdan va qalb ko‘zi bilan idrok eta oladigan ruh va nafsdan tarkib 
topgan. Bularning har ikkisi uchun chiroyli yoki xunuk surat bo‘ladi. Qalb ko‘zi bilan idrok 
etadigan nafsning qadri ko‘z bilan idrok etadigan jismdan ko‘ra ulug‘roqdir. Shuning 
uchun Alloh taolo uning ishini Qur’onda O’ziga izofa qilib keltirish bilan ulug‘lab qo‘ydi. 
Alloh taolo aytadi: 
 

Download 458,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish