O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti


pansion doimo turistik xizmatlar ko‘rsatish tarkibida belgilangan bo‘ladi. Yarim



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/327
Sana28.07.2021
Hajmi5,79 Mb.
#130911
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   327
Bog'liq
turizm nazariya va amaliyot

pansion doimo turistik xizmatlar ko‘rsatish tarkibida belgilangan bo‘ladi. Yarim 
pansionda  (ikki  marta  ovqatlanish)  ertalabki  nonushta  va  tushlik  yoki  kechki 
ovqat  nazarda  tutilgan  bo‘ladi.  Pansion  –  bu  uch  martalik  ovqatlanishdir. 
Qimmatbaho  xizmat  ko‘rsatish  variantlarida  butun  kun  davomida  va  hattoki 
tunda  istalgan  vaqtda  va  istalgan  miqdorda  ovqatlanish  hamda  ichimliklar 
(spirtli  ichimliklarni  ham  qo‘shib  hisoblaganda)  ichish  imkoniyati  nazarda 
tutilishi mumkin
 Nonushta  masalasida  eng  Yaxshisi  shundaki,  turist  mehmonxonadan 
tashqariga  chiqmasligi  kerak,  garchi  ovqatlanish  joylari  nazarda  tutilmagan, 
turistlarga  esa  yaqinroqda  joylashgan  restoranda  ovqatlanish  mumkinligi  tavsiya 
qilingan  joylashtirish  vositalari  ham  mavjud  bo‗lsada.  Bunday  hollarda 
joylashtirish xizmatining narxi keskin pasayib ketadi. 
Ovqatlantirishni tashkil etish turistning sog‗ligini  ham hisobga olgan bo‗lishi 
kerak. Noto‗g‗ri ovqatlanish, yomon  tayyorlangan ovqat zaharlanishga olib kelishi 
mumkin.  Masalan,  40%  gacha  turistlar  Misr  va  Hindistonga  borganlarida 
diareyadan aziyat chekadilar. Ayniqsa, ko‗chadagi mayda sotuvchilar qo‗lidagi suv 


122 
 
va  ovqat  shuningdek,  restoranlardagi  sifatsiz  taomlar  xavflidir.  Ayrim  toifadagi 
turistlar  ruhida  diniy  belgilar  bo‗yicha  umumiy  qabul  qilgan  cheklanishlar 
(cho‗chqa  go‗shtini  iste‘mol  qilmaslik,  ro‗za  tutish),  vegetarianlarni  o‗ziga  xos 
talablari, bolalar ovqati talablarini ham hisobga olish kerak. Ovqatlanishga bo‗lgan 
bunday talablarning o‗ziga xosligini turistlar tur sotib olayotganlarida ko‗rsatishlari 
kerak.  
Restoran  xo‗jaliklarida  chet  ellik  turistlarini  qabul  qilish  muhim  ahamiyatga 
egadir.  Chunki  chet  ellik  turistlarga  odatda  ovqat  yeyishni  tashkil  qilish  alohida 
zallarda  yoki  umumiy  zalning  chegaralangan  qismida  amalga  oshirilib  ularga 
xizmat  ko‗rsatish  juda  ham  e‘tibor  va  did  bilan  tayyorlangan  joylarda  bo‗lishi 
kerak. Turistlarni restoran hududida ovqatlanish jarayoni restoran binosidagi savdo 
zallari va qo‗shimcha yordamchi xonalarni tartibga keltirish, stol va stullarni qabul 
qilingan  tartibda  qo‗yish,  idish-tovoq  olish,  stollarga  dasturxonni  yoyish,  tushlik 
stollarini va ofitsiantlarni ishga tayyorlash jarayonlari kiradi. Restoran ishni tashkil 
qilish  uning  binosini  ichki  va  tashqi  ko‗rinishini  go‗zal  bo‗lishi  va  restoran 
ochilishiga qadar tayyor bo‗lishi kerak.  
Shuningdek,  turistlarni  turli  xildagi  servislardan  foydalanishi  uchun 
imkoniyatni yaratib qo‗yish kerak. Turistlarni qabul qilish va ularga sifatli xizmat 
ko‗rsatish maqsadida xodimlar restoran korxonasidagi mebellarni joylanishiga ham 
e‘tibor  qaratish  kerak,  stollarni  to‗g‗ri  chiziq  yoki  shaxmat  tartibida  o‗rnatish, 
o‗rtalaridan  bemalol  yura  oladigan  bo‗lishi,  shuningdek,  boshqa  jihozlarni  ham 
turistlarni hohish irodasi, qaysi yurtdan kelayotganini va hokazolarni hisobga olgan 
holda ta‘min etish kerak. 
Xalqaro  turistlarni  ovqatlantirish  turizm  faoliyatida  turistlar  uchun  xizmat 
ko‗rsatishning  muhim  qismini  tashkil  etadi.  Shuning  uchun  ham  turistlar  uchun 
xizmat  ko‗rsatish  turi  ikki  qismdan  iborat:  birinchisi  -  oshxona  va  boshqa    oziq-
ovqatlarni 
sifati 
va 
assortimenti, 
ikkinchisi-oziq-ovqat 
va 
xizmatlarni 
iste‘molchilarga sotishda sifat jarayonini takomillashtirishdir. Sifat va assortiment 
umumiy  ovqatlantirish  korxonalarining  turiga  va  uni  turli  kategoriyalariga 
qaramasdan barcha uchun bir xil ahamiyatga egadir.                                                                                


123 
 
Oziq-ovqat  va  xizmatlarni  turistlarga  sotish  va  iste‘molchilarni  talablarini 
qondirish  shartlaridan  biri  bu  o‗z  vaqtida  mahsulotlarni  sotish  va  barcha  talab 
qilingan 
xizmatlarni 
qondirishdan 
iboratdir. 
Masalan: 
korxonada 
yoki 
mehmonxonalarda  tez  xizmat  ko‗rsatish  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo‗lib, 
bularga  buyurtma  qilingan  taomning  stolga  berilishi  tezligi  va  mijozning  o‗zini-
o‗ziga xizmat qilishi kiradi.   
Restoranlarda  esa  xizmat  qilish  sifati  mehnat  turlari  ya‘ni  xodimlarni  qaysi 
xizmat  bilan  shug‗ullanishga  bog‗liq  bo‗ladi.  Bularga  ma‘muriy  xizmat, 
ofitsiantlar,  garderobdagilar  va  boshqalar  shu  xizmat  ko‗rsatuvchilar  qatoriga 
kiradi.  Ovqatlanish  sohasida  taom  va  ichimliklarni  o‗rnatilgan  sertifikatsiya  va 
standartlar  asosida  va  belgilangan  narxlarda  iste‘molchilarga  yetkazish  asosiy 
talablardan biridir. 
Ovqatlantirish xizmatidagi asosiy sohalar
21
 
Ovqat va ichimlik sotuvi hajmi. 2009 
 
Sotuvlar (mlrd dollarda) 
Umumiy foizi 
Ovqatlanish joylari 
377,9 
66,8 
Barlar va tavernalar 
17,1 
3,0 
Turar 
joylardagi 
ovqatlantirish xizmatlari 
27,9 
4,9 
Bajariladigan xizmatlar 
40,1 
7,1 
Boshqa tijoratlar 
52,9 
9,3 
Ovqatlantirish  xizmatiga 
egalik 
qiluvchi 
tashkilotlar 
47,8 
8,4 
Harbiy 
2,1 
0,4 
Umumiy 
565,9 
100 % 
Pul  mablag`lari  va  foiz  ko`rsatkichlari  Milliy  restoranlar  uyushmasi 
tomonidan 2009-yil anqilangan hisoblarga asoslangan. 
                                                 
21
 Manba: Shiksha Kendra, Preet Vihar. Tourism concepts and practices. Students Handbook class-XI. First edition, 
2013 CBSE, India.  


124 
 
Jadvalda  segment  orqali  aniqlab  o`tilgan  bozorning  nisbiy  ulushlari  yildan- 
yilga  anchagina barqarorlashishga moyil.Barqaror bo`lib ko`rinishiga qaramasdan 
muhim  rivojlanish  jarayonlar  joylari har  bir  guruh  ichida  yuzaga  kelayapti.Aslida 
esa  ushbu  sanoat  chigal  o`zgarishlar  markazida  hisoblanadi.Garchi  2008  va  2009 
yillar  orasida  ovqatlanish  xizmati  sotuvlari  hajmi  umumiy  hisobda  2,5  %  ga 
oshgan bo`lsada,ba‘zi bir sohalarda haqiqatan ham pasayish ro`y bergan.Ishchilar 
ovqatlanish xizmati segmenti sohasida sezilarli darajada pasayish kuzatilgan va bu 
xizmat  ko`rsatuvchi  kompaniyalarning  ovqatlanish  xizmatini  kirish  biznesining 
natijasidir.Shuning  bilan  birgalikda  ovqatlanish  xizmatini  o`zlari  boshqarishga 
soslangan  o`rta  ta‘lim  maktablari,kollejlar  va  universitetlarda  ham  pasayish 
kuzatilgan. 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish