O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti


Turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlarining usullari



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/327
Sana28.07.2021
Hajmi5,79 Mb.
#130911
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   327
Bog'liq
turizm nazariya va amaliyot

9.2.Turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlarining usullari 
Ovqatlanish  sohasida  bu  faoliyatining  xizmat  ko‗rsatish  sifati  va 
ko‗rsatkichlari quyidagilardan iboratdir: 

  beriladigan  taom,  dessertning  issiq  sovuqligi  va  taom  sifatini  yuqori 
darajada tashkil etish; 

  restoranda  beriladigan  taomlar  assortimentining  turli-tumanligi,  ichimlik 
va boshqa mahsulotlar  turi bo‗yicha mijozlarga mos kelishi; 

 
ovqatlanish  jarayonida  xizmat  ko‗rsatilayotgan  shaxsga  nisbatan  
xushmuomalada  bo‗lish,  menyu-kartochkalaridan  haridorning  o‗zi  foydalanishi, 
haridorlar  talab-ehtiyojlariga  xushyor  bo‗lib  turish  lozim.  Buyurtmachining 
buyrug‗ini  bajarilish  tezligi  va  ovqatlanib  bo‗lgandan  so‗ng  taom  haqqini  to‗lash 
usulini qo‗llash; 

 
taom  iste‘mol  qilinadigan  vaqtda  mijozlarga  xizmat  ko‗rsatish, 
ofitsiantlarni vino va ichimliklarni ryumka va fujerlarga quyish, ular stoliga xizmat 
ko‗rsatish jarayonida ofitsiantlar barcha qoidalarga rioya qilishi shart; 

 
zaldagi  tozalik  va  shinamlikni  ta‘minlash,  madaniy  inson  didiga  javob 
berishi,  xizmat  ko‗rsatiladigan  shaxslarga  zallarda  boshqa  sharoitlar  yaratishi 
zarur;  shaxsiy  gigiyena,  tashqi  ko‗rinish    restoran  kategoriyalariga  javob  berishi 
kerak. 


125 
 
Ovqatlanish  sohasida  taom  va  ichimliklarni  o‗rnatilgan  sertifikatsiya  va 
standartlar  asosida  va  belgilangan  narxlarda  iste‘molchilarga  yetkazish  asosiy 
talablardan  biridir.  Ovqatlanish  sanoatining  bu  qismi  hamkorlar(shartnomachilar) 
va  yetkazib beruvchilardan  tashkil topgan  bo`lib,ular ovqatlanish  xizmatini ishlab 
chiqarish  kor
22
xonalari,ofis  binolari,  sog`liqni  saqlash  joylari,  sport  arenalari 
hamda  maktab  va  kollejlarda  amalga  oshiradilar.Shu  bilan  birgalikda  bu 
tashkilotlar bu sohaga o`zlari egalik qiladi va boshqaradi. 
Bajarilgan  xizmatlar  (kontrakt  tarafi)  umumiy  ovqatlanish  sohasi(sanoati) 
sotuvlarning  7,1  %  miqdorini  tashkil  qilgan  holda  o`zlarining  sotuvdagi  8,4%  
ulushi  bilan  ta‘minlaydi.Qo`shimcha    1,9%  sotuv  mashinalarni  sotish  orqali 
amalga  oshiriladi.  Tashqarida  ovqatlanishning  15  %  dan  ko`prog`ini 
tegishli(maxsus) joylarda ovqatlanish egallaydi. Bu ma‘lumotlar 3,1 jadvalda berib 
o`tilgan. 
Ovqatlantirish xizmatidagi asosiy sohalar 
Ovqat va ichimlik sotuvi hajmi  
2009 
 
Sotuvlar (mlrd dollarda) 
Umumiy foizi 
Ovqatlanish joylari 
377,9 
66,8 
Barlar va tavernalar 
17,1 
3,0 
Turar  joylardagi  ovqatlantirish 
xizmatlari 
27,9 
4,9 
Bajariladigan xizmatlar 
40,1 
7,1 
Boshqa tijoratlar 
52,9 
9,3 
Ovqatlantirish  xizmatiga  egalik 
qiluvchi tashkilotlar 
47,8 
8,4 
Harbiy 
2,1 
0,4 
Umumiy 
565,9 
100 % 
                                                 
22
 Manba: Introduction to Management Hospitality. Clayron W.Barrows and anothets. USA, 2012. 


126 
 
Pul  mablag`lari  va  foiz  ko`rsatkichlari  Milliy  restoranlar  uyushmasi 
tomonidan 2009-yil anqilangan hisoblarga asoslangan. 
Manba:Milliy restoranlar uyushmasi 2009 y. 
3,1  jadvalda  segment  orqali  aniqlab  o`tilgan  bozorning  nisbiy  ulushlari 
yildan-  yilga    anchagina  barqarorlashishga  moyil.Barqaror  bo`lib  ko`rinishiga 
qaramasdan  muhim  rivojlanish  jarayonlar  joylari  har  bir  guruh  ichida  yuzaga 
kelayapti.Aslida 
esa 
ushbu 
sanoat 
chigal 
o`zgarishlar 
markazida 
hisoblanadi.Garchi 2008 va 2009 yillar orasida ovqatlanish xizmati sotuvlari hajmi 
umumiy  hisobda  2,5  %  ga  oshgan  bo`lsada,ba‘zi  bir  sohalarda  haqiqatan  ham 
pasayish  ro`y  bergan.Ishchilar  ovqatlanish  xizmati  segmenti  sohasida  sezilarli 
darajada  pasayish  kuzatilgan  va  bu  xizmat  ko`rsatuvchi  kompaniyalarning 
ovqatlanish  xizmatini  kirish  biznesining  natijasidir.Shuning  bilan  birgalikda 
ovqatlanish 
xizmatini 
o`zlari 
boshqarishga 
soslangan 
o`rta 
ta‘lim 
maktablari,kollejlar va universitetlarda ham pasayish kuzatilgan. 
Hozirgi  iqtisodiy  modernizatsiyalash  jarayonlari    amalga  oshirilayotgan  bir 
paytda  iqtisodiyotning  asosiy  qismini  xizmat  ko‗rsatish  sohasi  korxonalari 
egallamoqda.  Ularning  ulushi  yalpi  ichki  mahsulotda,  iqtisodiyotda  band 
bo‗lganlarning  tarkibida,  davlat  byudjetiga  to‗lanadigan  soliqlarda,    yangi  ish 
o‗rinlarini  yaratish  kabi  eng  muhim  masalalarda  muttasil  oshib  bormoqda  va 
kelajakda  ham  bu  jarayonning  davom  etishi  huquqiy-me‘yoriy  hujjatlar  bilan 
mustahkamlanmoqda. 
Prezidentimiz 
tomonidan 
2006-yilda 
e‘lon  qilingan,  «O‗zbekiston 
Respublikasida  2006–2010-yillarda  xizmat  ko‗rsatish  va  servis  sohasini 
rivojlantirishni  jadallashtirish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida»gi  qarorida  belgilangan 
vazifalarni  amalga  oshirish  xizmat  ko‗rsatish  sohasi,  jumladan,  umumiy 
ovqatlanish  sohasini,  uning  faoliyati,  turizm  sohasidagi  o‗rni  va  ahamiyati 
bo‗yicha  tadqiqotlar  olib  borish,  soha  taraqqiyotining  konseptual  yo‗nalishlarini 
ishlab chiqishni taqozo etadi. Shuningdek, xizmat ko‗rsatish sohasi rivoji xalqimiz 
farovonligining  oshishiga  bevosita  ta‘sir  qiladi.  Umumiy  ovqatlanish  korxonalari 


127 
 
turli xususiyatlariga ko‗ra tavsiflanadi va tasniflanadi. Umumiy ovqatlanish sohasi 
sub‘ektlarini quyidagi 10 ta belgiga ko‗ra tasniflanishi 8.1- jadvalda ko‗rsatilgan. 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish