Hind tasniflash tizimi Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehmonxonalarni tasniflashning hind tizimi
ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim ham mehmonxonalarni besh toifaga: «bir
yulduzli», «ikki yulduzli», «uch yulduzli», «to‗rt yulduzli», «besh yulduzli»
toifalarga ajratishni nazarda tutadi. Bu toifalarni maxsus komissiya ballar bo‗yicha
baholash asosida belgilaydi. Misol. «1 yulduz» toifasi: bu toifaga mansub
mehmonxona Yaxshi hududda, mehmonxona uchun yaroqli binoda joylashgan
bo‗lishi kerak (maksimal baho 15 ball); mijozlar bilan aloqa qiluvchi xodimlar
ingliz tilini ish uchun zarur hajmda bilishi kerak (maksimal baho 5 ball) va h.k. «2
119
yulduz» toifasini olish uchun 150 ball, «3 yulduz» uchun – 210 ball, «4 yulduz»
uchun – 250 ball, «5 yulduz» uchun – 290 ball to‗plash kerak.