Fransiya milliy tasniflash tizimi
Jahonda mehmonxonalarni Fransiya milliy tasniflash tizimida darajalash keng
tarqalgan. Bu tizim turistik mehmonxonalarni 6 toifaga ajratadi. Shulardan besh
toifa mehmonxonalarga ma‘lum miqdorda yulduzlar berishni nazarda tutadi (1
yulduzli, 2 yulduzli, 3 yulduzli, 4 yulduzli yoki 5 yulduzli mehmonxonalar). Bir
toifa – yulduzsiz. Bunday tizim mehmonxona xizmatlari bozorini ancha to‗liq
qamrab olish imkonini beradi. Minimal talab-mezonlarga javob bermaydigan
mehmonxona toifa olishga da‘vogar bo‗la olmaydi. Bunday talab-mezonlar
quyidagi guruhlarga birlashtirilgan:
A – xonalar miqdori;
B – umumiy binolar va xonalar;
C – mehmonxonaning jihozlanishi;
D – yashash joyining shinamligi;
E – xizmat ko‗rsatish;
F – nogironlar hamda harakatlanishi cheklangan shaxslarga yaratilgan
qulayliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |