61
zararlanishiga, yoshlik davrida tiklab bo’lmaydigan kasallikka duchor bo'lishiga
olib keladi. Balog’atga yetmaganda JAOYUK bilan kasallanish
- bu kelajakda
nogironlikka moyillikdir.
Jinsiy aloka orqali yuquvchi kasalliklar tarqalishiga asosiy sabablar:
- talabga asosan davlat tomonidan moliyalashtirishni 40-50% kamayishi;
- foxishalar, bomjlar va narkomanlar uchun sanitar-epidemiologik va tibbiy
nazoratning yo'qligi;
- bolalar va o’smirlarning tartib intizomidagi o'zgarishlar;
- jinsiy aloqa kasalliklarini davolash lisenziyasi bo'lmagan xususiy
muassasalarning ko'payib borishi.
Chunonchi, kasalliklardan eng xavflisi bo'lgan SPID ni
tarqalishiga hozirgi
kunlarda yuqumli kasalliklarni tarqalish kanallarining ortib borishi imkon
yaratmoqda. Jinsiy aloqa orqali yuqadigan kasalliklarning harakterli xususiyati
shundan iboratki, bunday kasallikka moyil bo'lganlarning 65%i "shaxsiy
muassasalarda ishlovchilar"dir. Bunday yuqori ko'rsatkich jinsiy aloqa orqali
yuquvchi kasalliklarni epidemiologiyasini ahamiyati katta ekanligidan dalolat
beradi. Ular aktiv migrantlar hisoblanib, 21 yoshdan 50 yoshgacha bo'lganlar
orasida yuqori darajada kasallanishni tashkil etadi va diagnostika hamda davolash
tadbirlarini olib borishda qiyinchiliklar tug’diradi.
Bundan ham yomoni 14 yoshgacha bo'lgan bolalarda jinsiy aloqa orqali
yuquvchi kasalliklarni ko’p uchrashidir, bu esa bolalar va o’smirlarning intizomini
buzilib ketishi, 70% bolalar o’z qiziquvchanligi, 30% majburlanishi
bilan erta
jinsiy aloqa boshlashi sabab bo’lmoqda.
Shunday qilib, ko’pgina mualliflar aytishicha, Sog'liqni saqlash tizimidagi
organlar va amaliyot shifokorlarning asosiy vazifasi jinsiy aloqa orqali yuquvchi
kasalliklarga moyillikni kamaytirish va kasallikdan tuzatish jarayonini
jadallashtirish lozim. Buning uchun:
A. Yuqumli kasalliklardan xabardor bo'lganlar sonini oshirish
- jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklar belgilari
va simptomlari haqida
aholi orasida targ’ibot ishlarini olib borish;
- kasallikka moyili bo'lganlarni aniqlash va skrining qilish;
- kasallar bilan muloqotda bo'lganlarni
nazorat qilish;
B. Bunday kasallik paydo bo'lganda tibbiy yordamga murojaat qiluvchilarni
sonini ko'paytirish:
- tibbiy yordam ko'rsatilish darajasini oshirish;
- tibbiy xizmatlarning narxlarini kamaytirish;
V. Diagnostika usullarini takomillashtirish:
- ixtisosligi va ta'sirchanligini oshirish hisobiga diagnostika usullarini
takomillashtirish;
- diagnostik usullarini standartlashtirish;
- samarali daiagostika usullaridan
foydalanish imkonini oshirish;
G. Davolashni va nazorat qilishni samarasini oshirish:
- samarali va narxi arzon bo'lgan preparatlarni qo'llash;
- nazorat olib borish usullarini takomillashtirish.
62
Aholi orasida jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklarni kamaytirishni yaxshi
yo'lga quyish maqsadida mavjud bo'lgan resurslarni baxolash va ularni samarali
ishlatishni aniq bilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: