12-MA’RUZA. FARMATSEVTIKA AMALIYOTIDA DORI VOSITALARINI
YAXSHI SAQLASH GSP QONUN-QOIDALARI
Ma’ruza rejasi:
1.Yaxshi saqlash amaliyoti maqsad vavazifalari
2. GSP da xodimlar, xonalar va asbob uskunalarga qo’yilgan talablar
3. Mahsulotni saqlashga talablar
4. Transportda yuklash va tashish
Tayanch so’z va iboralar: realizatsiya, standart, tibbiy vosita, tibbiy buyum, saqlash
zonalari, saqlash sharoiti
Г\
- Mazkur Davlat standarti (bundan buyon matnda standart deb yuritiladi) dori
vositalarini saqlash bo’yicha talablarni belgilaydi.
- Mazkur standart dori vositalarini yaxshi saqlanishini ta’minlash uchun ularni
tayyorlash, ishlab chiqarish, tashish, ulgurji va chakana realizatsiya qilishda
qo’llaniladi.
- Mazkur standart amaldagi Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti va Yaxshi
distribyutorlik amaliyoti standartlari bilan birga qo’llaniladi.
- Mazkur standart O’zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarini
tayyorlash, ishlab chiqarish, olib kirish va olib chiqish, ulgurji va chakana realizatsiya
qilish bilan shug’ullanuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga (keyinchalik tashkilotlar)
ularning mulkchilik shakli va bo’ysinuvidan qat’iy nazar taalluqlidir.
- Atama va ta’riflar
- Mazkur standart quyidagi atamalar va ularga muvofiq ta’riflari qo’llanilgan:
- dori vositalari: Kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo’yish va ularni
davolash, shuningdek odam organizmining xolati va funksiyalarini o’zgartirish uchun
tibbiyot amaliyotida qo’llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va
yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori
preparatlari:
- yordamchi modda: Ishlab chiqarish jarayonida dori vositalariga zarur bo’lgan
fizik-kimyoviy xususiyatlarni berish uchun foydalaniladigan noorganik yoki organik
tabiatli moddalar, farmatsevtik substansiyalar va o’rab-joylash materiallardan tashqari:
- yaroqlik muddatining tugashi sanasi: Individual o‘ram (odatda yorliq)da
ko’rsatilgan. ungacha dori vositasi to‘g‘ri saqlangan holda tasdiqlangan me’yoriy
hujjatlarga mos kelishi kerak bo’lgan sana. Dori vositasining har bir seriyasi uchun
mazkur sana saqlash muddati va ishlab chiqarilgan sanasini qo’shish yo’li bilan
aniqlanadi.
- kontaminatsiya (ifloslanish): Boshlang’ich yoki oralik material yoki tayyor
mahsulotga uni ishlab chiqarish, namuna olish, qadoklash yoki qayta qadoqlash,
saqlash yoki tashish jarayonida kimyoviy va mikrobga mansub aralashmalarni
nomaqbul kiritish.
- yorliqlash: Zarur barcha ma’lumotga ega bo’lgan to‘g‘ri yorliq tanlab olish,
tekshirish va yopishtirish bilan bog’liq jarayon.
- material: birlamchi materiallar (dori moddalari va yordamchi moddalar)
reagentlar, erituvchilar. oralik mahsulotlar, o‘rov materiallari va yorliqlarni belgilash
uchun qo’llaniladigan umumiy atama.
- normativ talablar: Tayyorlash, ishlab chiqarish, ulgurji, chakana realizatsiya
qilish va tashishda dori vositalarini saqlashni tartibga soluvchi normativ-xuquqiy
hujjatlar va texnik jixatdan tartibga solish soxasidagi normativ hujjatlar.
- kesishgan kontaminatsiya: Birlamchi material, oralik mahsulot yoki tayyor
mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida boshqa birlamchi material yoki mahsulot bilan
ifloslanishi.
- o‘rov materiali: Dori vositasini joylash, o’rash uchun qo’llaniladigan, tashish
va yuklash uchun mo’ljallangan tashqi o‘ramdan tashqari jumladan bosma material.
O‘rov materiali mahsulot bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilishi yoki qilmasligiga qarab
birlamchi yoki ikkilamchi bo’lishi mumkin.
- saqlash: Dori vositalari va materiallarni qo‘llab bo‘lgunga qadar saqlash
davri.
Do'stlaringiz bilan baham: |