Jismoniy karantin o’rniga qo’llaniladagan har qanday tizim aynan bir xil himoyani
ta’minlashi lozim. Masalan, kirish xuquqini cheklanishiga ishonch xosil qilish uchun
validatsiyalangan holdagina kompyuterlashtirilgan tizimlar qo’llanilishi mumkin.
-Nazorat qilinadigan zonadagi birlamchi mahsulotlardan namunalar olish uchun
tegishli nazorat qilinadigan sharoitlarga ega bo’lgan aloxida zona ajratilgan bo’lishi
lozim.
Agar
namunalar
olish
saqlash
zonasida
amalga
oshirilsa,
uni
kontaminatsiyalanishini yoki kesishgan kontaminatsiyani oldini olgan holda amalga
oshirish lozim. Namunalar olish zonalarini tozalash bo’yicha tegishli usullar
(protseduralar) ishlab chiqilishi lozim.
-Brak qilingan, yaroqlik muddati o‘tgan, chaqirib olingan, qaytarilgan mahsulotlar va
materiallarni saqlash uchun jismoniy yoki boshka ekvivalent validatsiyalangan
(masalan, elektron) usul bilan izolyasiya qilingan aloxida xudud ajratilishi lozim.
Bunday materiallar va mahsulotlar, shuningdek ularni saqlash joylari aniq belgilanishi
lozim.
-Yuqori faollikka ega va radioaktiv materiallar, zararli, yuqori sezgirlikka ega va/yoki
xavfli materiallar va dori vositalari, shuningdek yong’in va portlash xavfi bo’lgan
moddalar (masalan, oson yonuvchi suyukliqlar va qattiq moddalar, bosim ostidagi
gazlar) tegishli qo’shimcha xavfsizlik va qo‘riqlash vositalari bilan jixozlangan
maxsus ajratilgan joylarda saqlanishi lozim.
-Material va dori vositalarini taqsimlashda va ular bilan muomalada Yaxshi ishlab
chiqarish amaliyoti standarti va mazkur standartning tegishli talablariga rioya qilish
kerak.
-Materiallar va dori vositalari bilan muomalada ularni kontaminatsiyalanishi, aralashib
ketishi va kesishgan kontaminatsiyaga yo’l qo’ymaslik kerak.
-Materiallar va dori vositalari ularni sifatini saqlanishi ta’minlanadigan sharoitlarda
saqlanishi, ularning zaxiralari esa doimo yangilanib turishi kerak. Birinchi navbatda
yaroqlik muddati tugayotgan mahsulotdan xalos bulish (qutulish) lozim (yaroqlik
muddati tartibida ishlatish, «first expired/first out» (FEFO) - «yaroqlik muddati
kami/birinchi bulib ketadi» tamoyili).
-Brak qilingan materiallar va dori vositalari identifikatsiya qilinishi va uning taqdiri
bo’yicha oxirgi qaror qabul qilingunga qadar mahsulotni ishlatishga yo’l
qo’ymaydigan karantin sharoitida saqlash uchun jo’natilishi lozim.
-Giyoxvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar xalqaro konvensiya va
O’zbekistan Respublikasining milliy qonunchilik hujjatlariga muvofiq saqlanishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: