O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/278
Sana26.07.2021
Hajmi2,75 Mb.
#128768
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   278
Bog'liq
GXP asoslari majmua ФИ 3 курс1 48952

Bino va xonalar 
Xona talablari 
Qabul  qilish  va  jo’natish  zonalarida  ob-xavo  sharoiti  ta’siridan  himoya  qilish, 
qabulqilish,  tashish  va  saqlash  joylariniyetarli  darajada  ajralganligini  ta’minlash, 
kirayotgan va chiqarilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlari oqimini nazorat qilish 
tartibini  belgilovchi  yo’riqnomalar  ishlab  chiqilishi  kerak.  Qabul  qilingan 
mahsulotlarni  tekshirish  uchun  qabul  qilish  joylari  aniq  belgilangan  va  tegishli 
uskunalar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. 
Qabul  qilinganidan  keyin  mahsulotga  xech  qanday  shikast  yetkazilmaganligi  va 
yetkazilgan  mahsulot  buyurtmaga  muvofiqligiga  ishonch  hosil  qilish  uchun  qabul 
qilish  nazorati  o’tkazilishi  lozim.  Qabul  qilish  zonasida  taraning  tozalanishi  ko’zda 
tutilishi lozim. 
Xonalar talab qilingan saqlash sharoitlarini ta’minlashi uchun loyixalashtirilgan yoki 
moslashtirilgan  bo’lishi  kerak.  Dori  vositalarining  xavfsiz  saqlanishi  va  muomalasi 
uchun  xonalar  himoyalangan,  tegishli  tuzilishga  va  yetarli  xajmlarga  ega  bo’lishi 
kerak. Amalga oshirilgan barcha operatsiyalarning aniqligi va xavfsizligini ta’minlash 
uchun saqlash joylari yetarli yorug‘likka ega bo‘lishi kerak. 
Dori vositalari va tibbiyot buyumlari tegishli ravishda ajratilgan va aniq belgilangan 
zonalarda  saqlanishi  kerak,  bu  zonalarga  faqat  ruxsat  etilgan  xodimlargina  kirishga 
xaqli.  Saqlash  zonalarini  jismoniy  ajratish  o’rniga  qo’llangan  har  qanday  tizim 
(masalan,  elektron  tizim)  xavfsizlikni  belgilangan  darajada  ta’minlashi  va 
validatsiyalangan bo’lishi kerak. 
Muomalasi  vaqtincha  to’xtatib  qo’yilgan  yoki  muomalasi  bo’yicha  yakuniy  qaror 
qabul  qilinmagan  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  jismonan  yoki  elektron  tarzda 
izolyasiyalangan bo’lishi lozim. Bu talab qalbakiligiga gumon bo’lgan va qaytarilgan 
har kanday mahsulotga nisbatan qo’llaniladi. 
Har  qanday  qalbakilashtirilgan,  yaroqlilik  muddati  tugagan,  muomaladan  qaytarib 
olingai  va  nuksonli  (ta’minot  buginidan  chetlashtirilgan)  mahsulotlar  kolgan  darxol 
jismonan ajratilishi (izolyasiyalanishi) va distribyutsiya uchun yaroqli mahsulotlar dan 
ajratilgan maxsus zonalarda saqlanishi kerak. 
Qabul 
qilingan 
xavfsizlik 
choralari 
ushbu 
zonalarda 
yuqorida 
ko’rsatilganmahsulotlarni  distribyutsiya  uchun  yaroqlibo’lgan  dori  vositalari,  tibbiy 


 
buyumlardan  aloxida  saqlash  va  ularning  erkin  muomalaga  kiritilishiga  tuskinlik 
kiladigan sharoitlar ta’minlanishini kafolatlashi kerak. Ushbu zonalar tegishli ravishda 
(nomlari  ko’rsatilgan  xolda)  aniq  belgilanishi  va  xuquqibo’lmagan  shaxslarning 
kiritilishidan himoyalangan bo’lishi kerak. 
Muomalasiga qat’iy talablar belgilangan dori vositalari (masalan, /-\ giyoxvandlik 
vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, zaxarli kimyoviy moddalar va 
boshqa  xavfli  moddalar)  Uzbekiston  qonun  hujjatlari  talablariga  javob  beradigan 
sharoitida saqlanishi kerak. 
 
Radiofarmatsevtik  va  boshqa  xavfli  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar, 
shuningdek, yong’inga xavfli va portlovchi dori vositalari (masalan, tibbiy gazlar, tez 
alangalanuvchi  suyuqliklar  va  boshqalar)  tegishli  xavfsizlik  choralari  kurilgan, 
Uzbekiston  qonunlariga  muvofiq  ravishda  belgilangan  joylarda  saqlanishi  va 
xuquqibo’lmagan shaxslarning kirishidan himoyalangan bo’lishi kerak. 
Nazorat  ostidagi  xonalarga  xuquqibo’lmagan  shaxslarning  kirishini  oldini  olish 
imkonini  beruvchi  qo’riqlash  tizimini  ta’minlash  kerak.  Ogoxlantiruvchi  chora- 
tadbirlar, odatda, signalizatsiya tizimini va nazorat qilish tizimi bilan ishlash rejimini 
uz ichiga olishi kerak. Bunday xonalarga begonalar kuzatuvchisiz qo’yilmasligi kerak. 
Saqlash uchun muljallangan xonalar va uskunalar toza bo’lishi kerak, ularda chang va 
chiqindilar  to’planmasligi  kerak.  Xonalarni  va  uskunalarni  tozalash  dasturlari, 
hujjatlashtirilgan yo’riqnomalar, qaydlar bo’lishi kerak. Tozalash uchun ishlatiladigan 
uskunalar, 
tozalash 
ashyolari 
va 
anjomlari, 
shuningdek 
yuvuvchi 
va 
dezinfeksiyalovchi  vositalar  shunday  tanlanishi,  ishlatilishi  va  saqlanishi  kerak-ki 
kontaminatsiya manbasi bo’libqolmasin. 
Xonalar  xasharotlar,  kemiruvchilar  yoki  boshqa  xayvonlarning  kirib  kelishidan 
himoya  qilinishi  ta’minlangan  xolda  loyixalashtirilishi  va  jixozlanishi  kerak. 
Zararkunandalar  bilan  zararlanishning  oldini  olish  nazorat  dasturi  ishlab  chiqilishi 
kerak. 
Agar  bino  tugridan-tugri  distribyutorga  tegishli  bo’lmasa,  bu  joy  distribyutor 
tomonidan  ijara  shartnomasi  yoki  boshqa  mulkiy  yoki  majburiyat  xuquqi  asosida 
foydalanilishi  mumkin.  Dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  saqlashuchun 
foydalaniladigan  binolar  O’zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlariga  muvofiq 
foydalanishga topshiriladi. 
Xodimlarning  dam  olish,  kiyinish  xonalari,  dush  va  xojatxonalar  saqlash  joylaridan 
tugri tegishli ravishda ajratilishi kerak. Omborxona xonalarida oziq-ovqat, ichimliklar, 
tamaki mahsulotlari, shuningdek, shaxsiy foydalanish uchun dori vositalari va tibbiy 
buyumlarning mavjud bo’lishi takiklanadi. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish