O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/278
Sana26.07.2021
Hajmi2,75 Mb.
#128768
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   278
Bog'liq
GXP asoslari majmua ФИ 3 курс1 48952

HUJJATLAR 
Moxiyati 
Tegishli 
hujjatlashtirish 
sifat 
tizimining 
ajralmas 
qismi 
xisoblanadi. 
Hujjatlashtirishning  vazifalari  og’zaki  muloqotdan  kelib  chiqadigan  xatolar  oldini 
olish, hamda dori vositalari va tibbiy buyumlarning distribyutsiyasi davomida aloxida 
jarayonlarni kuzatishdan iborat. 
Umumiy talablar 
Hujjatlar – standart operatsion jarayonlar, yo‘riqnomalar, shartnomalar, yozuvlar, 
qaydlar, hisobotlar va qog‘ozlar yoki elektron axborot tashuvchilarda qayd etilgan 
boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
  Hujjatlar distribyutor tomonidan amalga oshiriladigan barcha jarayonlarni etarlicha 
ravishda aks ettirishi va xodimlarga tushunarli bo’lishi kerak. Hujjatlarning matnlari 
bir ma’noli bo’lishi kerak, turlicha izoxlanish va xatolarga yo’l qo’ymasligi kerak. 
Hujjatlar,  jarayonlarni  tartibga  soluvchi  hujjatlar  (SOJ)  Vakolatli  shaxs  tomonidan 
tasdiklanishi, imzolanishi va sanasi belgilanishi kerak. Ularda dori vositalari va tibbiy 
buyumlar sifatiga yoki distribyutorlik faoliyatining sifatiga ta’sir kursatishi mumkin 
bo’lgan  turli  xatti-xarakatlar  (ishlar)  ta’riflanishi  kerak:  qabulqilish  va  etkazilgan 
mahsulotni tekshirish, saqlash, xonalarni tozalash va xizmat kursatish (shu jumladan 
parazitlar  va  zararkunandalar  nazorati),  saqlash  sharoitlarini  nazorat  qilishni  qayd 
etish,  bayonnomalarni  yuritish  va  saqlash,  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarining 


 
qaytarilishi, muomaladan qaytarib olish rejalari va x.k.. 
Hujjatlar  belgilangan  talablarga  muvofiq  maxsus  tayinlangan  shaxslar  tomonidan 
tasdiklanishi,  imzolanishi  va  sanasi  qo’yilganbo’lishi  kerak.  Hujjatlar  qo’lda 
yozilmasligi kerak. Qo’lda yozilgan qaydlarni kiritish kerak bo’lgan xollarda bunga 
zarur joylar qoldirilishi ko’zda tutilgan bo’lishi kerak. 
Hujjatlarga  kiritilgan  har  qanday  tuzatishning  sanasi  ko’rsatilgan  bo’lishi  va  imzo 
qo’yilganbo’lishi,  tuzatish  shunday  kiritilishi  kerak-ki,  bunda  birlamchi  yozuvlarni 
uqish  imkoni  bo’lishi  lozim. Agar  kerak  bulsa, tuzatishning  sabablarini  ko’rsatilishi 
zarur. 
Hujjatlar  Uzbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  muddatda,  lekin 
kamida  5  yil  saqlanishi  kerak.  Xodimlarning  shaxsiy  hujjatlari  Uzbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi va arxivga topshiriladi. 
Har bir xodim o’z lavozim majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo’lgan hujjatlarini 
tezkor olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. 
Amaldagi va belgilangan tartibda tasdiqlangan standart operatsion jarayonlar (SOJ) va 
yo’riqnomalardan  foydalanishga  aloxida  e’tibor  karatish  lozim.  Hujjatning  nomi  va 
maqsadianiq  belgilanishi.  Hujjatlar  muntazam  ravishda  qayta  kurib  chiqilishi  va 
yangilanishi  kerak.  SOJ  va  yo’riqnomalarning  versiyalarini  nazorat  ostida  bo’lishi 
lozim. O’z kuchini yuqotgan hujjatning nogoxon ishlatilib qo’yilishini oldini oluvchi 
tizim  ko’zda  tutilgan  bo’lishi  kerak.  SOJlarning  eskirgan  va  kuchini  yuqotgan 
versiyalari hujjat muomalasidan chiqarib olinishi va arxivlanishi kerak. 
Ombor zaxirasini ta’minlovchi ombor zaxiralarini xisobga olish tizimi amalda bo’lishi 
kerak («birinchi qabulqilingan - birinchi junatilgan»); ushbu tizimning tug’ri ishlashi 
muntazam va tez-tez tekshirilishi kerak. 
Qabul  qilingan  yoki  topshirilgan  tovarlarga  tegishli  qaydlar  (masalan,  buyurtmalar, 
schyot-fakturalar, yukxatilar) yoki boiщa turdagi qaydlar elektron shaklda yoki boshqa 
shaklda saqlanishi kerak. 
Yozuvlarda  kamida  quyidagi  ma’lumotlar  aks  ettirilgan  bo’lishi  kerak:  sana; 
dori vositalari va tibbiy buyumlarning nomlari; xarid qilingan yoki yetkazilgan dori 
vositalari va tibbiy buyumlarning miqdori; ta’minotchi, oluvchi yoki yuk oluvchining 
(kaysi biriga tegishli bulsa) nomi, manzili; shuningdek seriya raqami. 
Yozuvlar  bevosita  tegishli  jarayonlar  amalga  oshirilgan  vaqtida  qaydqilinishi 
kerak 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish