Dori vositalarini qayd etishning qonuniy asoslari. Dori vositalarini qayd etish
jarayoni dori vositalari to‘g‘risidagi qonunlarning markaziy qismini tashkil etadi. Davlat
dori vositalarini sotish va tarqatishni, shuningdek qaysi dori vositasini ro‘yxatdan
o‘tkazish kerakligini tartibga soladi. Rivojlangan mamlakatlarda ro‘yxatdan “dori
vositasi” emas balki “farmatsevtik (yoki dorivor) mahsulot”, ya’ni ma’lum ishlab
chiqaruvchining tayyor dori vositasi o‘tkaziladi. Substansiyalar esa ro‘yxatdan
o‘tkazilmaydi, ammo farmakopeya talablari (yoki master-fayl) asosida baholanadi.
Qonunda qayd etish organlarining vazifalari, qayd etish hujjatlari va ularga qo‘yilgan
talablar, ularni ko‘rib chiqish qoidalari va muddatlari belgilangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |