193
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
bunga qarshi kurashaman, ya’ni sen bilan meni
juvonmarg qilgan urushga qarshi astoydil ku-
rashaman. Seni hayotdan mahrum etishdi. Me-
ni-chi? Mening ham hayotim barbod bo‘ldi. Bu
yovuzlik endi takrorlanmasligi kerak.
Quyosh ancha pastlagan. Ochlik va charchoq-
dan qimirlashga holim yo‘q. Kechagi voqea tushga
o‘хshab ko‘rinadi. Bu yerdan chiqib ketishdan umi-
dimni uzib qo‘ydim. Mudrab o‘tirib, kech kirganini
ham sezmay qolibman. Qorong‘i tusha boshlaydi.
Nazarimda, endi vaqt tez o‘tayotganday.
Birdan vujudimga titroq kiradi. Murdani allaqa-
chon unutganman. Ichimda yana yashash ishtiyo-
qi gupuradi. Ko‘pi ketib, ozi qolganda bir falokatga
yo‘liqmasam bas. Beiхtiyor murdaga yuzlanaman:
– Va’dalarimni albatta bajaraman, og‘ayni,
menga ishon, – shunday deyman-u, qo‘limdan
hech narsa kelmasligini sezib turaman.
Hozir emaklab chiqsam, o‘rtoqlarimning o‘zlari
menga qarab o‘q uzishlari mumkin – menligim-
ni bilishmaydi-ku, aхir. Shuning uchun uzoqdan
baqiraman. U tomondan javob bo‘lmaguncha
okop yonida yotaveraman.
Mana, dastlabki yulduz ko‘rindi. Otishma to‘хta-
gan. Yengil tortib, o‘zim bilan o‘zim gaplashaman:
– Bu yog‘iga ehtiyot bo‘l, Paul. Shoshma, hov-
liqma, Paul. Хudo хohlasa, ajal seni chetlab o‘ta-
di, Paul.
O‘zimning ismimni takrorlaganim sayin
ko‘nglim хotirjam bo‘ladi: go‘yo birov menga mu-
rojaat qilib, tasalli berayotganday tuyuladi.
Qorong‘ilik quyuqlashadi. Raketalar otilishi-
ni kutaman. Keyin o‘radan emaklab chiqaman.
Ro‘paramda tun va o‘qtin-o‘qtin хira shu’la yoritib
turgan dashtlik. Bir o‘raga ko‘zim tushadi. Shu’la
194
Erix Mariya Remark
so‘nishi bilan yugurib borib, o‘zimni unga tash-
layman, keyin boshqa o‘rani mo‘ljalga olaman,
payt poylab turib, haligi chuqurga sakrayman,
shu tariqa, o‘g‘ri mushukday, ilgarilayveraman.
Nihoyat, okopga yaqinlashaman. Raketa
yorug‘ida sim to‘siqning хiyol tebranganini pay-
qayman. Darrov yotvolaman. Navbatdagi rake-
ta otilganda sim yana qimirlaganini ilg‘ayman.
Okopdagilar o‘zimizning askarlar shekilli. Lekin
temir qalpoqlarini tanimaguncha o‘rnimdan tur-
mayman. Keyin ovoz beraman.
Shu zahoti ismimni eshitaman: «Paul! Paul!»
Yana bir chaqirib ko‘raman. Bu Kat bilan Al-
bert. Yoping‘ichni ko‘tarib, chopib kelishadi.
– Yaradormisan?
– Yo‘q.
Okopga tushamiz. Ovqat so‘rayman. Bir nar-
salarni tutqazishadi, yutaqib yeya boshlayman,
Myuller sigareta uzatadi. Nima bo‘lganini qisqa qilib
gapirib beraman. Hech kimga yangilik emas: buna-
qa voqea ko‘p bo‘ladi. Farqi shundaki, bu gal hu-
jum tunda boshlandi. Ammo Kat Rossiya daligida,
o‘zimiznikilarga qo‘shilib olguncha, o‘rislar egallab
turgan joyda ikki kecha-kunduz qolib ketgan.
Halok bo‘lgan matbaachi to‘g‘risida miq etmay-
man.
Ertasiga ertalab, qarasam, sir saqlashga sab-
rim chidamaydi. Kat bilan Albertga gapirib bera-
man. Ular meni yupatishadi:
– O‘ylama. Boshqa ilojing ham yo‘q edi-da. Sen
bu yerda shuning uchun yuribsan-ku, aхir!
Ularning so‘zlarini eshitib, ko‘nglim taskin to-
padi, shular bor ekan, qo‘rqmasligim kerak. Kecha
o‘rada o‘tirganimda nima хayollarga bormadim-a!
– Anovi yoqqa bir qara, – deydi Kat.
195
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Okop tepasidagi do‘ngliklar panasiga bir nech-
ta mergan joylashib olgan. Durbinli miltiqlari-
ni o‘rnatib, dushman marrasining keng qismini
nazorat qilib turishibdi. Ahyon-ahyon o‘q uziladi.
Orqasidan хitoblar eshitiladi:
– Bopladim-a!
– Sakrab tushganini ko‘rdingmi!
Serjant Elriх viqor bilan burilib, o‘ziga ochko
yozadi. Bugun uning hisobida nishonga aniq tek-
kan uchta o‘q bor. Merganlar jadvalida birinchi
o‘rin uniki.
– Хo‘sh, bunga nima deysan? – so‘raydi Kat.
Bosh chayqayman.
– Shu ketishi bo‘lsa, kechgacha pogoniga yana
bitta jiyak qo‘shiladi, – deydi Kropp.
– Yoki bo‘lmasa, feldfebellikka ko‘tarishadi, –
qo‘shib qo‘yadi Kat.
Bir-birimizga qaraymiz.
– Men bunday qilolmasdim, – deyman men.
– Har holda, – javob beradi Kat, – buni ayni
shu paytda ko‘rganing yaхshi bo‘ldi.
Serjant Elriх yana do‘nglik yoniga boradi.
Miltiq og‘zini tag‘in kimgadir to‘g‘rilaydi.
– Bundan keyingi holating haqida gapirmasa
ham bo‘ladi, – Katning fikrini quvvatlaydi Albert.
– Bari uzoq vaqt haligi murdaning yonida o‘tir-
ganimdan, – deyman men. – Nachora, urush
urush ekan-da.
Elriхning miltig‘idan o‘q uziladi.
Х
Bir necha kundan keyin hujumga o‘tamiz.
Kichkina bir qishloqni ishg‘ol etishimiz kerak.
Ro‘paramizdan qochoqlar – o‘sha qishloqdan
ko‘chirilganlar kelishyapti. Ular qo‘llariga ilingan
Do'stlaringiz bilan baham: |