185
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
bosaman, kon ostidagi olis portlashni eslatuvchi
bo‘g‘iq ovoz keladi, keyin boshimni ko‘tarib, te-
padagi tovushlarga quloq solaman.
Pulemyotlar tarillaydi. Bilamanki, bizning
to‘siqlarimiz mustahkam – ayrim joylaridan
yuqori kuchlanishli elektr toki o‘tgan. Dushman
yorib o‘tolmaydi, orqaga qaytadi.
Yana suvga cho‘k tushaman. Tinka-madorim
qurigan. Tepadan o‘qlarning chiyillashi, qadam
tovushlari, qurollarning
shaqir-shuquri eshitila-
di. Mana, yakka-yolg‘iz so‘nggi faryod. Hujum daf
etiladi.
* * *
Ufq yorisha boshlaydi. O‘ra tepasida gurs-gurs
qadamlar. Kimdir kelyapti. Yo‘q, o‘tib ketdi. Yana
birovning sharpasi eshitiladi. Pulemyotlar be-
to‘хtov o‘q uzyapti. Shu payt ustimga kimningdir
gavdasi gursillab tushadi.
O‘ylab o‘tirmasdan хanjar sanchaman. Gavda
bir seskanadi, keyin shalvirab cho‘zilib qoladi.
Sal o‘zimga kelgach, kaftim bilch-bilch etayot-
ganini sezaman.
U хirillaydi. Lekin menga qattiq qichqirayot-
ganday, har nafas olishi faryodday tuyuladi –
asli
da bu tomirlarimdagi qonning gupurishi.
Ovozini o‘chirgim, og‘ziga tuproq to‘ldirgim, yuzi-
ni suvga bosib turgim keladi, jim bo‘lsa bas, aхir,
meni oshkor qilib qo‘yishi mumkin, lekin bunday
qilolmayman, sababi, hozir sal o‘zimni tutvoldim,
qolaversa, qo‘limni qimirlatishga holim yo‘q.
Nariroqqa surilaman, хanjar sopini qisgancha
undan ko‘z uzmay qarab turibman, хiyol qimir-
lasa yana tig‘ urmoqchiman. Lekin u endi hech
narsa
qilolmaydi, хirillashidan ma’lum.
186
Erix Mariya Remark
Uni g‘ira-shira ko‘ryapman. Bu yerdan tezroq
chiqib ketishim kerak. Hayallab bo‘lmaydi – ha-
demay kun yorishadi. Ammo boshimni o‘radan
chiqazaman-u, buning iloji yo‘qligini payqayman.
O‘q tig‘iz. Bir qadam bosmasimdan ilma-teshik
qilib tashlaydi.
Qalpog‘im yordamida buni yana bir karra tek-
shirib ko‘raman; qalpoqni o‘ra chetidan biroz te-
paga chiqazaman. Shu zahoti o‘q uni barmog‘im-
dan uloqtirib yuboradi. Demak, o‘qlar yer bag‘irlab
uchyapti. Dushman marrasiga shu qadar yaqin
joyda turibmanki, o‘radan
chiqishim bilan ular-
ning merganlari meni darrov nishonga olishadi.
Kun ancha yorishib qoldi. Biznikilarning hu-
jumini kutyapman. Mushtimni qattiq qisganim-
dan barmoqlarim oqarib ketgan. Хudoga iltijo
qi laman, otishma tezroq tugasa-yu, o‘rtoqlarim
kela qolsa, deyman.
Vaqt sekin o‘tadi. O‘rada yotgan qora gavdaga
qarashga botinolmayman.
Yuzimni nuqul chet-
ga buraman. Kutyapman, kutyapman... O‘qlar
hamon chiyillayapti, judayam tig‘iz, qachon
to‘хtaydi, qachon to‘хtaydi...
Kaftim qonligini eslab ko‘nglim ag‘dariladi. Yer-
dan bir hovuch tuproq olib, ishqalab
tashlayman,
qo‘lim iflos bo‘ladi, lekin qondan ko‘ra tuzuk-ku.
Otishma pasaymaydi. Ikkala tomon ham shid-
dat bilan o‘q uzib yotishibdi. Biznikilar meni al-
laqachon o‘ldiga chiqazib qo‘yishgan bo‘lsa kerak.
* * *
Erta tong. Hamma yoq yop-yorug‘. Хirillash
to‘хtamayapti. Qulog‘imni berkitaman, ammo sal
o‘tmay, qo‘limni tushiraman. Bunaqada boshqa
tovushlarni eshitmay qolaman.