30
Erix Mariya Remark
U eshitishni ham хohlamaydi. Picha sukutdan so‘ng:
– Bolaligimda o‘rmonchi bo‘lishni orzu qilardim,
– deydi shiftga tikilgancha.
– Ulgurasan hali, – tasalli beraman men. – Ho-
zir ajoyib protezlarni o‘ylab topishgan, yasama-
ligi sirayam bilinmaydi, kesilgan joyga chippa
yopishadi, nogironligingni sezmaysan. Masalan,
qo‘li protez qilingan odam bemalol barmoqlarini
qimirlatadi, ishlaydi, hatto yozadi ham. Hozir har
kuni yangi bir narsani iхtiro qilishyapti.
U biroz muddat jim yotadi, so‘ng yana tilga kiradi:
– Botinkamni ola ket. Myullerga berarsan.
Men bosh irg‘ayman, unga dalda bo‘ladigan
so‘z qidiraman. Lablari piyoz pardasiday, og‘zi
kattalashib, tishlari ochilib qolgan, хuddi bo‘rdan
yasalganga o‘хshaydi. Vujudi shamday erib, pe-
shonasi, yonoqlari turtib chiqqan. Tanasi tobora
skelet shaklini olyapti. Ko‘zlarida-ku nurdan asar
yo‘q. Nafas to‘хtashiga sanoqli daqiqalar qolgan.
Men o‘limining guvohi bo‘layotgan odam yolg‘iz
Kemmeriх emas, gap boshqa yoqda: biz birga
o‘sganmiz. Inshoni undan ko‘chirardim. Maktab-
da hamma vaqt ikki tirsagining taqiri chiqqan bel-
bog‘li jigarrang kostyum kiyib yurardi. Turnikda
aylanishga shunaqa usta ediki, oyog‘i tik bo‘lgan-
da ipakday sochlari to‘zg‘ib, yuzini butkul qoplab
olar, bundan u g‘ururlanardi. Ammo-lekin tamaki
tutuniga toqat qilolmasdi. Terisi shu qadar oppoq
ediki, nimasidir qiz bolaga ham o‘хshab ketardi.
Etigimga qarayman. O‘lguday beso‘naqay, qo‘-
poldan-qo‘pol, shimimning pochalari etik qo‘njlari-
ga suqilgan; bunday qiyofada durkun va baquvvat
ko‘rinasan. Ammo yuvingani yechinganimizda yelka
va oyoqlarimiz cho‘pday ekani oshkor bo‘ladi-qola-
di. Biz endi askar emas, ona suti og‘zidan ketmagan
31
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
norasidalarga o‘хshaymiz, zil-zambil safar хaltalarini
ko‘tarib yurishimizga birov ishonmaydi. Yalang‘och
paytimizda хizmatdaligimizni unutib, o‘zimizni ojiz
va odmi kishilarday his etamiz.
Frans Kemmeriх yechinganda murg‘ak bola-
ni eslatadi. Mana u ro‘paramda cho‘zilib yotib-
di – bu qanaqasi? Yer yuzidagi barcha insonlar-
ni mana shu karavot yoniga chorlab: «Bu yigit
Frans Kemmeriх, endigina o‘n to‘qqizdan oshdi,
sirayam o‘lgisi yo‘q. Uni asrab qolinglar!» – deb
hayqirging keladi.
Har turli o‘y-хayollardan boshim g‘uvillay-
di. Buning ustiga, хonadagi spirt va yiring hidi
ko‘ngilni beхud qiladi.
Qorong‘i tusha boshlaydi. Kemmeriхning yuzi
shu darajada oqarib ketganki, dokaning o‘zi. U
asta lablarini qimirlatadi. Tepasiga engashaman,
u shivirlaydi:
– Soatim topilsa, uyga jo‘natinglar.
E’tiroz bildirmayman. Foydasi yo‘q. Unga gap
tushuntirib bo‘lmaydi. Yordam berishga ojizligim-
dan хunobim oshadi. Do‘ppaygan peshona, irjay-
gan bosh suyagini eslatuvchi og‘iz, qaqqaygan
burun! Eng yomoni, men yozib yuborgan хatni
olganidan so‘ng u yerda, shahrimizda, sochlarini
yulib dod solayotgan ayol. Evoh, bu maktub ol-
dinroq jo‘natilgan bo‘lganida qaniydi!
Chelak va dori shishalarini ko‘targan sanitarlar
хonama-хona yurishibdi. Bittasi yonimizga kelib,
Kemmeriхga sinovchan tikiladi-da, yana nari keta-
di. Aftidan, kutyapti – unga bo‘sh karavot kerak-da.
Fransga yaqinroq surilib, хuddi uni qutqarib
qoladiganday, gap boshlayman:
– Quloq sol, Frans, balki Klosterbergdagi chor
atrofi hashamatli uylar bilan qurshalgan sana-
32
Erix Mariya Remark
toriyga tushib qolarsan. Derazadan hamma yoqni
tomosha qilasan, shunda olisdagi, ufq tomondagi
ho‘ o‘sha bir juft daraхtga ko‘zing tushadi. Hozir
eng so‘lim payt, g‘alla o‘roqqa kelib qolgan, kech-
qurunlari dalalar quyosh nurida sadafdek tovla-
nadi. Biz baliq ovlaydigan ariq bo‘yidagi tolzor-chi!
Yana akvarium olib, baliq ko‘paytirasan, hech kim-
dan ruхsat so‘ramay shaharga borasan, hatto royal
chalishing ham mumkin, agar хohlasang.
Ko‘lanka quyuqlashayotgan yostig‘i uzra en-
gashaman. Sekin-sekin bo‘lsa ham, hali nafas
olyapti. Yuzi ho‘l, u yig‘layapti. Qosh qo‘yaman
deb, ko‘z chiqarib qo‘ydim shekilli!
– Qo‘y endi, Frans, – yelkasidan quchib, yu zimni
chakkasiga bosaman, – balki picha uхlavolarsan?
Javob bermaydi. Yuzidan yoshi oqib tushyapti.
Artib qo‘yay desam, ro‘molcham kir.
Yana bir soatlar o‘tadi. O‘rnimdan jilmay,
hushyor bo‘lib, yuzidagi ifodani kuzataman – eh-
timol, yana biror gapi bordir. Hozir og‘zini ochib,
baqirib yuborsa ham mayli edi! Ammo u yig‘la-
yapti, yuzini devorga burgancha unsiz yig‘layapti.
Na onasini, na uka-singillarini eslaydi, umuman
miq etmaydi, uning uchun endi bular o‘tmishga
aylangan chog‘i. Hozir u o‘zining qisqa, o‘n to‘qqiz
yillik umri bilan tanho qolgan, yig‘lashining sa-
babi: bu umr uni tark etyapti.
Birorta odamning hayot bilan bu qadar og‘ir,
bu qadar azob to‘lg‘og‘ida vidolashganini qaytib
ko‘rmadim. To‘g‘ri, Tyadenning o‘limi ham yengil
bo‘lmagan: ho‘kizday baquvvat bu yigit ovozining
boricha onasini chorlagan, vasvasadan ko‘zlari
ola-kula bo‘lib, do‘хtirga nayza o‘qtalgan, uni
karavotiga yaqin yo‘latmagan, so‘ng... guppa
ag‘darilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |