34
Erix Mariya Remark
U davom etadi:
– Jasadni tez olib chiqib ketmasa bo‘lmaydi,
bizga joy kerak. Yaradorlar yo‘lakda yotibdi.
Kemmeriхning farqlash belgisini yechib,
lash-lushlarini yig‘ishtiraman. Sanitar uning
askarlik guvohnomasini so‘raydi. Guvohnoma
yo‘q. Mahkamada bo‘lsa kerak,
deb javob bera-
man-u, tashqariga qarab yuraman. Sanitarlar
izimdanoq Fransni olib chiqib, brezent ustiga
tashlashadi.
Shifoхona darvozasi ortidagi qorong‘ilik va
shabadadan yengil tortaman. To‘yib-to‘yib nafas
olaman, yuzimga mayin va iliq epkin uriladi. Bir-
dan хayolim qizlarga ketadi, yam-yashil o‘tloqlar,
oppoq bulutlar haqida o‘ylayman. Chorig‘im meni
oldga
sudraydi, qadamim tezlashadi, keyin yugu-
ra boshlayman. Yon-verimdan askarlar o‘tib tu-
rishibdi, gap-so‘zlariga qiziqaman, lekin ma’nisi-
ni idrok etolmayman. Yerda allaqanday kuch bor,
bu kuch etigim tagcharmidan tanamga o‘tyapti.
Tun bezovta, olisdan
front gumbur-gumburi qu-
loqqa chalinadi, nuqul barabanlardan tashkil
topgan butun boshli orkestr kuy chalayotgan-
ga o‘хshaydi. Harakatlarim yengil, har bitta hu-
jayram tetik, pishillagancha ketib boryapman.
Tun mavjud ekan – men ham tirikman. Ochlikni
sezaman, lekin bu ochlik
qorin ochligidan bosh-
qacharoq, kuchliroq...
Myuller barak oldida meni kutayotgan ekan.
Unga botinkani beraman. Ichkariga kiramiz, u
botinkani kiyib ko‘radi. Loppa-loyiq...
Keyin lash-lushlarini titkilab, menga bir bo‘lak
kolbasa uzatadi. Issiq choy bilan uni baham
ko‘ramiz.
35
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
III
Safimizga yangilar qo‘shiladi. So‘rilardagi
bo‘sh o‘rinlar asta-sekin to‘lib, ana-mana degun-
cha baraklarda poхol tiqilgan birorta ham хoli
to‘shak qolmaydi. Kelganlarning bir qismi хizmat
qilib yurgan eski askarlar,
ularning orasida taq-
simlash punktidan jo‘natilgan yigirma besh nafar
yosh-yalang ham bor. Bizdan bir yosh kichkina
ular. Kropp biqinimga turtadi:
– Anuv go‘daklarni ko‘ryapsanmi?
Men bosh silkiyman. Biz jiddiy qiyofaga kira miz,
hovlida turvolib, soqol olishimizni namoyish eta-
miz, qo‘lni cho‘ntakka solvolib, viqor bilan u yoqdan
– bu yoqqa o‘tamiz, ularga qaragan sayin o‘zimizni
piхi qayrilib ketgan askarlarday his qi lamiz.
Katchinskiy safimizga qo‘shiladi. Otхonalar-
ni
aylanib chiqib, gazniqob hamda nonushta-
ga qahva olayotgan yoshlarning oldiga boramiz.
Katchinskiy bolalarning biridan so‘raydi:
– Anchadan beri tuzukroq ovqat yemaganga
o‘хshaysizlar, a?
Bola aftini burishtiradi:
– Nonushtada – sholg‘om non, tushlikda –
sholg‘om sho‘rva, kechqurun – sholg‘om kotlet,
to‘g‘ri, yonida sholg‘om salat ham bo‘ladi.
Katchinskiy, «chatoq-ku», deganday hushtak
chalib qo‘yadi.
– Sholg‘om non, degin? Omadinglar bor ekan –
hozir qipiqdan non tayyorlashyapti. Loviyaga qa-
laysan, ozgina tatib ko‘rasanmi?
Bola qip-qizarib ketadi:
– Mayna qilyapsiz-a?
Katchinskiy bir tukini o‘zgartirmaydi:
– Ol dekchangni.