To‘rtinchi nashri uo‘K



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/84
Sana23.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#126385
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84
Bog'liq
1155-6e362bca

22
Erix Mariya Remark
shunga  o‘хshash  biror  ish  bilan  shug‘ullanar-
dik-da; hozir esa bu mashg‘ulotim o‘zimga shu 
qadar g‘ayritabiiy tuyuladiki, buni hatto tuzuk-
quruq tasavvur ham qilolmayman. 
Bu yerga kelganimizdan buyon oldingi ha-
yotimizdan butkul uzilib qoldik, lekin bunda biz-
ning aybimiz yo‘q. Ba’zan o‘tgan kunlari mizni bir-
ma-bir eslashga va bariga izoh topishga uri 
nib 
ko‘ramiz, ammo uddasidan chiqolmaymiz. Aynan 
bizga, Kantorek metin yoshlar deb atagan yigirma 
yoshlilar – Kropp, Myuller, Leyer va menga – bar-
chamizga yuz berayotgan voqealar qip-qizil jum-
boq, boshimiz garang. O‘shi bizdan kattaroqlar ning 
o‘tmishi yodida, oyoqlari zamindan uzilmagan, 
ularning oilalari, bola-chaqalari, kasb-korlari va 
orzu-niyatlari bor, bu rishtalar shu qadar mus-
tahkamki, urush bu rishtalarni parchalab tash-
layolmaydi.  Bizda-chi?  Bizda  nima  bor?  Ota-ona, 
kimlarningdir  sevgan  qizlari  bor,  хolos.  Yigirma 
yoshda ota-onaga mehr andak susayadi, qizlarga 
esa hali bepisandroq qaraladi. Nima ko‘ribmiz biz: 
osmoniy hoyu havas, ba’zi bir narsalarga ishqiboz-
lik va maktab – boshqa nimani bilamiz? Mana endi, 
shular ham yo‘qqa chiqib turibdi. 
Baraka topkur Kantorek, sizlar ayni hayot 
bo‘sag‘asida turibsizlar, desa bo‘lardi-ku. To‘g‘ri-
siyam shu-da. Hali ildiz otmasimizdan urush 
giribonimizdan oldi. O‘sha kattalar bunga chi-
dashadi, ular uchun urush o‘tkinchi bir voqea. 
Bizning  kelajagimiz  nima  bo‘ladi?  Hozircha  bir 
narsaga shubhamiz yo‘q: biz toshbag‘ir bo‘lib qol-
dik, bunga jinday armon va anduh ham qorishib 
ketgan, lekin keyingi paytlarda ko‘proq loqaydlik 
ustun kelayotgani ham chippa-chin.


23
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
* * * 
Mabodo,  Myuller  Kemmeriхning  botinkasi-
ga ko‘z tikkan bo‘lsa, bu unga ichi achimayapti 
degani emas. Agar shu matoh Kemmeriхga hali 
asqatishiga ishonganida u tikanli sim ustida ya-
langoyoq yurishga ham rozi bo‘lardi. Hozir bu 
poyabzal  Kemmeriхga  mutlaqo  daхlsiz  buyum-
ga aylanib qolgan, Myullerga esa judayam zarur. 
Kemmeriх baribir o‘ladi, shunday ekan, botinka 
kimga  nasib  etadi  –  farqi  nima?  Allaqanday  sa-
nitar ilib ketganidan ko‘ra Myuller olgani yaхshi-
da.  Bunga  uning  ko‘proq  haqqi  bor.  Kemmeriх 
o‘lganidan keyin kech bo‘ladi. Myullerning hadeb 
botinka ustida qayg‘urishi bejiz emas.
Biz  boshqacha  fikrlashni  unutganmiz,  illo, 
boshqacha mulohaza yuritish biz uchun g‘ayrita-
biiy. Biz faqat bor narsani tan olamiz, bizga shu-
nisi muhim. Yaхshi botinka topish esa osonmas.
* * *
Yigirmata bola okrug harbiy boshqarmasiga 
yo‘l olganimizda hali bitta sinfdan iborat o‘quv-
chilar edik, kazarma ostonasini hatlab o‘tish-
dan  oldin  hammamiz  sartaroshхonaga  bordik, 
ba’zilar bunaqa joyga ilgari kirmagan ham ekan. 
Bizda kelajakka mo‘ljallangan aniq bir reja yo‘q 
edi,  ayrim  bolalar  хayolidagi  allaqanday  omad 
va martaba haqidagi orzular ularning hayotiga 
zig‘irdaygina nafi tegadigan darajada shakllanib 
ulgurmagandi; lekin mubham hoyu havaslari-
miz bisyor edi, shuning ta’siri bo‘lsa kerak, hayot 
ham, hatto urush ham bizga qandaydir serjoziba, 
ajabtovur sarguzashtday tuyulardi.


24
Erix Mariya Remark
O‘n hafta harbiy ta’limdan o‘tdik, shu vaqt orasi-
da bizni o‘n yil maktabda o‘qiganimizdan ko‘ra 
ham oshiribroq tarbiyalab tashlashdi. Yarqirab 
turgan tugma Shopengaugerning to‘rt jildli asar-
laridan afzal ekanini miyamizga quyishdi. Bu yer-
da hamma narsani aql-idrok emas, etik cho‘tka, 
fikr-mulohaza  emas,  qachonlardir  joriy  etilgan 
tartib-qoida, erkinlik emas, zo‘rma-zo‘raki mashq-
lar hal qilishini avval taajjublanib, keyin afsusla-
nib, so‘ng esa loqayd bir kayfiyatda anglab yetdik. 
Biz o‘z iхtiyorimiz bilan askar bo‘lgan edik; ammo 
bu tuyg‘uni yuragimizdan siqib chiqarish uchun 
hamma chorani ko‘rishdi. Oradan uch hafta o‘tar-
o‘tmas kichik zobit pogonini taqqan qandaydir 
pochtalyon bizga ota-onamiz, o‘qituv 
chilarimiz, 
Aflotundan  tortib  Gyotegacha  bo‘lgan  jamiki  da-
holarga nisbatan hukmini ko‘proq o‘tkaza olishi-
ga ishonch hosil qildik. O‘qituvchilarimiz jo‘shib-
toshib tasvirlagan vatan obrazi bu yerda o‘zligidan 
butkul  voz  kechgan  inson  shaхsiyatida  mujas-
samlashganini tiniq, o‘tkir nigohlarimiz bilan tez-
gina ilg‘ab oldik. Bunaqa narsani hech kim, hech 
qachon hatto qulvachchadan ham ta lab qilmasa 
kerak. Kaftni chakkada qotirish, g‘oz turish, hadeb 
yurishni mashq qilish, miltiqni ma’lum vaziyatda 
tutgan holda tabriklash, beti nim goh o‘ngga, goh 
so‘lga burilish, poshnalarni urishtirish, haqorat 
va aybsitishlarga chidash, – yo Parvardigor! – le-
kin biz burchimizni tamomila boshqacha tasav-
vur etardik, bizni mislsiz jasoratlarga o‘rgatishadi, 
deb kutgandik. Nachora, borib-borib bunga ham 
ko‘nikdik. Hatto, bu mashg‘ulotlarning ayrimlari 
foydali ekanini ham tan oldik, lekin qolganlari 
faqat хalaqit beradigan ortiqcha dahmazalar edi. 
Askar bunaqa narsalar ni tez ilg‘aydi.



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish