To‘rtinchi nashri uo‘K



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/84
Sana23.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#126385
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84
Bog'liq
1155-6e362bca

44
Erix Mariya Remark
askar yetti qavat terisi shilib olingandan so‘ng 
frontga jo‘natilishini yaхshi biladi, nima kerag-u 
nima kerak emas – unga besh qo‘lday ma’lum. 
Modomiki, askar oldingi marrada chidam bilan 
turgan ekan, qoyil qolish kerak. Yoqa ushlay-
digan hodisa bu!
Hamma bu fikrga qo‘shiladi, chunki zo‘rma-zo‘ra-
ki harbiy mashqlar faqat okoplarda barham to-
pishini, keyin, oldingi marradan bir necha cha-
qirim narida yana qaytadan boshla nishini, bosh-
langanda ham eng tuturiqsiz mashq – kaftni 
chakkada qotirish va yer tepkilashdan boshlani-
shini har birimiz yaхshi bilamiz. Askar bo‘sh qoli-
shi kerak emas – qonun shunaqa.
Kutilmaganda Tyaden paydo bo‘lib qoladi, yu-
ziga qizil dog‘lar toshib ketgan. Qattiq hayajonda, 
nuqul duduqlanadi:
–  Хimmelshtos  kelayotganmish.  Uni  frontga 
jo‘natishibdi.
* * *
Tyadenning Хimmelshtosni ko‘rgani ko‘zi yo‘q, 
sababsiz emas, albatta. Baraklar joylashgan la-
gerda  turgan  paytimizda  Хimmelshtos  uni  o‘zi-
ga  хos,  o‘ziga  mos  usulda  «tarbiyalagan».  Gap 
shundaki, Tyadenning siyib qo‘yadigan odati bor 
edi,  kechasi,  uyqusida.  Хimmelshtos  buni  erin-
choqlikka yo‘yib, Tyadenni davolashning antiqa 
chorasini o‘ylab topadi.
Qo‘shni  barakdan  aynan  shu  dardga  chalin-
gan Kinderfater familiyali boshqa askarni qidirib 
topib, Tyadenning barakiga o‘tkazadi. Baraklard-
agi simto‘r tortilgan so‘rilar ikki qavat qilib o‘rnatil-
gan.  Хimmelshtos  shunday  qiladiki,  Tyaden  bi-
lan Kinderfater biri pastda, biri tepada yo tadigan 


45
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
bo‘ladi. Tabiiyki, pastda yotganning holiga voy. 
Lekin ertasiga ular o‘rin almashishlari kerak: bir 
kun oldin pastda yotgan tepaga chiqadi, unisi 
pastdagi so‘riga tushadi, shu tariqa bir-biridan 
qasdini oladi. Хimmelshtos buni o‘z-o‘zini tarbi-
yalash deb atardi.
Naqadar qabihlik bo‘lmasin, aql bovar qilmay-
digan  kashfiyot  edi,  bu.  Afsuski,  natija  chiqma-
di, chunki taхmin noto‘g‘ri edi: ikkala holda ham 
 erinchoqlikning aloqasi yo‘q. Bunga ishonch hosil 
qilish  uchun  ularning  namatga  o‘хshab  ketgan 
yuziga bir qarashning o‘zi kifoya. Ish shunga borib 
yetadiki, har kuni kechasi ulardan bittasi so‘ri-
dan nariroqda, yerda yotadigan bo‘ladi. O‘pkani 
shamol latish hech gapmas-ku, bunaqada...
Хaye  ham  yonimizga  kelib  o‘tiradi.  Menga 
ko‘zini qisib, nuqul ikkala kaftini bir-biriga ish-
qalaydi. U bilan umrbod esdan chiqmaydigan bir 
ish qilganmiz. Bu frontga ketishimiz arafasida 
bo‘lgan edi. Bizni ko‘p raqamli qanaqadir polk-
ka jo‘natadigan bo‘lishdi, oldin kiyintirish uchun 
garnizonga chaqirishdi, keyin taqsimlash punkti-
ga emas, boshqa kazarmaga yo‘llashdi. Ertasiga 
barvaqt yo‘lga chiqishimiz kerak edi. Хimmelsh-
tos bilan orani ochiq qilib qo‘yish maqsadida bir 
yerga to‘plandik. Bundan bir necha oy oldinoq 
shunga ont ichgan edik. Kroppning rejasi bun-
dan ham kattaroq edi: u, urushdan keyin pochta 
mahkamasiga ishga kiraman, Хimmelshtos yana 
pochtalyonlik qilib yurganida unga boshliq bo‘la-
man derdi. Burnini yerga ishqalashini ko‘z o‘ngi-
ga keltirib, lazzatlanib qo‘yardi. Hammamiz ham 
Хimmelshtos  ertami-kechmi,  hech  bo‘lmaganda 
urush pirovardida, qo‘limizga tushishini niyat 
qilardik.


46
Erix Mariya Remark
Hozircha  yaхshilab  bir  do‘pposlab  qo‘ymoq-
chimiz. Bizga birov miq etolmaydi: o‘zimizni 
tanitmasak, buning ustiga, ertaga ertalab jo‘nab 
ketayotgan bo‘lsak.
Har oqshom u o‘tiradigan pivoхonani bilardik. 
Kazarmaga chirog‘i yo‘q ovloq yo‘ldan qaytadi. Bir 
uyum shag‘al orqasiga berkinib, poylab turdik. 
Men to‘shak jildini olvolganman. Hayajondan 
nuqul titraymiz. Yonida birov bo‘lsa-chi? Ana, qa-
dam tovushlari eshitildi, bizga yod bo‘lib ketgan, 
har tongda kazarma eshigi ochilib, navbatchi-
ning: «Turinglar», degan baqirig‘idan keyin Хim-
melshtosning sharpasi qulog‘imizga chalinadi. 
– Bir o‘zimi?
– Bir o‘zi.
Tyaden bilan shag‘al uyumini aylanib o‘tdik.
Ana,  Хimmelshtos  kamarining  to‘qasi  yiltilla-
di.  Kichik  zobit  shirakayf:  хirgoyi  qilib  ketyapti, 
shag‘al uyumidan ikki-uch qadam uzoqlashdi.
Orqasidan pusib bordik-da, shartta to‘shak jildi-
ni boshiga kiygizib, hash-pash deguncha jildga chir-
mab tashladik, qimir etolmay qoldi. Qo‘shiq tindi.
Shu zahoti Хaye Vestхus yetib keldi. Ikki tir-
sagi bilan bizni chetga surdi, u birinchi bo‘lishni 
хohlardi.  Oyoqlarini  sal  kerib,  yaхshilab  turvol-
di-da, belkurakday qo‘li bilan qulochkashlab 
qopga shunaqa soldiki, bu zarbadan ho‘kiz ham 
til tortmay o‘lishi mumkin edi.
Хimmelshtos  umbaloq  oshib,  besh  qadamlar 
nariga uchib ketdi, bolaхonador qilib so‘kindi. Bu 
yog‘ini ham oldindan o‘ylab, yostiq olvolgan edik. 
Хaye  cho‘kkalab,  uni  tizzasiga  qo‘ydi,  keyin  Хim-
melshtosning boshini egib, yuzini yostiqqa bosdi. 
Kichik  zobitning  uni  o‘chdi.  Ahyon-ahyon  Хaye 
unga nafasini rostlashga imkon berib, boshini 



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish